8-sinf ona tili III chorak test topshiriqlari


Download 229.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.03.2023
Hajmi229.88 Kb.
#1266035
  1   2
Bog'liq
8-sinf ona tili va adabiyot 3-chorak testi



8-sinf ona tili III chorak test topshiriqlari 
1. Shu kuni elektr simlari bo'ronda uzildi. Gap bo'laklari to'g'ri tahlil qilingan javobni toping.
A) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi, kesim B) hol, ega, to'ldiruvchi, kesim 
C) hol, aniqlovchi, ega, hol, kesim D) hol, aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi, kesim 
2. Men har doim yaxshi o`qiyman. Gapda qaysi bo`lak qatnashmagan? 
A) kesim B) to„ldiruvchi C) ega D) hol 
3. Quyida keltirilgan gapda son qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
Yurak shod, go 'yo ikki qush ko 'kka parvoz qilish oldida qanot yozgandek.
A) aniqlovchi B) ega C) hol D) to'ldiruvchi 
4. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi sintaktik bo'laklar tartibi to'g'ri ko'rsatilgan?
Urush boshlanganda u 
hali ko'krakdan ajralmagan 
go'dak edi. 
A) 
ega, payt holi, ega, payt holi, vositali to'ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim 
B) 
payt holi, ega, payt holi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim 
C) 
payt holi, ega, payt holi, vositali to'ldiruvchi, kesim 
D) 
ega, kesim, ega, payt holi, sifatlovchi aniqlovchi, kesim
5. Qaysi gapda ikkita payt va bitta o'rin holi qo'llangan? 
A) 
Kecha Salimalarnikiga bordim, ko'pdan beri bormagan edim. 
B) 
Avtobus qosh qorayganda shaharga kirib keldi. 
C) 
Tokchadagi chiroq hamon ojiz lipillar, tepamda oyim, bobom, Komil tabib engashib turishardi. 
D) 
Ertalab tog'ning etagiga kelib, bir choyxona yonida to'xtadik.
6. Berilgan gapdagi gap bo‟laklarining joylashish tartibi to‟g‟ri ko‟rsatilgan javobni aniqlang. 
Shu paytda mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqillatdi.
A) hol, to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim B) aniqlovchi, hol, aniqlovchi, to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim
C) hol, aniqlovchi, to‟ldiruvchi, ega, hol, kesim D) hol, aniqlovchi, to‟ldiruvchi, ega, aniqlovchi, kesim 
7. Qaysi javobda keltirilgan gapda sabab, daraja-miqdor, maqsad va o‟rin holi ishtirok etgan?
A) Bog‟bon charchaganidan bir chimdim uxlash uchun uyga kirdi.
B) Do‟stining dov-daragini surishtirish uchun sizni izlab keldi.
C) Salima darsni yaxshi tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo‟ldi baqirib yig‟lab yubordi 
8. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi ishtirok etgan gapni aniqlang. 
A) Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.
B) Besh-olti keksa yig‟ilib maslahat qilishdi.
C) Ko‟cha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi eshitildi. D) Aytilgan so‟z – otilgan o‟q 
9. Qaysi maqolda aniqlovchining ikki turi ishtirok etgan? 
A) Aytilgan so‟z – otilgan o‟q. B) Yolg‟iz otning changi chiqmas, Changi chiqsa ham, dong‟i chiqmas.
C) O‟ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish. D) Vataning tinch – sen tinch! 
10. Qaysi gap hol, hol va kesim bo‟laklaridan iborat shaxsi noma‟lum gap sanaladi?
A) Dam olish kuni tog‟ga borishimiz kerak. B) Yo‟lda ukam menga to‟g‟ri keldi.
C) Yo‟lda biroz to‟xtashga to‟g‟ri keldi. D) Chilyosin qildirishga ham to‟g‟ri keldi. 
11. Tarkibga ajralmaydigan, boshqa so'zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo„lmagan, dialogik va 
ba‟zan monologik nutqga xos bo'lgan bir so„zdan iborat gaplar qanday gaplar hisoblanadi?
A) atov gap B) to„liqsiz gap
C) so„z-gap D) shaxsi noma‟lum gap 
12.To„ldiruvchi-ega-to„ldiruvchi-aniqlovchi-kesim.
Qaysi javobda ushbu shartli belgilar asosida tuzilgan gap ko„rsatilgan?
A) U kishi savolini uch marotaba qaytaribdi.
B) Ota-onani rozi qilish biz uchun ulug‟ vazifadir.
C) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding
D) Jim turib salomat bo„lish gapirib malomatga qolishdan afzal. 
13Odatdagi tartib qaysi uslub uchun xos?
A) ilmiy B) badiiy C) so‟zlashuv D) publitsistik 
14.Odatdagi tartibda joylashmagan gapni aniqlang.
A) Kechquruirsalqin bo'ldi, ertalab shudring tushdi.
B)To'g'ri yursang, murodingga oson yetasan. 
C) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat. 
D) Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushdan ketdi 
15. Egasiz gaplarning turi to„g„ri sanalgan qatorni toping.
A) shaxsi noma‟lum, shaxsi ma‟lum, atov gap 
B) shaxsi ma‟lum, shaxsi umumlashgan, atov gap 
C) shaxsi noma‟lum, atov gap, so„z-gap 
D) shaxsi umumlashgan, shaxsi noma‟lum, so„z-gap 
16.Egasi umumlashgan gapni belgilang. 
A) Bilmaganni so‟rab o‟rganmoq lozim. 
B) Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. 
C) Vazifani vijdonan bajarish kerak. 
D)
O‟qigan
o‟qdan o‟zar, o„qimagan turtkidan shoshar. 
17.Yomon urug`dan yaxshi hosil kutma. Ushbu gap …? 
A. Egasi ma`lum gap B. Egasi umumlashgan gap
C. Atov gap D. Egasi noma‟lum gap 
18.Shaxsi noma‟lum gapni aniqlang. 
A) Bugun sovg‟alarni olib kelisharmikan? 
B) Ko‟p kulgan ko‟p yig‟laydi. 
C) Ma‟lumotnoma so‟ralgan joyga ko‟rsatish uchun berildi. 
D) Kitobni mana bunday o‟qish kerak 
19.Qaysi qatorda atov gap berilgan? 
A)Registon. Qo„shiq tanlovi yakuni. Barcha hayajonda. 
B)Shu yorug„ yo„lda sizga zo‟r baxtlar tilayman. 
C) Bolalikka buyuk ehtirom bilan qarash lozim. 
D)- Xo„p, o„rtoq shifokor! 
20. Atov gapni aniqlang. 
A) Bahorda hamma yoq ko„m-ko„k bo„ladi. 
B) Hirot shahri go„zal. 
C) Qish. Hamma yoq oppoq qor bilan burkangan. 
D) Ha! Bu yerlar juda obod! 
21. Barcha gap bo„laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to„liq mos keladigan gapni aniqlang. 
_____ ˷˷˷˷˷˷ ˷˷˷˷˷˷ ˍ ˍ ‗‗‗ 
A) Salimjon do„stining uyiga hozir ketmoqchi edi. 
B) Guruhimiz o„quvchilari bugun shahrimiz ko„chalarida sayr qilishdi. 
C) Atrof yaproqlarning mungli shivir-shiviriga to„ldi. 
D) Oilamiz a‟zolari to„kin dasturxon atrofida jam bo„lishdi. 
22. Gap bo„laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to„liq mos keladigan egasi yashiringan gapni aniqlang. 
…… ˷˷˷˷˷˷ ˍ ˍ …… ‗‗‗ 
A) Bu yerda Ergashevning hushyorligiga shunchaki tan berish kerak. 
B) Saltanat chaqqonligidan hamma ishni har doim vaqtida bajarar edi. 
C) Onam uchun olgan sovg„amni senga ko„rsatmoqchiman. 
D) Hayajonlanganidan yodlagan she‟rini zo„rg„a ayta oldi 
23. Qaysi gap ega + aniqlovchi + aniqlovchi + to'ldiruvchi + kesim qolipida hosil bo'lgan? 
A) Sham zo'r mo'jizaday hammaning diqqatini jalb qilgan edi. 
B) Atrof yaproqlarning mungli shivir - shiviriga to'ldi. 
C) Jannat xola shoshib, hansirab yo'lakka yugurdi. 
D) Anvar do'stining gap boshlaganidan quvonib ketdi 
24. Qaysi qatorda atov gap berilmagan? 
A) Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib, saxovat bilan nur socha boshladi. 
B) Mehnat. Mehnatning tagi rohat. 
C) Hamon yodimdadir: gul chog„i erdi. 
D) Sovuq qattiq. Izg„irin ko„z ochirgani qo„ymaydi 
25. Shaxsi noma‟lum gapni aniqlang. 
A) Bugun sovg‟alarni olib kelisharmikan? 
B) Ko‟p kulgan ko‟p yig‟laydi. 
C) Ma‟lumotnoma so‟ralgan joyga ko‟rsatish uchun berildi. 
D) Kitobni mana bunday o‟qish kerak. 



Download 229.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling