8-sinf jahon tarixi


-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48)


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

1-XIX asr o'rtalarida O'rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi (48) 
Testlar 
1. ”Biz tariximizdan bir sahifani ham olib tashlamaymiz.Bu tarix bizniki, uni unutishga hech 
kimning haqqi yo’q” so’zlari kimga tegishli? 
A) A.Fitrat 
B) U.Xo’jayev 
C) B.Ahmedov 
D) I.Karimov 
2. O’rta Osiyoda qaysi davlat poytaxti islom dini markazlaridan biri hisoblangan? 
A) Afg’oniston davlati 
B) Buxoro amirligi 
C) Qo’qon xonligi 
D) Xiva xonligi 
3. XIX asrda Buxoro amirligining hududi qancha edi? 
A) 130 ming kv.km 
B) 200 ming kv.km 
C) 448 ming kv.km 
D) 267 ming kv.km 
4. Buxoro amirligining hududini ko’rsating. 
A) Janubda Kichik Juz yerlaridan Amudaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Xiva 
xonligi hududlarigacha cho’zilgan. 
B) Janubda Afg’onistondan, sharqda Xiva xonligidan g’arbda Qo’qon xonligi hududlarigacha 
cho’zilgan. 
C) Janubda Afg’onistondan Sirdaryogacha, sharqda Qo’qon xonligidan g’arbda Mang’ishloq 
yarimoroligacha cho’zilgan. 
D) Janubda Amudaryoning qirg’og’idan boshlanib, Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog’laridan 
g’arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho’zilgan. 
5. XIX asrda Buxoro amirligi hududi janubda qayerdan boshlangan? 
A) Pomir tog’lari 
B) Amudaryoning chap qirg’ogi 
C) Xiva xonligi 
D) Sirdaryo 
6. XIX asrda Buxoro amirligi hududi sharqda qayerdan boshlangan? 
A) Xiva xonligi 
B) Amudaryoning chap qirg’ogi 
C) Pomir tog’lari 
D) Sirdaryo 
7. XIX asrda Buxoro amirligi hududi g’arbda qayergacha borgan? 
A) Pomir tog’lari 
B) Amudaryoning chap qirg’ogi 
C) Xiva xonligi 
D) Sirdaryo 
8. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi bilan chegaradosh davlatlar xato berilgan javobni aniqlang? 
A) Eron, Afg’oniston 
B) Sharqiy Turkiston va Xitoy 


C) qozoq juz yerlari 
D) Qo’qon va Xiva xonliklari 
9. Buxoro amirligining markaziy qismini aniqlang. 
A) Sirdaryo vodiysi 
B) Qarshi vohasi 
C) Zarafshon vodiysi 
D) Jizzax vohasi 
10. Buxoro amirligining markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida qanday shaharlar 
joylashgan? 
A) Buxoro, Samarqand 
B) Kitob, G’uzor 
C) Termiz, Sherobod 
D) Shaxrisabz, Qarshi 
11. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan 
javobni toping. 
A) Kitob, G’uzor 
B) Chorjo’y, Marv 
C) Shaxrisabz, Qarshi 
D) Buxoro, Samarqand 
12. Buxoro amirligining yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markazlari xato berilgan 
javobni toping. 
A) Oqmachit, Turkiston 
B) Hisor, Ko’lob 
C) Termiz, Sherobod 
D) Termiz, Ko’lob 
13. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Tojikistondagi hududlar xato berilgan javobni toping. 
A) Vaxsh vodiysi 
B) Murg’ob vohasi 
C) Panj vodiysi 
D) Kofirnihon vodiysi 
14. Buxoro amirligiga qarashli bo’lgan Turkmanistondagi hudud to’g’ri berilgan javobni toping. 
A) Kofirnihon vodiysi 
B) Murg’ob vohasi 
C) Panj vodiysi 
D) Vaxsh vodiysi 
15. Buxoro amirligi qanday boshqarilgan? 
A) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni devonbegi boshqargan. 
B) Amirlik beklik va tumanlarga bo’linib, ularni amir tayinlagan beklar boshqargan. 
C) Amirlik beklik va noiblikka bo’linib, ularni amir tomonidan tayinlangan noib boshqargan. 
D) Amirlik viloyatlarga bo’linib, viloyatlarni qushbegi boshqargan. 
16. Buxoro amirligi necha beklikka bo’lingan? 
A) 27ta 
B) 18ta 
C) 40ta 
D) 23ta 
17. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi hududi qancha edi? 
A) 200 ming kv.km 
B) 448 ming kv.km 
C) 267 ming kv.km 
D) 130 ming kv.km 
18. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi janubda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) Eron 


B) Kaspiy dengizi 
C) qozoq juzlari 
D) Buxoro amirligi 
19. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi sharqda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) Buxoro amirligi 
B) qozoq juzlari 
C) Eron 
D) Kaspiy dengizi 
20. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi g’arbda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) qozoq juzlari 
B) Eron 
C) Buxoro amirligi 
D) Kaspiy dengizi 
21. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi shimolda qayer bilan chegaradosh edi? 
A) Kaspiy dengizi 
B) qozoq juzlari 
C) Eron 
D) Buxoro amirligi 
22. Xiva xonligining ma’muriy markazini aniqlang. 
A) Vazir 
B) Qo’ng’irot 
C) Xiva 
D) Urganch 
23. XIX asr o'rtalarida Xiva xonligining yirik shaharlari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Xiva, Kat 
B) Vazir, Mang’it 
C) Yangi Urganch, Hazorasp 
D) Qo’ng’irot, Xo’jayli 
24. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi bekliklarga bo’lingan bo’lib, ularni xon tomonidan 
tayinlangan…… boshqargan. 
A) beklar va to’ralar 
B) noiblar 
C) biy va beklar 
D) beklar 
25. Xiva xonligida qancha beklik bo’lgan? 
A) 40ta 
B) 27ta 
C) 23ta 
D) 18ta 
26. XVIII asrning boshlarida qaysi hududlar Buxoro amirligidan ajralib chiqib, mustaqil davlat-
Qo’qon xonligi tashkil topdi? 
A) Farg’ona vodiysi va Amudaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
B) Farg’ona vodiysi va Norin daryosigacha bo’lgan hududlar 
C) Farg’ona vodiysi va Irtish radyosining quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
D) Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning quyi oqimigacha bo’lgan hududlar 
27. Qo’qon xonligi g’arbda qayerlar bilan chegaradosh edi? 
A) Buxoro amirligi 
B) B va C 
C) Sharqiy Turkiston 
D) Xiva xonligi 
28. Qo’qon xonligining qaysi tog’li o’lkalarni o’z ichiga olgan? 
A) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar 


B) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa 
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent 
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 
29. Qo’qon xonligining qaysi hududlar borasida Buxoro amirligi bilan tez-tez to’qnashuvlari ro’y 
bergan? 
A) Qorategin, Kitob, Xo’jand, O’ratepa 
B) Darvoz, Kitob, O’ratepa, Erjar 
C) Erjar, Oqmachit, Turkiston, Toshkent 
D) Qorategin, Ko’lob, Darvoz, Sho’g’non 
30. Qo’qon xonligining ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlari xato 
berilgan javobni aniqlang? 
A) Marg’ilon, Namangan, O’zgan 
B) Chimkent, Qorategin, Darvoz 
C) O’sh, Pishpak, Turkiston 
D) Qo’qon, Toshkent, Andijon 
31. O’rta Osiyoda qaysi davlat boshqa xonliklardan farqli o’laroq, sersuv daryolar, so’lim vodiylar, 
serhosil yerlarga boy bo’lgan? 
A) Afg’oniston 
B) Qo’qon xonligi 
C) Xiva xonligi 
D) Buxoro amirligi 
32. O’rta Osiyoda qaysi xonlik bekliklarga bo’linib, ularni asosan xon tomonidan o’z qarindoshlari 
va yaqinlaridab tayinlangan kishilar boshqargan? 
A) Xiva xonligi 
B) Afg’oniston 
C) Qo’qon xonligi 
D) Buxoro amirligi 
33. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligining aholisi qancha kishi edi? 
A) 2 mln.atrofida 
B) 800 ming 
C) 3 mln.dan ortiq 
D) 3 mln.ga yaqin 
34. Buxoro amirligining etnik tarkibi asosan kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 
4.turkman 5.qozoq 6.qirg’iz 
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
B) 1,3,4,5 
C) 1, 2, 3, 4, 5 
D) 1, 2, 5, 6 
35. XIX asr o’rtalariga kelib Xiva xonligida aholi soni qancha edi? 
A) 3 mln.ga yaqin 
B) 800 ming 
C) 3 mln.dan ortiq 
D) 2 mln.atrofida 
36. Xiva xonligi aholisi asosan kimlardan tashkil topgan? 
A) tojiklar 
B) o’zbeklar 
C) turkmanlar 
D) qozoqlar 
37. Xiva xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 
5.qozoq 6.qirg’iz 
A) 1, 2, 5, 6 
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 


C) 1, 2, 3, 4, 5 
D) 1,3,4,5 
38. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligi aholisi qancha edi? 
A) 3 mln.dan ortiq 
B) 800 ming 
C) 2 mln.atrofida 
D) 3 mln.ga yaqin 
39. Qo’qon xonligining etnik tarkibi kimlardan iborat edi? 1.o’zbek 2.tojik 3.qoraqalpoq 4.turkman 
5.qozoq 6.qirg’iz 
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 
B) 1, 2, 3, 4, 5 
C) 1, 2, 5, 6 
D) 1,3,4,5 
40. Qo’qon xonligida yashagan boshqa elat vakillari xato berilgan javobni toping. 
A) uyg’urlar 
B) xitoyliklar 
C) hindlar 
D) yahudiylar 
41. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisining asosiy qismini tashkil qiluvchi o’zbeklar 
shug’ullangan sohalar xato berilgan javobni toping. 
A) dehqonchilik 
B) chorvachilik 
C) hunarmandchilik 
D) savdo-sotiq 
42. XIX asr o’rtalarida uchala xonlikda ham chorvachilik bilan shug’ullangan millat vakillari xato 
berilgan javobni toping? 
A) turkman, qirg’iz 
B) o’zbek, tojik 
C) qozoq, qirg’iz 
D) qozoq, qoraqalpoq 
43. Uchala xonliklarning hududi bugungi kundagi O’zbekistondan tashqari qaysi davlatlarni o’z 
ichiga olgan? 1.Qozog’iston 2.Qirg’iziston 3.Tojikiston 4.Turkmaniston 5.Eron 6.Xitoy 
A) 1, 3, 4, 5 
B) 1, 2, 3, 5 
C) 1, 2, 3, 4 
D) 2, 4, 5, 6 
44. XIX asr o’rtalarida uchala xonlik aholisi asosiy qismining shug'ullangan sohalari xato javobni 
toping. 
A) dehqonchilik 
B) termachilik 
C) hunarmandchilik 
D) chorvachilik 
45. Quyidagi nomlar bir-biriga mos kelmagan javobni toping. 
A) Avliyoota-Taraz 
B) Oqmachit-Qizilo’rda 
C) O’zgan-Jand 
D) Pishpak-Bishkek 
46. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
A) Dushanbe, Sherobod 
B) Shaxrisabz, Qarshi 
C) Qunduz, Shibirg’on 
D) Buxoro, Samarqand 


47. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
A) Qashg’ar, Yorkend, Badaxshon 
B) Pishpak, Avliyoota, Xo’jand 
C) Namangan, O’zgan, Marg’ilon 
D) Oqmachit, Turkiston, Andijon 
48. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligiga kirgan shaharlar xato berilgan javobni toping. 
A) Urganch, Xiva 
B) Astrobod, Qunduz 
C) Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch 
D) Hazorasp, Marv

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling