8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
16-XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy-ijtimoiy hayot (18) Testlar 1. Turkistonda ayniqsa qaysi sanoat sohasi uchun paxta yetishtirish ko’paydi? A) to’quvchilik B) naqqoshlik C) tikuvchilik D) to’qimachilik 2. Turkistonda rus bosqinidan keyin g’allaning tanqisligiga olib kelgan sababni aniqlang. A) qurg’oqchilik B) aholining ko’payishi C) chet el bilan aloqlalarning yomonlashishi D) paxtaning ko’p yetishtirilishi 3. 1967-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida qancha sanoat korxonasi ishga tushirilgan? A) 185 ta B) 175 ta C) 195 ta D) 165 ta 4. Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni necha soat bo’lgan? A) 12 soat B) 14 soat C) 16 soat D) 15 soat 5. 1967-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasida qancha ishchi ishlagan? A) 40 ming B) 20 ming C) 10 ming D) 30 ming 6. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang. A) Turkistondagi ishchilar huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlar bo’lmagan, ishchilar hech kimga shikoyat qilib bilmas edilar B) Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo’lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar hisobidan ortib brogan C) Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni 15 soat bo’lgan D) Turkiston general-gubernatorligidagi aksariyat korxona ishlari qo’l mehnati bilan bajarilgan 7. Turkistonda hunarmandlar mahsuloti bozorining kasodga uchrash sababini aniqlang. A) pulning qadrsizlanishi B) hunarmandlarning ko’payib ketishi C) Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqilgan sanoat mahsulotlarining o’lkaga kirib kelishi D) xomashyoning qimmatlashuvi 8. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari …..ni rivojlantirishga qaratilgan edi. A) g’alla yetishtirish B) chorvachilik C) paxtachilik D) dehqonchilik 9. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang. A) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi B) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi C) paxta maydonlarining kengaytirilishi D) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi 10. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishi ayniqsa qaysi hududda yaqqol sezilgan? A) Zarafshon okrugi B) Sirdaryo viloyati C) Farg’ona vodiysi D) Toshkent viloyati 11. Turkistonda Rossiya imperiyasi uchun paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlarni aniqlang. A) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand B) Zarafshon, Toshkent, Samarqand C) Samarqand, Buxoro, Jizzax D) Farg’ona, Toshkent, Jizzax 12. Qaysi yildan Turkistonda paxtaning Amerika navi ekila boshlandi? A) 1885-yil B) 1883-yil C) 1886-yil D) 1884-yil 13. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon boshlandi? A) 1911-yil B) 1912-yil C) 1914-yil D) 1913-yil 14. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon yakunlandi? A) 1912-yil B) 1914-yil C) 1913-yil D) 1911-yil 15. Sirdaryo magistral kanali qaysi yillar bunyod etilgan? A) 1914-1916-yillar B) 1913-1915-yillar C) 1911-1913-yillar D) 1912-1914-yillar 16. Turkistonda sug’orilish ishlarining ko’pi bajarilmay qolib ketgan hududlar xato berilgan javobni aniqlang. A) Toshkent vohasi B) Farg’ona viloyati C) Sirdaryo viloyati D) Samarqand viloyati 17. Rossiya mustamlakachi hukumati uchun Turkiston o’lkasida neft va oltindan keyingi o’rinda turuvchi yuqori daromadli xomashyoni aniqlang. A) paxta B) teri C) kumush D) g’alla 18. Qaysi yillarda Turkiston general-gubernatorligiga 175 ta sanoat korxonasi sihga tushirilgan? A) 1869-1902-yillar B) 1867-1900-yillar C) 1866-1900-yillar D) 1868-1901-yillar Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling