8-sinf jahon tarixi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
 
 
 


9-Buxoro amirligi ustidan Rossiya protektorati o'rnatilishi (54) 
Testlar 
1. Rus bosqini arafasida Buxoro amirligining harbiy kuchini zaiflashtirgan omillar xato berilgan 
javobni aniqlang? 
A) aholining askarlikka borishdan bosh tortishi 
B) Qo’qon xonligi bilan olib borilgan uzluksiz urushlar 
C) ichki nizolar 
D) zamonaviy harbiy texnikada ortda qolish 
2. Qaysi rus generali Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o’zgartirilgan yangi 
loyihasini tasdiqlashni taklif etdi? 
A) Lessar 
B) Chernyayev 
C) Veryovkin 
D) Kaufman 
3. Quyidagi xato javobni toping. 
A) Kaufman 4 mingdan ziyod qo’shindan iborat harbiy otryad to’plab, Samarqandni bosib olishga 
kirishdi 
B) Kaufmanning Amir Muzaffar qo’shinini Samarqandga to’plagan degan taxmini o’z tasdig’ini 
topdi 
C) Kaufman 1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi 
D) Kaufman Amir Muzaffarni Turkiston general-gubernatorlik yerlariga bostirib kirishda aybladi 
4. Kaufman Cho’ponota tepaligiga qachon hujum boshladi? 
A) 1868-yil 2-iyun 
B) 1868-yil 1-may 
C) 1868-yil 28-iyun 
D) 1868-yil aprel 
5. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi? 
A) 1868-yil 2-iyun 
B) 1868-yil 28-iyun 
C) 1868-yil aprel 
D) 1868-yil 1-may 
6. Qaysi jangda ruslar tomonidan amir qo’shining ilg’or jangovar qismi tor-mor keltirildi? 
A) Kattaqo’rg’on 
B) Cho’ponota 
C) Zirabuloq 
D) Urgut 
7. Kaufman qancha qo’shin to’plab Samarqandni bosib olishga kirishdi? 
A) 3 mingdan ziyod 
B) 4 mingga yaqin 
C) 5 ming 
D) 4 mingdan ziyod 
8. Amir qo’shini va Kaufman o’rtasidagi II-jang qayerda bo’lib o’tgan? 
A) Kattaqo’rg’on 
B) Zirabuloq 
C) Cho’ponota 
D) Urgut 
9. Qaysi jangdan keyin Rossiya qo’shinlari Samarqandga jangsiz kirib borishdi? 
A) Urgut 
B) Cho’ponota 
C) Kattaqo’rg’on 


D) Zirabuloq 
10. Kaufman Samarqandga jangsiz kirib borib, Amir Muzaffarga yo’llagan maktubi mazmuni xato 
berilgan javobni toping. 
A) Shaxrisabz bekligini vaqtincha Rossiyaga ijaraga berish 
B) 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb 
e’tirof etilishi 
C) Samarqand bekligini Rossiyaga berish 
D) “harbiy harajat”larni to’lash 
11. Buxoro amirligining qaysi hududi mahalliy aholisi podsho hukumati qo’shinlariga qarshi kurash 
olib bordi? 
A) Cho’ponota 
B) Urgut 
C) Kattaqo’rg’on 
D) Zirabuloq 
12. Kaufman qaysi generalni Urgutga yubordi? 
A) Veryovkin 
B) Golavachyov 
C) Abramov 
D) Chernyayev 
13. Rossiya qo’shinlari Urgutdan keyin qayerni bosib olishga kirishdi? 
A) Kitob 
B) Xo’jand 
C) Shaxrisabz 
D) Kattaqo’rg’on 
14. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Bobobek qayerning hokimi edi? 
A) Kattaqo’rg’on 
B) Xo’jand 
C) Kitob 
D) Shaxrisabz 
15. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Jo’rabek qayerning hokimi edi? 
A) Xo’jand 
B) Shaxrisabz 
C) Kattaqo’rg’on 
D) Kitob 
16. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Shaxrisabz hokimi kim edi? 
A) Jo’rabek 
B) Abdulahad 
C) M.Devonbegi 
D) Bobobek 
17. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqanda ozodlik kurashi olib borgan 
Kitob hokimi kim edi? 
A) Jo’rabek 
B) Bobobek 
C) M.Devonbegi 
D) Abdulahad 
18. Jo’rabek va Bobobek qachon samarqandlik qo’zg’alonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi 
qo’shinlari garnizoni joylashgan qal’asiga hujum qildi? 
A) 1868-yil aprel 
B) 1868-yil 28-iyun 


C) 1868-yil 2-iyun 
D) 1868-yil 1-may 
19. Quyidagi xato javobni toping. 
A) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizonini egallash uchun 4-7 iyungacha 
shiddatli janglar davom etdi 
B) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni askarlariga 1868-yil 8-iyunda 
yordamchi kuchlar yetib keldi 
C) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoniga 1868-yil 6-iyunda yordamchi 
kuchlar yuborildi 
D) Jo’rabek va Bobobek tomonidan qamal qilingan rus garnizoni 1868-yil 2-iyunda yordam so’rab 
Abramovga murojaat qilishdi 
20. Podsho hukumati tomonidan bosib olingan hududlarda …..dan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. 
A) Urgut va Kattaqo’g’on bo’limi 
B) Samarqand va Urgut bo’limi 
C) Samarqand va Kattaqo’rg’on bo’limi 
D) Samarqand va Kattaqo’rg’on viloyati 
21. Zarafshon okrugiga boshliq qilib kim tayinlandi. 
A) Kaufman 
B) Chernyayev 
C) Abramov 
D) Veryovkin 
22. Qaysi jangdan keyin Amir Muzaffar o’z mag’lubiyatini tan olib, Kaufmanning Turkiston 
general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul qildi? 
A) Cho’ponota 
B) Kattaqo’rg’on 
C) Zirabuloq 
D) Urgut 
23. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining II-bosqichi yakunlandi? 
A) Kattaqo’rg’on bosib olinishi bilan 
B) Urgut bosib olinishi bilan 
C) Jo’rabek va Bobobeklarning chekinishi bilan 
D) Amir Muzaffar , Kaufmanning Turkiston general-gubernatorligi yangi chegaralar haqidagi 
taklifini qabul qilishi bilan 
24. Kaufman qachon va qayerda Amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining 
protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi? 
A) 1868-yil 28-iyun-Samarqand 
B) 1866-yil 8-may -Erjar 
C) 1868-yil 12-oktyabr-Jizzax 
D) 1868-yil 2-iyun-Zirabuloq 
25. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan 
javobi aniqlang. 
A) Amir o’z ixtiyorida qolgan hududlarni boshqarishda Turkiston general-gubernatorining 
ko’rsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi 
B) Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hududlar Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi 
C) Buxoro amiri urush boshlanishida aybdor ekanligi 
D) Buxoro amiri abadiy do’stlik belgisi sifatida Rossiya qo’shinlarining harbiy harajatlari uchun 
600 ming rubl to’lanishi e’tirof etildi 
26. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnoma bandlari xato berilgan 
javobi aniqlang. 
A) Rus savdogarlari amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o’tish huquqini qo’lga kiritdi 
B) Rossiya savdogarlariga savdo agentliklari ta’sis etishga ruxsat berildi 
C) Rossiya savdogarlari tovarlaridan olinadigan boj miqdori 3 % dan oshmasligi belgilandi 


D) Buxoro amiri Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishga sharoit yaratib berish va 
ularni himoya qilishni o’z zimmasiga oldi 
27. 1868-yil 28-iyunda imzolagan Amir Muzaffar imzolagan shartnomaga Toshkentdan 
Samarqandgacha bo’lgan hududlarning barchasi Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tdi.Bu hududlar 
xato berilgan javobni aniqlang. 
A) Samarqand, Kattaqo’rg’on 
B) O’sh, Rishton 
C) Xo’jand, O’ratepa 
D) Panjikent, Jizzax 
28. Amir Muzaffar Rossiyaga taslim bo’lgach, Samarqandni ozod qilish uchun kurash boshlagan 
vatanparvarlar nomi xato berilgan javobni toping. 
A) Abdumalik to’ra 
B) Abdulahad 
C) Jo’rabek 
D) Bobobek 
29. Jo’rabek va Bobobek Amir Muzaffarni taxtdan tushirilgan deb e’lon qilib, kimni amir deb e’lon 
qilishdi? 
A) Abdumalik 
B) Abdulahad 
C) Olimxon 
D) Abdurahmon Oftobachi 
30. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek o’z qo’llariga olgan shaharlarni tartib bilan 
joylashtiring. 
A) Qarshi, Shaxrisabz, Karmana 
B) Shaxrisabz, Qarshi, Karmana 
C) Karmana, Qarshi, Shaxrisabz 
D) Qarshi, Karmana, Shaxrisabz 
31. Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek qo’zg’alonini bostirish uchun Kaufman kimni yuboradi? 
A) Veryovkin 
B) Lessar 
C) Abramov 
D) Chernyayev 
32. Nima sababdan Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek egallagan hududlaridan surib chiqarila 
boshlandi? 
A) qo’zg’alonchilar zamonaviy qurollar bilan qurollanmaganligi 
B) qo’zg’alon boshliqlarining bir-biri bilan kelishmovchiligi 
C) Amir Muzaffarning Kaufmandan yordam so’rashi 
D) Rus askarlarining haddan tashqari ko’pligi 
33. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra dastlab qaysi hududga ketadi? 
A) Xiva xonligi 
B) Hindiston 
C) Afg’oniston 
D) Peshovar 
34. Ruslardan yengilgan Abdumalik to’ra Xiva xonligidan qayerga o’tib ketadi? 
A) Afg’oniston 
B) Hindiston 
C) Xiva xonligi 
D) Peshovar 
35. Abdumalik to’ra qaysi afg’on amiridan yordam so’radi? 
A) Omonulloxon 
B) Habibulloxon 
C) Sheralixon 


D) Do’stmuhammad 
36. Abdumalik to’ra qachon va qayerda vafot etdi? 
A) 1910-Nishopur 
B) 1909-Peshovar 
C) 1910-Hamadon 
D) 1909-Ray 
37. Nima sababdan afg’on amiri Sheralixon Abdumalik to’raga yordam bermadi? 
A) Abdumalik to’raning afg’on amiri Sheralixon bilan kelishmovchiligi uchun 
B) Afg’on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishni 
rejalashtirgani uchun 
C) Rossiyaning Afg’onistonga hujum qilishidan Sheralixonning xavfsiragani 
D) Buxoro va Afg’oniston o’rtasidagi azaldan davom etib kelayotgan adovat 
38. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining II-bosqichi qaysi voqeadan 
keyin yakunlandi? 
A) Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi bilan 
B) Samarqandning egallanishi 
C) A va B 
D) Cho’ponota egallanishi bilan 
39. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi qachom amirlikka o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi 
yangi shartnomani imzoladi? 
A) 1868-yil 
B) 1876-yil 
C) 1871-yil 
D) 1873-yil 
40. Rossiya 1873-yilda amirlikka o’z vakilini tayinladi.Bu vakilning roziligisiz amirlik... 
A) to’g’ri javob yo’q 
B) ichki masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
C) tashqi masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
D) biron bir ichki va tashqi siyosiy masalalarni hal qila olmaydigan bo’ldi 
41. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaning 
14-moddasida …..deyilgan. 
A) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan Buxoro fuqarolari bo’lmagan har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
B) “Buxoro hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar, har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
C) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan yonida maxsus hujjati bo’lmagan har xil kimsalarni 
Buxoro hukumati qabul qilmaydi” 
D) “Rossiya hukumatidan ijozat bo’lmagan kim bo’lishidan qat’iy nazar har xil kimsalarni Buxoro 
hukumati qabul qilmaydi” 
42. Rossiyaning Buxoro amirligiga o’z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomaga 
ko’ra har kun ertalab vakildan ko’rsatmalarni olib amirga topshirgan mansab egasi? 
A) otaliq 
B) mehtar 
C) qo’shbegi 
D) devonbegi 
43. Kim Rossiya imperiyasining Buxorodagi I-vakili etib tayinlandi? 
A) Romanovskiy 
B) Abramov 
C) Lessar 
D) Skobelev 
44. Rus bosqinidan keyin Buxoroning amaldagi norasmiy gubernatori kim bo’lgan? 
A) Skobelev 


B) Abramov 
C) Romanovskiy 
D) Lessar 
45. Buxorodagi ruslar tomonidan tayinlangan maxsus vakil qayerni o’ziga qarorgoh qilib olgan? 
A) Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
B) Buxorodan 150 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
C) Buxoro shahrini 
D) Buxorodan 1,5 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini 
46. Qaysi yillari Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan muzokaralar olib brogan? 
A) 1868-1870 
B) 1866-1870 
C) 1869-1870 
D) 1867-1870 
47. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan qaysi chegaralarni 
belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi? 
A) Buxoro amirligi va Eron 
B) Buxoro amirligi va Afg’oniston C) Qozoq yerlari va Afg’oniston 
C) Afg’oniston va O’rta Osiyo 
48. 1869-1870-yillari Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta 
Osiyodagi chegaralarni belgilash to’g’risidagi shartnomaga muvofiq chegara qaysi tumandan 
o’tkazildi? 
A) Hirot 
B) Panj 
C) Vaxsh 
D) Balx 
49. 1881-yil 10 dekabrida Eron shohi bilan Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada qaysi 
chegaralar belgilandi? 
A) Qozoq yerlari va Afg’oniston 
B) Afg’oniston va O’rta Osiyo 
C) Buxoro amirligi va Afg’oniston 
D) Buxoro amirligi va Eron 
50. 1885-1887-yillardagi ingliz-rus komissiyasi qaysi hududlar chegara chizig’ini belgilashni 
nihoyasiga yetkazdi? 
A) Buxoro amirligi va Eron 
B) Qozoq yerlari va Afg’oniston 
C) Afg’oniston va O’rta Osiyo 
D) Buxoro amirligi va Afg’oniston 
51. Quyidagi xato javobni belgilang. 
A) 1869-1870-yillarda Rossiya imperiyasi tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg’oniston va O’rta 
Osiyodagi chegaralarini belgilash to’g’risida muzokaralar olib bordi 
B) Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegara Amudaryo bo’ylab Vaxsh tumanidan o’tkazildi 
C) Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegara 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi 
Rossiya elchisi imzolagan shartnomada imzolandi 
D) 1885-1887-yildagi muzokarada chegaralarni belgilash to’g’risida ingliz-rus komissiyasi Rossiya 
imperiyasining O’rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan Afg’oniston o’rtasidagi chegara 
chizig’ini belgilashni nihoyasiga yetkazdi 
52. Qaysi yili Buxoro amirligi Rossiya protektoratiga aylandi? 
A) 1869-yil 
B) 1866-yil 
C) 1867-yil 
D) 1868-yil 
53. Protektorat so’zining ma’nosi nima? 


A) ispancha-chegara viloyati 
B) lotincha-homiy 
C) inglizcha-vassal 
D) fransuzcha-qaram yer 
54. Yuqori tabaqaga mansub kishi.Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan 
unvon? 
A) inoq 
B) bek 
C) to’ra 
D) noib

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling