8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
13-Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati (15) Testlar 1. 1886-yildagi “Nizom”ning qaysi bo’limida Turkiston o’lkasida shakllanib kelayotgan ananaviy yerga egalik qilish munosabatlari o’zgartirib yuborildi? A) “Turkiston o’lkasi yer tog’risidagi dekret” B) “Turkistonning yer-suv boyliklari” C) “Turkistonning qazilma boyliklari” D) “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” 2. 1886-yildagi “Nizom” ning “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” bo’limida berilgan ma’lumot xato berilgan javobni toping. A) Katta yer egalariga katta imtiyozlar berildi B) Turkiston yerlari, o’rmonlari va yer osti qazilma boyliklari davlat mulki deb e’lon qilindi C) tarixan shakllanib kelayotgan yerga egalik qilish munosabatlari o’zgartirib yuborildi D) Nizom bo’yicha o’lkada yirik yer egaligi tugatildi 3. 1886-yildagi “Nizom” ning “Turkiston o’lkasining yer tuzilishi” bo’limida vaqf yerlari to’g’risida xato ma’lumotni toping. A) masjid tasarrufidagi yerlar davlat solig’iga tortilmaydigan bo’ldi B) vaqf hujjatlarini e’tirof etish, daromadlarning to’g’ri ishlatilshi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiyoriga o’tkazildi C) yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliq va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirish D) yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilgan 4. Turkistonda masjidlar va maktablarning moddiy ahvoli yomonlashishiga sabab….. A) diniy ulamolarning poraxo’rligi B) vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi hukumat qo’liga o’tishi C) diniy mustabidlikning kuchayishi D) ichki va tashqi nizolar 5. Qaysi hujjatda bo’sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat’iy qilib belgilab qo’yilgan? A) 1867-yildagi “Nizom”da B) 1865-yildagi “Nizom”da C) 1886-yildagi “Nizom”da D) 1866-yildagi “Nizom”da 6. Rossiyadan Turkistonga ko’chirib keltirilgan aholiga berilgan imtiyozlar xato berilan javobni toping. A) ko’chirib kelinganlar 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan B) uy qurish uchun 100 rubl miqdorida mablag’ ajratilgan C) ko’chirib kelinganlar keyingi 6 yil davomida soliqlarning yarmini to’lagan D) ular mablag’, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta’minlangan 7. Rossiyadan Turkistonga kelgan dehqonlarning I-manzilgohi qachon va qayerda paydo bo’lgan? A) 1878-Pishpak B) 1876-Oqmachit C) 1877-Xo’jand D) 1875-Avliyoota 8. Quyidagi xato ma’lumotni toping. A) 15 yil (1875-1890) davomida Turkiston o’lkasiga 1300 oila ko’chib kelib joylashgan B) Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning I-manzilgohi paydo bo’lgan C) 15 yil davomida Turkistonda 19 ta rus qishlog’i tashkil topdi D) 1890-1892 –yillarda 25 ta rus dehqonlarining manzilgohi tashkil topdi 9. Turkistonda 1891-1892-yillarda ko’chib kelgan rus dehqonlarining qancha manzilgohi paydo bo’lgan? A) 24 ta B) 25 ta C) 23 ta D) 19 ta 10. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasiga qancha oila ko’chib kelib joylashgan? A) 1400 ta B) 1200 ta C) 1300 ta D) 1100 ta 11. Turkiston o’lkasida Toshkent shahridan tashqari yana qaysi shaharlarida ko’chib kelganlarning posyolkalari paydo bo’ldi? A) Yangi Marg’ilon, Jizzax, Skobelev B) Yangi Marg’ilon, Samarqand, Andijon C) Samarqand, Jizzax, Skobelev D) Farg’ona, Jizzax, Skobelev 12. Toshkentdagi qaysi anhor Toshkentni 2 qismga ajratadigan chegara bo’lgan? A) Darg’om B) Bo’zsuv C) Yunusobod D) Kaykovus 13. Qachondan boshlab o’zboshimchalik bilan kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko’chirilganlarga berilgan imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligi e’lon qilindi? A) 1891-yil B) 1893-yil C) 1894-yil D) 1892-yil 14. Rossiyadan Turkistonga ko’chib kelganlar necha yil soliqlardan ozod qilingan? A) 4 yil B) 7 yil C) 5 yil D) 6 yil 15. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasida qancha rus qishlog’I tashkil qilindi? A) 21 ta B) 18 ta C) 20 ta D) 19 ta Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling