8-sinf jahon tarixi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
19-Andijon qo'zg'oloni (47) 
Testlar 
1. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi Turkiston o’lkasida yer masalasini rus 
mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan? 
A) 1886 yilgi “Nizom” 
B) 1865 yilgi “Nizom” 
C) “Yer to’g’risida Dekret” 
D) 1867 yilgi “Nizom” 
2. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan 
ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi.Bunday siyosat ayniqsa qaysi hududda aholining 
ahvolini yomonlashtirib yubordi? 
A) Farg’ona 
B) Xiva 
C) Toshkent 
D) Buxoro 
3. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang. 
A) Toshkent viloyati 
B) Farg’ona vodiysi 
C) Qashqadaryo vohasi 
D) Zarafshon vodiysi 
4. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib kelindi? 
A) 1892-yil 
B) 1893-yil 
C) 1891-yil 
D) 1890-yil 
5. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus 
hukumatining siyosatini aniqlang. 
A) vaqf yerlarining tugatilishi 
B) vaqf yerlari katta qismining davlat yerlariga aylantirilishi 
C) A va B 
D) vaqf mulklarining qisqartirilishi 
6. Andijon qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tdi? 
A) 1885-yil 
B) 1898-yil 
C) 1878-yil 
D) 1892-yil 
7. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping. 
A) Dukchi Eshon mutaasib dindorlardan edi 
B) Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan 
C) Dukchi Eshonning haqiqiy ismi Muhammad Ali edi 
D) qo’zg’alonga Dukchi Eshon rahbarlik qildi 
8. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri 
oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan? 
A) Yetimxon 
B) Darvishxon 
C) Dukchi Eshon 
D) Mirkarimboy 
9. Qachon Farg’ona vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’alon bo’lishi 
haqida gaplar tarqaldi? 


A) 1898-yilning yozi 
B) 1898-yilning kuzi 
C) 1898-yilning bahori 
D) 1898-yilning qishi 
10. Andijonda mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi norozilik harakatlarining 
oshkora qo’zg’alon ko’rinishida boshlanib ketishiga nima sabab bo’ldi? 
A) 1898-yil 19-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, 
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi 
B) 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, 
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi 
C) 1898-yil 19-may kuni Muhammad Ali va talabalarning ustiga madrasa minorasining ruslar 
tomonidan qulatilishi sabab bo’lgan 
D) 1898-yilning 27-may kuni Muhammad Alining rus askarlari tomonidan asir olinishidan keyin 
11. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqdagi telegraf simlarni qirqib 
tashlashdi? 
A) Asaka 
B) Tojikqishloq 
C) Qo’yli 
D) Qutchi 
12. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerning pristavini o’ldirdilar? 
A) Asaka 
B) Qo’yli 
C) Qutchi 
D) Tojikqishloq 
13. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga kim rahbarlik 
qiladi? 
A) Yetimxon 
B) mingboshi G’oyibnazar 
C) Ziyovuddin mahsum 
D) Muhammad Yoqub 
14. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga yana 200 kishi qo’shildi? 
A) Asaka 
B) Tojikqishloq 
C) Qo’yli 
D) Qutchi 
15. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi? 
A) Asaka 
B) Qo’yli 
C) Qutchi 
D) Tojikqishloq 
16. Qachon Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon 
ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qildi? 
A) 1898-yil 18-may 
B) 1898-yil 20-may 
C) 1898-yil 19-may 
D) 1898-yil 17-may 
17. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qutchi qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga qancha kishi qo’shildi? 
A) 300 kishi 
B) 200 kishi 


C) 400 kishi 
D) 100 kishi 
18. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qo’yli qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga kim o’z odamlari bilan qo’shildi? 
A) Ziyovuddin mahsum 
B) Yetimxon 
C) mingboshi G’oyibnazar 
D) Muhammad Yoqub 
19. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerdagi rus harbiy kazarmasiga hujum 
qilishdi? 
A) Tojikqishloq 
B) Andijon 
C) Qutchi 
D) Qo’yli 
20. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilarning Andijondagi rus harbiy kazarmasiga 
hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping. 
A) qo’zg’alonchilarning 9 tasi yarador qilindi 
B) kazarma jangchilarining 22 tasi o’ldirildi 
C) qo’zg’alonchilarning 11 tasi halok bo’ldi 
D) kazarma jangchilarining 22 tasi yarador bo’ldi 
21. Muhammad Ali qo’zg’aloni Andijonning qaysi qismida ayniqsa vahima uyg’otdi? 
A) Yangi shahar 
B) Eski shahar 
C) zardo’zlar mahallasida 
D) Pichoqchilar mahallasida 
22. Muhammad Ali qo’zg’alonidan qo’rqib, ko’chaga chiqmay o’z uyidan telefon orqali harbiy 
kuchlarni chaqirgan tumanboshi kim? 
A) Putinsev 
B) Konshevskiy 
C) Korolkov 
D) Vrevskiy 
23. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirish uchun rus harbiy qismlari necha soat ichida Andijonga 
yetib kelishdi? 
A) 3 soat 
B) 5 soat 
C) 2 soat 
D) 4 soat 
24. Muhammad Ali qo’zg’aloni boshlangan paytda Turkiston general-gubernatori kim edi? 
A) Korolkov 
B) Kaufman 
C) Duxovskoy 
D) Vrevskiy 
25. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant …….ni lavozimidan chetlatdi? 
A) Kaufman 
B) Duxovskoy 
C) Korolkov 
D) Vrevskiy 
26. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, bu vazifani vaqtinchalik kimning zimmasiga yukladi? 
A) Duxovskoy 
B) Vrevskiy 


C) Korolkov 
D) Kaufman 
27. Quyidagi xato javobni toping. 
A) 1898-yilgi qo’zg’alondan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori Vrevskiyni o’z 
lavozimidan chetlatdi 
B) Korolkov zimmasiga qo’zg’alonchilarni batamom yo’q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga 
shaxsan rahbarlik qilish topshirildi 
C) 1898-yilgacha Korolkov Samarqand viloyatining harbiy gubernatori edi 
D) 1898-yilgi qo’zg’alondan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori vazifasini vaqtinchalik 
Korolkovga topshirdi 
28. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun qaysi 
viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
A) Turkiston 
B) Sirdaryo 
C) Samarqand 
D) Farg’ona 
29. Korolkov qachon qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun Farg’ona viloyat harbiy 
gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
A) 1898-yil 17-may 
B) 1898-yil 22-may 
C) 1898-yil 25-may 
D) 1898-yil 20-may 
30. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qancha kishi hibsga olindi? 
A) 2000 kishi 
B) 3000 kishi 
C) 4000 kishi 
D) 1000 kishi 
31. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qo’zg’alonchilardan qancha kishi o’lim jazosiga 
hukm qilindi? 
A) 480 kishi 
B) 580 kishi 
C) 380 kishi 
D) 280 kishi 
32. Qaysi harbiy vazir Turkiston general-gubernatori Duxovskoyga qo’zg’alonchilarni o’ldirish 
ko’paymasligi to’g’risida telegramma jo’natdi? 
A) Konshevskiy 
B) Vrevskiy 
C) Korolkov 
D) Kuropotkin 
33. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim 
edi? 
A) Turkiston viloyati harbiy gubernatori 
B) Samarqand viloyati harbiy gubernatori 
C) Amudaryo bo’limi harbiy gubernatori 
D) Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori 
34. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga o’lim jazosi berildi? 
A) 21 kishiga 
B) 23 kishiga 
C) 22 kishiga 
D) 20 kishiga 
35. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga 
almashtirish haqida ko’rsatmani kim bergan? 


A) Saratov gubernatori 
B) Orenburg general-gubernator 
C) harbiy vazir 
D) imperator 
36. Quyidagi xato javobni toping. 
A) Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga olindi 
B) Andijon qo’zg’alonchilaridan 380 kishi o’lim jazosiga hukm qilindi 
C) Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosi katorga va qamoq jazosi bilan 
almashtirildi.Ammo 22 kishiga berilgan o’lim jazosi o’z kuchida qoldi 
D) Dukchi Eshon va uning safdoshlari sudsiz osib o'ldirildi 
37. Muhammad Ali qo’zga’lonidan keyin yana qachon Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon bo’lib 
o’tdi? 
A) 1899-yil 10-iyun 
B) 1899-yil 20-iyul 
C) 1899-yil 10-iyul 
D) 1899-yil 20-iyun 
38. Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’alon bo’lib 
turgan hududni aniqlang. 
A) Sibir 
B) Xiva 
C) Kavkaz 
D) Turkiston 
39. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) qo’zg’alonchilar yaxshi qurollanmagan edilar 
B) qo’zg’alon o’lka bo’ylab keng tarqalmadi 
C) zamonaviy qurollar bo’la turib, undan foydalana bilishmadi 
D) qo’zg’alonda mahalliy aholining barcha tabaqalari ishtirok etmadi 
40. Chibil bo’lis qayerdagi qo’zg’alonchilarga boshchilik qildi? 
A) Ketmontepa va Urgut 
B) Ko’gart va Urgut 
C) Ajinatepa va Ko’gart 
D) Ketmontepa va Ko’gart 
41. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
A) qo’zg’alonda barcha tabaqa ishtirok etsa ham , ba’zi tabaqalarning ruslar tomoniga o’tib ketishi 
B) qo’zg’alonda qat’iy tartib va intizomning yo’qligi 
C) qo’zg’alonning tarqoqligi, aniq reja ishlab chiqilmaganligi 
D) Chibil bo’lisning ayricha faoliyati 
42. Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni bu..... 
A) dukchi 
B) mutavalli 
C) kustar 
D) eshon 
43. Forscha yig, dug ma’nolarini anglatadigan so’z bu…. 
A) mutavalli 
B) dukchi 
C) kustar 
D) eshon 
44. Kazarma so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
A) lotincha-harbiy ish 
B) italyancha-uycha 
C) inglizcha-bino 
D) fransuzcha-askarlar to’planadigan joy 


45. Jinoyatlar uchun og’ir mehnat sharoitida jazoni o’tash joyi bu…. 
A) qamoq 
B) turma 
C) surgun 
D) katorga 
46. Harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino bu…. 
A) posad 
B) kazarma 
C) qal’a 
D) rekrut 
47. Charxning yigirilayotgan ,ip o’rab boriladigan qismi.Duk yasovchi hunarmand …..deyilgan. 
A) dukchi 
B) arqonchi 
C) g’alvirchi 
D) ipchi

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling