8-синф ms excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash Darsning texnologik xarita
Download 173.5 Kb.
|
ms excel das dia va graf tahrirlash 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu Diagramma va grafiklarni tahrirlash Maqsad va vazifalar
- Darsning tarbiyaviy vazifasi
- O‘quv jarayonining mazmuni
- O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub
- Baholash
- Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
8-синф MS Excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash Darsning texnologik xaritasi
Asosiy tushunchalar: Gistogrammalar, nuqtali diagrammalar (grafiklar), doiraviy diagrammalar, diagrammani, sarlavhalarni, shkalalarni, o’qlarni, ma’lumotlar yozuvlarini, ma’lumotlar qatorlarini, afsonani tahrirlash. Qo’llanmada interfaol uslublar uchun quyidagicha belgilashlar qo’llanilgan. M – ma’ruza, AH – aqliy hujum, K – klaster, BST – blits-savol-test, SJ – savol-javob, MY – mashq bajarish yoki misol va masala yechish. Darsning blok-chizmasi
O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin. SJ, K, MY Avvalgi mavzudagi materiallar asosida. BST Avvalgi mavzular va qo’shimcha testlar. Mavzuni yoritish: M Darsda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadval xususiyatlarini to‘liq aks ettirishi uchun mos diagramma turini tanlashni o‘rgatishga qaratiladi. Masalan, qanday holda gistogrammadan foydalanish lozim, qanday holda doiraviy diagramma yaxshi natija beradi yoki grafiklarni qachon qo‘llash maqsadga muvofiqdir. AH Darsni interfaol usulda tashkil etilishi (diagramma hosil qilishning har bir qadamida o‘quvchilarga vazifa topshiriladi va o‘zlashtirish darslikdagi savollar orqali tekshirib boriladi) kerakli natijani beradi. MS Excel dasturi hosil qilingan diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatini ham beradi. Masalan, Format menyusi yordamida diagrammalar, avvalgi darsdagi rasmlarda ko’rganingizdek, qiziqarli va go‘zal holatga keltirildi. Buni avvalgi darsdagi misollardan sezgansiz, albatta. Formatlash uchun diagramma yoki grafikning elementi tanlanib Format menyusiga kiriladi. Bu holda menyu tarkibi tanlangan elementga mos bo’ladi, masalan: Hosil qilingan diagramma yoki grafik ustida Format menyusi yordamida quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin: tahrir qilish (diagramma turi, ma’lumotlarni, ma’lumotlar shrifti, rang va fonini o‘zgartirish); diagramma o‘lchamlarini, vertikal va gorizontal o‘qlarning formatlarini o‘zgartirish; diagramma chegarasi chiziqlarini tanlash; siljitish va chegaralarni surish va boshqalar. Masalan, belgilangan o’qqa mos formatlash oynasi yordamida ko’rinishni, shkala chegaralari va bo’laklash qiymatlari, oraliq chiziqlarni tanlash, shrift turi, foni va rangi, son formatlarini tanlash matn yo’nalishi va boshqa bir qancha o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Diagramma va grafiklar elementlarini formatlash va tahrirlash uchun mos kontekst-menyulardan foydalanish ham qulay. Quyida diagramma va grafiklar elementlariga ko’pgina kontekst-menyular ko’rinishi ifodalangan. Kontekst-menyular yordamida ochilgan tahrirlash oynalari mos elementlar formatini bekor qilish, o’zgartirish kiritish va boshqa amallar bajarish imkoniyatini beradi. Quyidagi misol yordamida grafikni tahrirlash imkoniyatini ochib berishga harakat qilamiz. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling