8-sinf huquq qulay qo’llanma


Download 118.42 Kb.
bet3/26
Sana22.01.2023
Hajmi118.42 Kb.
#1109064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8-SINF HUQUQ QOLLANMA

5

Xorazm davlatining markazi qayer bo’lgan?

Ko’zaliqir

6

Majbur qilish kuchiga,ya’ni hokimiyatga ega bo’lgan,o’z fuqorolari,shuningdek,hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan,boshqa davlatlar bilan siyosiy,iqtisodiy,madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilot bu -



Davlat

7

Davlatu saltanat uch narsa bilan : mulk,xazina,lashkar bilan tikdir.Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda saranjom tutadi. Ushbu so’zlar muallifi kim?



Amir Temur { 1336-1405 }

8

Xalq davlat idoralariga emas,davlat idoralari xalqimizga hizmat qilishi lozim.Ushbu so’zlar muallifini aniqlang?


Shavkat Mirziyoyev



5-mavzu



Davlat funksiyalari davlat faoliyatining asosiy yo’nalishi bo’lib,ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro’yobga chiqariladi.


Davlatning ichki funksiyalariga oid vazifalari quyidagilardan iborat.




Davlat funksiyalarining qayidagi mezonlari mavjud.

1

Faoliyat ko’rsatish makoni bo’yicha:

Ichki va tashqi

2

Faoliyat ko’rsatish muddati bo’yicha :

Doimiy va vaqtinchalik

3

Ijtimoiy jihatdan muhimligi bo’yicha:

Asosiy va asosiy bo’lmagan

4

Amalga oshirishning huquqiy shakli bo’yicha:

Huquqni ijod qilish,huquqni ijro qilish, huquqni mihofaza qilish





Eslatma :

Davlatning ichki funksyalariga mamlakat ichida amalga oshiriladigan funksyalar kiradi.Mamlakat tashqarisida amalga oshiriladigan funksyalar esa tashqi funksyalar deyiladi.





1



Iqtisodiy vazifalari :

1} Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga tasir o’tkazish
2} Iqtisodiyotning davlat sektori { zavod,fabrika} ni boshqarish
3} Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo’lga qo’yish

2

Ijtimoiy vazifalari

1} Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash
2} Sog’liqni saqlash va ta’lim tizmini qo’llab quvvatlash
3} Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash

3

Siyosiy-huquqiy vazifalari

1} Fuqorolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish
2} Qonuniylik va tartibni taminlash
3} Tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlash

4

Madaniy vazifalari

1} Ilm-fan,ta’limni rivojlantirish
2} Milliy madaniyat va ta’limni rivojlantirish

5

Moliyaviy vazifalari

1} Soliq tizimi va bojxona nazorati
2} Pul aylanmasi ustidan nazorat
3} Moliya sohasidagi boshqa faoliyatlar

6

Xavfsizlik va himoyalash borasidagi vazifalari

1} Aholining huquq va erkinliklarini taminlash
2} Tabiat muhofazasi
3} Mulk daxlsizligini taminlash
4} Huquqiy tartibotni taminlash


Davlatning tashqi funksiyalariga oid vazifalari quyidagilardan iborat

1 } Tinchlik va osoyishtalikni taminlash

2 } Tashqi xavf-xatardan mudofa qilish

3 } Xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy aloqalarni yo’lga qo’yish

4 } Xalqaro iqtisodiy faoliyat

5 } Xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalar


1

Davlat quyidagi asoslarga ko’ra turlarga bo’linadi: boshqaruv shakli,hududiy tuzilishi,siyosiy tartibi.

2

Boshqaruv shakliga ko’ra davlatlar monarxiya va respublika turlariga bo’linadi.

3

Davlat shakllari deyilganda : davlatning boshqaruv,hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatdan qanday shakllarga bo’linishi tushuniladi.

4

Boshqaruv shakli deganda : davlat hokimiyati,uning idoralarining aholi bilan o’zaro munosabatlari,aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
6-mavzu. Davlatning boshqaruv shakli


,,MONARXIYA’’ boshqaruv shakli haqida to’liq malumot



Monarxiya - yunoncha so’z bo’lib,yakka hokimlik manosini anglatadi.

Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat .

1

Monarx davlatni shaxsiylashtiradi,tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig’i sifatida maydonga chiqadi.

2

Monarx davlatni yakka o’zi boshqaradi

3

Monarx hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinadi.

4

Monarx o’z faoliyatida mustaqildir

5

Hokimiyatni o’rnatish,qabul qilishning alohida tartibi mavjud

6

Umurbod boshqaruv

7

Monarx o’z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar emas.



Monarxiya mutlaq va cheklangan { yoki parlamentar } shakllarda bo’ladi.Agar monarx o’z davlatini boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron bir idora bilan cheklanmasa,bunday monarxiya Mutlaq monarxiya deyiladi.
Agar monarxning hukumronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron idora bilan cheklangan bo’lsa,bunday monarxiya cheklangan,konstitutsiyaviy,parlament boshqaruvi shaklidagi monarxiya deb ataladi. Misol : Norvegiya,Buyuk Britaniya,Daniya,Shvetsiya


,, Respublika’’ga oid to’liq malumotlar




1

,, Respublika’’ so’zi yunoncha so’z bo’lib,umumiy ish ma’nosini anglatadi

2

Respublika davlat boshqaruvining shunday shakliki,unda hokimiyat oliy idoralari malum muddatga saylanadi
Republika boshqaruviga ega bo’lgan davlatlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat.



1

Hokimiyat oliy idoralarining saylab qo’yilishi

2

Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi

3

Hokimiyat oliy idoralarining o’z qarorlarini saylangan muddat davomida qabul qilinishi.

4

Odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo’lgan sudlar obro’sining o’rtishi

5

Fuqorolarning davlat ishlarini amalga oshirishda ishtirok eta olishi.




Eslab qoling : Respublikalar prezidentlik respublikasi va parlamentar respublikalariga bo’linadi
Prezidentlik respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo’lgan Prezident boshqaradi.U ijro hokimiyatini bevosita boshqaruvchi shaxs hisoblanadi.
Prezidentlik respublikasiga yaqqol misol qilib : AQSH,Braziliya.Meksika,Argentina davlatlarini keltirish mumkun.



Parlamentar respublikasida davlat boshlig’i – president saylanuvchi mansabdor shaxs bo’lib,asosan,parlament tomonidan saylanadi.
Parlamentar respublikaga yaqqol misol qilib : Italiya,Germaniya,Portugaliya,Gretsiya,Irlandiya,Hindiston kabi davlatlarni keltirish mumkun




Fozil davlat uning aholisi o’zaro yordam berishiga,insonparvarlikka,insoniy mehr-oqibatga,uning eng oliy boylik ekanini payqab olishga,yaxshilashgaasoslanishi kerak. { FAROBOY }




Davlat ishlarining to’qqiz ulushini kengash,tadbir va mashvarat,qolgan bir ulushini qilich bilan bajo keltirilishini angladim. { AMIR TEMUR }




Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa,u inqirozga yuz tutadi. { ABU BAKR XORAZMIY }


7 -MAVZU YUZASIDAN .

***Davlatlar tuzilish jihatdan oddiy { unitar } va murakkab { federativ,konfederativ } bo’lishi mumkun.
Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo’lgan qonunchilik,ijroiya va sud idoralari bo’ladi. *** Unitar so’zi lotincha so’z bo’lib,oddiy,yagona degan manolarni anglatadi.


Unitar davlatning belgilari quyidagilar. .

1

Yagona konstitutsiya,yagona qonunchilik tizimining mavjudligi

2

Yagona armiyaga ega bo’lish

3

Yagona pul birligining amal qilishi

4

Tarkibiy qismlar,ya’ni,ma’muriy hududiy tuzilmalarga bo’linish

5

Yagona bo’lgan soliq va kredit tizimining joriy qilinganligi

6

Yagona fuqoroligning mavjudligi






Yodda tuting. Unitar davlatdan farqli o’laroq federativ davlat murakkab davlat tuzulmasi hisoblanadi .Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo’ladi.Ularning subyektlari shtat,o’lka,amirlik,Respublika shakllarida bo’ladi.Federatsiya subyektlari o’z mamuriy-hududiy bo’linmalariga ega.Ushbu davlatlar birlashganidan keyin federatsiya a’zolari hisoblanib,asosiy hokimiyat vakolatlari federatsiyaning markaziy organlariga beriladi. Federativ davlat – bir necha davlatlarning birlashuvidan tashkil topgan ittifoqdosh davlatdir.





Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat

1

Federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig’indisidan iborat bo’ladi.

2

Oliy qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo’ladi.

3

Federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va federatsiyaning o’zi o’rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi.

4

Federatsiya subyektlarining har biri alohida o’z konstitutsiyasi,o’zlarining oliy qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va sud organlariga ega bo’ladi.

5

Federatsiya oliy qonun chiqaruvchi idorasi odatda ikki palatali bo’ladi.Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi.


Yodda tuting. Hozirgi kunda 20 tadan ko’roq federative davlatlar mavjud.Federatsiya va uning subyektlari o’rtasidagi munosabatlar har doim ham ijobiy bo’lavermaydi.Buni tarqalib ketgan Sovet Ittifoqi,Chexoslovakiya,Yugoslaviya kabi federatsiyalar misolida ko’rishimiz mumkun.



Konfederatsiya { lonincha ittifoq,uyushma } suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biron-bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi.



Esda tuting : Davlatlar u yoki bu maqsadni ko’zlab,o’z suvereniteti va mustaqilligini saqlagan holda birlashishlari ham mumkun.U holda bunday ittifoq Konfederatsiya deyiladi.Konfederatsiyada yagona hudud,yagona fuqorolik bo’lmaydi,har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo’ladi.




Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat

1

Mustaqil davlatlar biron bir maqsadga erishish uchun birlashadi.

2

Konfederatsiya mustahkam bolmagan tuzulma

3

Yagona hudud mavjud bo’lmaydi

4

Umumiy fuqorolik mavjud bo’lmaydi

5

Konfederatsiya a’zolari undan erkin chiqish huquqiga ega bo’ladi

6

Konfederatsiya a’zolari ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini e’tirof etmaslik yoki qo’llamaslik huquqiga ega bo’ladi.

7

Konfederatsiya vakolatiga uncha ko’p bo’lmagan masalalarni hal etish masalalari kiradi

8

Konfederatsiya sarmoyasi uning a’zolarining ixtiyoriy badallaridan tashkil topadi




Davlatning tuzilish shakli deganida uning mamuriy-hududiy tashkil etilishi tushuniladi.


8-MAVZU YUZASIDAN

1

Boshqaruv shakli

Monarxiya -Respublika

2

Tuzilish shakli

Unitar-Federativ-Fonfederativ

3

Siyosiy tartibot

Demokratiya-Nodemokratiya


Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga siyosiy tartibot deyiladi.


Siyosiy tartibot asosan ikki hil bo’ladi.
Demokratiya va Nodemokratiya

Demokratiyaning asosiy belgilarini o’rganamiz .

Esda tuting. Demokratiya -yunoncha so’z bo’lib,,xalq hokimiyati’’ degan manoni bildiradi.
Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va fuqorolik huquqlari hurmat qilinadi.Fuqorolar davlat hokimiyat idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etadilar.Demokratik hokimiyatning yagona manbai xalq hisoblanadi.
Yodda saqlang. Insonning siyosiy va fuqorolik huquqlari e’tirof etilib,hurmat qilinadigan,davlat boshqaruvi ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan va ozchilikning manfaatlari himoya qilinadigan siyosiy tartibot bu – Demokratik siyosiy tartibot deyiladi.
Yodda saqlang. Demokratik davlatda g’oyaviy va siyosiy xilma-xillik konstitutsiya tomonidan qo’llab-quvvatlanib,siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruhsat etiladi.Demokratik saylovlarda g’alaba qilgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va o’z siyosatini o’tkazish huquqiga ega bo’ladi.

Demokratik tartibot belgilari quyidagicha

1

Shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo’lishi

2

Inson va fuqoro huquqlari va erkinliklari e’tirof etilishi va kafolatlanishi

3

Davlat boshqaruvida ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunish tamoyilida bo’lishi

4

Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi

5

Ijtimoiy hayotda fikirlarning xilma-xilligi

6

Qonun ustuvorligi


ESDA SAQLANG. ***Bevosita va vakillik demokratiyasi farqlanadi.Bevosita demokratiyada asosiy qarorlar barcha fuqorolar tomonidan bevosita referendumlar,saylovlar,yig’ilishlarda qabul qilinadi. ***Vakillik demokratiyasida esa qarorlar saylov vositasida tarkib toptirilgan siyosiy organlar-qonun chiqaruvchi organlar { Senat,Qonunchilik palatasi},mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilinadi.

*** Demokratiyaga zid tartibot--nodemokratik tartibot deyiladi,.Bunday tartibotda davlat idoralari demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydi. Nodemokratik tartibotlar ichida fashistik va totalitar tartibotlarni alohida ko’rsatish mumkun.Fashistik tartibotda hukumronlik qilgan har qanday muholifat yoq qilinadi.Biron-bir irqning hukumronligi e’lon qilinadi 1933-1945-yillardagi fashistik Germaniyasi va fashistik Italiyasi bunga yaqqol misol bo’la oladi.





*** Yagona partiyaning hukumronligi,huquq va erkinliklarning poymol etilishi kabi salbiy hususiyatlarga ega bo’lgan tartibot—Totalitar tartibot deyiladi,totalitar tartibotda o’zgacha fikirlarga qarshi kurashiladi,saylash tartibi bo’lmaydi,totalitar davlatga misol qilib sobiq Sovet Ittifoqini ko’rsatishimiz mumkun.


Davlat organi qonunga muofiq ravishda o’z tizimiga,ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo’yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo’lgan davlat idorasidir.
Davlat mexanizimi --- jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi.

### O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,ularga ko’ra inson,uning hayoti,erkinligi,shani,qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. { 13-modda }


Podshoh o’zlarini adolat bilan bezatishlari kerak,xalq bunday podsholarga ehtirom ko’rsatishi zarur. { Abdulloh Muqni }
‘’ Xalq davlat idoralariga emas,davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak’’ {SH.Mirziyoyev}

9-mavzu.Fuqorolik jamiyati

Abu Nasr Farobiy o’zining ‘’ fozil odamlar shahri’’ asarida, ’’ Talxis-u navomisi Aflotun ‘’ { Aflotun qonunlari mohiyati } nomli asariga asoslanib shunday deydi : ‘’ Aflotunning aytishicha,eng mushkul ish qonunni joriy qilishdir.Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish eng oson ishdir.Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni o’rganishi zarur,chunki ular keyinchalik xalqning o’ziga foyda keltiradi ‘’
Adolatli jamiyatning asosiy yo’llarini Forobiy quyidagicha bayon etib bergan: 1}.Fozil { 12 xislatni o’zida aks ettirgan } davlat rahbari va davlat a’zolarining bo’lishi.
2}.Qonun-qoidalarning mavjudligi va ularga davlat rahbarlarining va barcha aholining bo’ysunishi.
3}.Ilm-fanning taraqqiy etishi.
4}.Insonlarda yaxshi axloq va xulqning shakllanganligi.
5}.Davlat urush va bosqinchilarga qarshi bo’mog’I,mamlakatimizda tinchlik,barqarorlikning o’rnatilishi.



Yodda tuting.Fuqorolik jamiyati tushunchasi dastlab Sharqda,qadimgi Bobilda ‘’ Hammurappi qonunlarida‘’ ,qadimgi Turonda ‘’ Avesto ‘’ kitobida yani,zardushtiylar davrida keyinchalik qadimgi Ellada va Rimda paydo bo’lgan. Fuqorolik jamiyatining asosiy belgilari quyidagilardan iborat.
1}. Turli mulkchilik shakllarining mavjudligi
2}. barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda bo’linishi,ya’ni mulkchilik shakllarining qonun doirasida tengligi.
3}. erkin mehnat qilish va kasb tanlash
4}. tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilganligi
5}. siyosiy erkinliklarning mavjudligi
6}. fikirlar xilma-xilligi va axborot erkinligining mavjudligi
7}. inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi
8}. o’zini-o’zi boshqarish organlarining mavjudligi
9}. adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi
10}. huquq ustuvorligining ta’minlanganligi



Fuqorolik jamiyati – komil fuqorolardan,ya’ni uzviy bog’liklikda bo’lgan hamda axloqiy,huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat




Fuqorolik jamiyatining xususiyatlari quyidagilardan iborat: .


1

Turli mulkchilik shakllarining mavjudligi

2

Barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda bo’linishi,yani mulkchilik shakllarining qonun doirasida bo'lishi.

3

Erkin mehnat qilish va kasb tanlash imkoniyati

4

Tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilganligi

5

Siyosiy erkinliklarning mavjudligi

6

Fikirlar xilma-xilligi va axborot erkinligining mavjudligi

7

Inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi

8

O’zini-o’zi boshqarish organlarining rivojlanganligi

9

Adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi

10

Huquq ustuvorligining ta’minlanganligi


Fuqorolik jamiyatining xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Yodda tuting : Iqtisodiy sohada: nodavlat notijorat tashkilotlarning, shirkatlarning, aksiyadorlik kompaniyalarining, korporatsiyalarning, firmalarning mavjudligi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi.
Yodda tuting : Ijtimoiy-siyosiy sohada: fuqarolar, oilalar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy harakatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qonun doirasida yеchish imkoniyatlari, aholi fikrini o‘rganish, shakllantirish va ifoda etish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi.
Yodda tuting : Ma’naviy sohada: so‘z va fikr erkinligi, vijdon erkinligi, ijodiy uyushmalarning mustaqilligi, ilmiy uyushmalarning mustaqilligi, ma’naviy tahdidlardan himoyalanganlikning ta’minlanganligi.
Yodda tuting: 2018- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlari soni 9.478 tani tashkil etadi. O‘zbekistonda fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish tuzilmalari mavjud bo‘lib, bunda mahalla alohida ahamiyatga ega. Yashash joyidagi milliy o‘zini-o‘zi boshqarishning o‘ziga xos modeli bo‘lgan mahalla, xalqimizning asriy an’analari va urf-odatlariga tayanib, muhim tashkiliy-iqtisodiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi.
Yodda tuting: Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan inson huquqlari bo‘yicha tashk ilotlar ham fuqarolik jamiyati institutlariga misol bo‘la oladi. Ular quyid agilardir: Ombudsman; Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz; “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi.
Yodda tuting: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 1) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish; 2) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish; 3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish; 4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish. O‘zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizining o‘zagini tashk il etishi lozim.

Hikmatlar xazinasidan!
Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi. (Ali ibn Abu Tolib)


10-mavzu. Huquqiy davlat . .

Davlatning huquqqa bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin. 1. Etatik;
2. Huquqiy davlat.
Etatik davlatda: 1) Qonun o‘rnini ko‘pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi; 2) Davlat o‘z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat’iy cheklab qo‘yadi; 3) Davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o‘z boshqaruvi ta’siriga olishga intiladi; 4) Davlat organlari va mansabdor shaxslariga haddan tashqari ko‘p vakolatlar beriladi. Etatik davlatga misol qilib Kuba, sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Shuningdek, barcha totalitar va avtoritar tuzumdagi davlatlar ham bunga misol bo‘la oladi.
Huquqiy davlatda: davlat boshqaruvi huquqning ustuvorligiga asoslanadi. Bunda davlat boshqaruvi fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


Huquqiy davlat huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta’minlanadigan,inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan,davlat hokimiyati vakolatlar bo‘linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.


Huquqiy davlatning asosiy belgilari quyidagilar:

Download 118.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling