8-sinf jahon tarixi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
 


30-Turkistonda 1916-yilgi qo'zg'olonni boshlanishi (17) 
Testlar 
1. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Sirdaryo viloyatidan qancha 
kishini mardikorlikka olish belgilandi? 
A) 38 ming 
B) 96 ming 
C) 50 ming 
D) 87 ming 
2. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Samarqand viloyatidan qancha 
kishini mardikorlikka olish belgilandi? 
A) 87 ming 
B) 50 ming 
C) 96 ming 
D) 38 ming 
3. Nikolay II ning mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga ko’ra Farg’ona viloyatida 
belgilangan mardikorlarni to’plash uchun viloyatdagi xonadonlarning ……..ni olishga to’g’ri 
kelgan? 
A) har 5tasidan bir kishi 
B) har 4 tasidan bir kishi 
C) har 6 tasidan bir kishi 
D) har 3tasidan bir kishi 
4. 1916-yilgi mardikorlikka olishga qarshi kimlarning norozilik harakatlari bo’lgan? 1.dehqonlar 
2.hunarmandlar 3.mayda savdogarlar 4.ishchilar 5.yirik savdogarlar 6.boylar 7.ruhoniylar 
7.sudxo’rlar 
A) 1,3,5,7 
B) 2,4,6,8 
C) 5,6,7,8 
D) 1,2,3,4 
5. Farg’onada mardikorlikka olishga qarshi norozilik harakatlari boshlangan paytda Farg’ona 
viloyati gubernatori kim edi? 
A) Skobelev 
B) Duxovskoy 
C) Korolkov 
D) Gippius 
6. Rossiya markaziy hokimiyati qaysi Farg’ona viloyatining gubernatorining xavotiri va 
g’alayonlarning oldini olish to’g’risidagi ma’lumotlari podsho farmonlarini bajarmaslik, 
kechiktirish, qarshi chiqish deb hisoblab, uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qiladi? 
A) Duxovskoy 
B) Skobelev 
C) Korolkov 
D) Gippius 
7. Mardikorlikka olishga norozilik bildirib, g’alayon ko’targan hudud va vaqti xato berilgan javobni 
toping. 
A) 1916-yil 7-iyul–Dahbed 
B) 1916-yil 4-iyul-Xo’jand 
C) 1916-yil 10-iyul-Toshkent Beshyog’och 
D) 1916-yil 5-iyul-Samarqand Urgut 
8. 1916-yil 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog’idan keyingi mardikorlikka olishga qarshi xalq 
chiqishlari bo’lib o’tgan hududlarni tartib bilan joylashtiring. 
A) Angor-Siyob-Xo’ja Ahror-Mahalla 


B) Mahalla-Xo’ja Ahror-Siyob-Angor 
C) Xo’ja Ahror-Siyob-Mahalla-Angor 
D) Siyob-Mahalla-Xo’ja Ahror-Angor 
9. Politsiyaga qarata “bizni o’ldirsang ham o’g’illarimizni sizlarga bermaymiz” so’zlari kimga 
tegishli? 
A) Zebo G’aniyeva 
B) Qurbonjon dodhoh 
C) Rizvonbibi Ahmadjinova 
D) Rizvonbibi Rahmatjonova 
10. 1916-yil 11-iyuldagi Toshkent Beshyog’och dahasidagi mardikorlikka olishga qarshi xalq 
namoyishida tinch aholidan qancha qurbonlar bo’ldi? 
A) 16 kishi otib o’ldirildi 
B) 63 kishi otib o’ldirildi 
C) 3 kishi o’tib o’ldirildi, 12 kishi yarador bo’ldi 
D) 11 kishi otib o’ldirildi, 15 kishi yarador bo’ldi 
11. Mardikorlikka olishga qarshi xalq namoyishi qayerda keng tus oldi? 
A) Farg’ona 
B) Toshkent 
C) Turkiston 
D) Buxoro 
12. 1916-yil iyul oyining o’rtalarida Farg’ona viloyatining qaysi uyezdlarida keng tus oldi? 
1.Qo’qon 2.Rishton 3.Marg’ilon 4.Pop 5.Andijon 6.O’sh 7.Namangan 8.Dahbed 9.Angor 
A) 1,2,3,5,7 
B) 1,3,5,7,8,9 
C) 5,6,7,8,9 
D) 2,4,6,8,9 
13. 1916-yil 9-iyulda qayerda mardikorlikka qarshi xalq tayoq, tosh, ketmonlar bilan qurollanib, 
norozilik harakatlarini olib bordilar? 
A) Andijon 
B) Rishton 
C) Qo’qon 
D) Namangan 
14. Qachon va qayerda bo’lgan norozilik harakatlarida 2 mirshab o’ldirildi, 63 kishi otib o’ldirildi? 
A) 10-iyul-Eski Marg’ilon 
B) 11-iyul-Namangan 
C) 11-iyul-Beshyog’och 
D) 9-iyul-Andijon 
15. Andijondagi mardikor olishga qarshi norozilik harakatlaridagi tinch aholi talafotini aniqlang. 
A) 11 kishi otib o’ldirildi, 15 kishi yarador bo’ldi 
B) 63 kishi otib o’ldirildi 
C) 16 kishi otib o’ldirildi 
D) 3 kishi o’tib o’ldirildi, 12 kishi yarador bo’ldi 
16. 1916-yil 10-iyulda qayerda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor atrofiga yig’ildi? 
A) Namangan 
B) Eski Marg’ilon 
C) Shaxrixon 
D) Andijon 
17. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. 
A) Labbay tog’a dahasida yig’ilgan 1600 dan ortiq kishilarga qurollangan rota tashlandi 
B) 10-iyulda Eski Marg’ilonda norozilik harakatlari bo’lib o’tdi 
C) 11-iyulda Namanganda ko’tarilgan qo’zg’alon ham jiddiy tus oldi 
D) Shaxrixonda 1916-yilgi qo’zg’alonda 16 kishi o’ldirildi

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling