8-sinf huquq qulay qo’llanma
Download 118.42 Kb.
|
8-SINF HUQUQ QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3}. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati. 4}. Hokimiyatning qonuniyligi.
- 6}. Sudning mustaqilligi.
- 8}. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat.
- Shavkat Mirziyoyev
- Shavkat Mirziyoyev 11-mavzu.O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi. .
1}. Huquqning ustuvorligi. Mamlakatdagi barcha shaxslar – fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaro bo‘lm agan shaxslar, mansabdorlar hammasi qonun talablariga bo‘ysunadilar. Bun da, Konstitutsiya huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. 2}. Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi. Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda manf aa tlari oliy qadriyat ekanligi. 3}. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati. 4}. Hokimiyatning qonuniyligi. Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlat hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi. 5}. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘ li nadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida taq simlanadi. 6}. Sudning mustaqilligi. Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun talablariga bo‘ysunadi. 7}. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi. Ular inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak. 8}. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va ularga rioya qilishda namoyon bo‘ladi. 9}. Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi. Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar kafo latlanadi.
*** Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – ijtimoiy adolat tamoilining ta’minlanishiga qaratilishi shart. Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagi asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat. Shavkat Mirziyoyev
11-mavzu.O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi. . O‘zbekiston suverenitetining huquqiy asosi – Asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida, 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan. *** Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. O‘zbеkiston xalqi nomidan faqat u saylagan rеspublika Oliy Majlisi va Prеzidеnti ish olib borishi mumkin. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Download 118.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling