8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


matematik tilshunoslik, uning davomi bo‘lgan kompyuter tilshunosligining


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

matematik tilshunoslik, uning davomi bo‘lgan kompyuter tilshunosligining
shakllanganligi va rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. 
Ayniqsa, sun’iy intellekt uchun tabiiy tillarni modellashtirish kompyuter
lingvistikasining asosiy, pirovard vazifasi hisoblanadi. 
Dunyo miqyosida sun’iy intellektlar yaratish asosida tabiiy tillarni
matematik modellashtirish yotadi. Matematik modellashtirish natijalari sun’iy
intellektning faoliyat
dasturini yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘zbek tili misolida hali
ochilmagan qo‘riq.Tilning xavfsizligini ta’minlash uchun ularning yozuvlariga, ko‘p
sonli so‘zlashuvchilarga (100 mingdan ortiq), davlat tili maqomiga va axborot-
kommunikatsiya, Internet tizimida qo‘llanish xususiyatiga hamda
so‘zlashuvchilar- ning muhabbatiga egaligidan tashqari, ziyolilarning tillarni
saqlab qolish va rivojlantirish haqida qayg‘urishlari va mu- tasaddilarning esa bir
yoqadan bosh chiqarib tashkiliy yo‘l bilan kurashishlari juda ham zarur. 
20~21-darslar 
YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI 
3-B O ‘LIM
SINTAKSIS, OHANG VA TINISH BELGILARI 
22-dars 
SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. SO‘Z BIRIKMASI 
Nutqimizda gaplardan foydalanamiz. Gap tarkibidagi so‘zlar o‘zaro bog‘langan 
bo‘ladi. So‘zlar bog‘lanishi uchun:1) ular mustaqil so‘z turkumlariga mansub
bo‘ladi. Masalan, kitob o ‘qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon
orqali birikuvlari ikkinchi so‘zlari mustaqil so‘z bo‘lmaganligi uchun so‘zlarning
bog‘lanishiga misol bo‘la olmaydi;2) so‘zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi
lozim. Ma- salan, oyna so‘zining ma’nosi sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo
randalamoq, uzilmoq so'zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma’nosi mos
bo‘lmagan so‘zlarni bog‘lash xato boЈladi; 
3) so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak. Masalan,
Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo'shimchalar to‘g‘ri
qo‘llangan.
Toshkentga yashayman, ukam ni daftari birikmasida qo‘shimcha noto‘g‘ri
qo‘llangan. 
So‘zlarning gapdagi bog‘lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‘rganuvchi
bo‘lim sintaksis deyiladi. 
Tovushlardan so‘z va qo‘shimchalar, so‘z va qo‘shimchalardan gap hosil bo‘ladi. 


Gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin. 
Quyidagi so‘zlardan sintaktik aloqa hosil qiling. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling