8-sinf ona tili. I chorak 1-bsb namunasi Matn ustida ishlash (25 ball) bsb bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar
Matn ustida ishlash uchun topshiriqlar
Download 184.25 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf ona tili, 1-BSB Namuna
Matn ustida ishlash uchun topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing, matn mazmuniga mos sarlavha qo‘ying . (5 ball). 2. Berilgan gaplar tarkibidagi so‘zlarni yordamchi va mustaqil so‘z turkumlariga ajrating. (5 ball). 1. Filippinliklar bu muammoning oldini olish uchun turli tashabbuslar bilan chiqishdi. 2. Ishlab chiqarish rivojlangani sari ona tabiat ozor chekyapti. 3. Matndan alohida olingan so‘zlar guruhidagi so‘zlarni aniqlab yozing. (5 ball). 4. Quyida berilgan matn tarkibidan olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, olmoshning ma’noviy guruhlariga ko‘ra ajrating. (5 ball). Filippin – Osiyodagi go‘zal mamlakatlardan biri. Bu mamlakat o‘zining o‘rmonlari bilan dunyoga mashhur. Yong‘inlar sabab juda katta ekologik muammo yuzaga keldi. Filippinliklar bu muammoning oldini olish uchun turli tashabbuslar bilan chiqishdi. Ular har bir maktab bitiruvchisiga o‘ntadan ko‘chat ekishni shart qilib qo‘yishdi. Yana shunday ajoyib harakatlar tashabbuskori senegallik fotosuratchi Ina Makosidir. “U nima qilibdi” deysizmi? Ina Makosi atrof-muhitni toza saqlash uchun hech kimning xayoliga kelmagan ishni qildi. 5. Quyida berilgan matn tarkibidan ravish so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, ravishning ma’noviy guruhlariga ko‘ra ajrating. (5 ball). So‘ng darhol o‘sha hududlarni tozalab ko‘kalamzorlashtirishdi. Bu ajoyib natija Makosini ilhomlantirdi. U boshlagan ishini davom ettirib juda ko‘p joylarning obod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Bu harakat hozir ham davom etmoqda. Matn ustida ishlash baholash mezonlari (25 ball) 1. Matnni tushunishi va unga sarlavha qo‘ya olishi 5 ball sarlavha matn mazmunini to‘liq qamrab olgan, shuningdek, diqqatni tortadigan bo‘lsa Download 184.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling