28-MAVZU: JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab qanday guruhga
ajratib olish mumkin?
A) 4ta: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquqbuzarliklar
B) 3ta: ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquqbuzarliklar
C)2ta: ma’muriy va jinoiy huquqbuzarliklar
D)Huquqbuzarliklar guruhlarga bo’linmaydi
2. …– jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati
A) moddiy javobgarlik
B)ma’muriy javobgarlik
C)jinoyat uchun javobgarlik
D) huquqbuzarlik
3. Jinoyat kodeksining 17-moddasiga ko’ra voyaga yetmagan shaxslar necha yoshdan jinoyat subyekti bo’la oladi?
A)16 yosh
B)17 yosh
C)13 yosh
D)14 yosh
4. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko’ra, 18 yoshga to’lmagan shaxslarga quyidagi jazo turlaridan qaysilar qo’llanilishi mumkin?
1. jarima; 2. muayyan huquqdan mahrum qilish; 3. majburiy jamoat ishlari; 4. axloq tuzatish ishlari; 5. xizmat bo‘yicha cheklash; 6. ozodlikni cheklash; 7.intizomiy qismga jo‘natish;8.ozodlikdan mahrum qilish; 9.umurbod ozodlikdan mahrum qilish
A) 1,2,3,8
B)1,3,4,8
C)1,4,8,9
D)1,3,4,6,8
5. Quyidagilardan to’g’ri fikrni toping.
A) Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi jazoning og’irlashtiruvchi holat hisoblandi
B) yosh bola shaxsiga nisbatan jinoyat sodir etish, jinoyat yengillashtiruvchi holat deb belgilanadi
C) Voyaga yetmaganlarga qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
D)Voyaga yetmaganlarga umurbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llanilishi mumkin
6. Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning jinoyati haqidagi ishlar bo‘yicha quyidagilardan qaysilar aniqlanishi lozim:
1) ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);
2) uning shaxsiga xos xususiyatlar va salomatligi holati;
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki
yo‘qligi.
A)1,2,3
B)1,2,4
C)1,3,4
D)Yuqoridagilarning barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |