8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
17-Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabablari (17) Testlar 1. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukmronligiga qarshi qo’zg’alonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlang. A) dehqonlar, ziyolilar B) dehqonlar, mansabdorlar C) dehqonlar, hunarmandlar D) dehqonlar, chorvadorlar 2. XIX asr oxirida Turkistonda rus hukumatiga qarshi qo’zg’alonlarda ishtirok etgan aholi qatlamlari xato berilgan javobni toping. A) vatanparvar ruhoniylar B) mingboshilar, ellikboshilar C) mulkdorlar, savdogarlar D) dehqonlar, hunarmandlar 3. Yetimxon qo’zg’aloni qachon va qayerda bo’lib o’tdi? A) 1879-yilning kuzi-Farg’ona B) 1885-yilning yozi-Andijon C) 1878-yil-Mingtepa D) 1880-yilning noyabr-Xo’jand 4. Qachon mahalliy aholi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig’ildi? A) 1879-yilning kuzi B) 1880-yil noyabri C) 1885-yilning yozi D) 1878-yil 5. 1879-yilning kuzida nima uchun mahalliy aholi Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig’ildi? A) A va B B) Marg’ilon uyezdida aholi soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar C) Marg’ilon uyezdida tarqalgan vabo kasali D) Marg’ilon uyezdida soliq to’plash noqonuniy tusga kirganligiga aholi qarshi chiqdi 6. 1880-yil noyabrida qayerda qo’zg’alon ko’tarildi? A) Marg’ilon uyezdida B) Xo’jand uyezdida C) Andijonda D) Mingtepada 7. Mingtepa bu hozirgi qaysi tumanga to’g’ri keladi? A) Pop B) Denov C) Rishton D) Marhamat 8. 1880-yilning noyabrida hamma soliqlarni to’laganlariga qaramay, Xo’jand uyezdi boshlig’i Xo’jand va O’ratepa tumanlaridagi aholidan qo’shimcha yer solig’I olinadi deb e’lon qiladi.Sabr- kosasi to’lgan xalq kimlar boshchiligida uyezd boshlig’ining mahkamasiga borishadi? A) Rahmonqulixoji, Mirkarimboy B) Rahmonqulibiy, Azizxo’ja C) Davlat mahram, Mirkarimboy D) Aliquli, Mirkarimboy 9. Farg’ona vodiysining qachon va qayerida aholi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib, uyezd boshlig’ining uyini o’rab oldilar? A) 1879-yil-Marg’ilon B) 1878-yil-Mingtepa C) 1882-yilning boshlari-Namangan D) 1880-yil noyabr-Xo’jand 10. Qachon Farg’ona vodiysida rus ma’mulariga qarshi qo’zg’alonlar avj oldi? A) 1885-yilning kuzi B) 1885-yilning bahori C) 1885-yilning yozi D) 1885-yilning qishi 11. Darvishxon qo’zg’aloni qachon va qayerda ko’tarildi? A) 1879-yil-Marg’ilon B) 1885-yilning yozi-Andijon C) 1885-yilning kuzi-Chust D) 1878-yil-Mingtepa 12. Kim boshchiligidagi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilar kurash usullarini o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar? A) Mirkarimboy B) Rahmonqulixoji C) Darvishxon D) Yetimxon 13. Qachon Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? A) 1896-yil B) 1895-yil C) 1898-yil D) 1897-yil 14. Namangan uyezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi qishloqlarda aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qishloqlar xato berilgan javobni aniqlang. A) Ko’hnamozor B) Yangibozor C) Langarbob D) Naymanchi 15. 1896-yilda Namangan uyezdining qaysi volostida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketdi? A) Rishton B) Denov C) Oqtepa D) Oqsuv-Shaxrixon 16. Quyidagi xato ma’lumotni toping. A) mustamlakachi rus hukumati dastlab ko’chirib keltirilganlar qishloqlarini o’zbek, qirg’iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustqail bo’lishini ta’minladi B) mahalliy qishloqlarni birlashtirgan volostlarga rahbarlarni mahalliy aholiga mansub bo’lmagan shaxslardan qo’ya boshladi C) mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita konstitutsion sudga bera boshladilar D) general-gubernator o’z ma’ruzasida “isyonga moyil” aholi vakillarini oshkora etish haqida fikr bildirdi 17. Mustamlakachilar oddiy fuqarolarni qachondan ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar? A) 1894-yil B) 1891-yil C) 1893-yil D) 1892-yil Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling