8-sinf ona tili


Download 5.79 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi5.79 Kb.
#1603020
Bog'liq
8-sinf ona tili undalma

Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani 38-sonli maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Mahkamova Shahloxonning 8- sinf ona tili fanidan “Undalma” mavzusida yaratgan slaydi

Uyga vazifani tekshirish 187-mashq.Quyidagi gaplarning har biriga kirish va kiritma qurilmalarni qo`yib gaplarni ko`chiring.

1.Mehmoni yo`q qora uydan,shubhasiz,dala-tuz yaxshi.

2.Teran fikrni doim kesalardan qidirgin, zero,bahor suvi kuzda musaffolik topadi.

3.Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham,albatta,sadaqa hisoblanadi.

4.Alqissa, nosihi sodiq erurki beg`araz,bil anga olamda topilmas evaz.

5.Haqiqatan ham,mehmonsiz uy suvi qurigan tegirmonga o`xshaydi.

6.Kishilarning qadrlisi,albatta,saxovatli kishilardir.

188-mashq. Lug`at daftaringizga quyidagi so`zlarni yozing.

  • 1)nosih-nasihatgo`y;2)tizgin-hayvonlarni bog`lash yoki qantarib qo`yish uchun xizmat qiladigan,uchi suvliqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan uzun tasma yoki chizimcha; boshqarish vositasi; 3).nuqson -kishi nomiga nomunosib,uni salbiy jihatdan ko`rsatadigan belgi; kamchilik, illat,qusur,ayb.4)tama-birovdan bir narsa undirish hissi;5)raso-kami yo`q,to`liq,but.

Mavzu: Undalma

  • So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so`z yoki birikma undalma deyiladi. Undalma grammatik jihatdan hech bir bo`lakka bog`lanmaydi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi.

Undalmalar jonsiz narsalarga nisbatan ham ishlatiladi

  • Masalan:
  • Ko`zgujon, haqiqatni et bayon.
  • Ey qalpoqcham, menga sening
  • yordaming kerak.
  • Palovxonto`ra, qani qoringa tushing-chi?

Undalmaning turli o`rinlarda kelishi

  •  
  •  
  • 1.Undalma gapning boshida keladi

    Masalan:Bolalar,qo`llaringizni tozalab yuvdingizmi?

     

    2.Undalma gapning o`rtasida keladi

    Masalan:Bugun, bolalar, darslarni onlayn tarzda ko`rasizlar.

    3.Undalma gapning oxirida keladi

    Masalan:Koronavirusga birgalikda kurashamizmi,bolalar?

  •  

Yig`iq va yoyiq undalma

  • Agar undalma birgina so`zdan iborat bo`lsa, yig`iq undalma , bir necha so`zdan iborat bo`lsa, yoyiq undalma deyiladi.
  • Masalan:
  • Yig`iq undalma: Yurtim, faqat seni boyliklaring-chun, sevgan farzanding bo`lsa,kechirma aslo.
  • Yoyiq undalma: O, ota makonim, onajon o`lkam, O`zbekiston,jonim to`shay soyangga.

Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin.

  • Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o`g`illar, opa-singillar, iltimos, biz siz uchun ishdamiz, siz biz uchun uyda qoling.

178-mashq

  • 1.Azizlar,tenglik hukm surgan joyda, sotqin,aldamchi ehtiroslar,g`am-g`ussa bo`lmaydi.
  • 2.Ey inson,yo`qolgan narsangga ko`p achinma,achinish ila qayta kelmas,netarsan.
  • 3. Ey farzandlarim, ishda oshiqqan ko`p toyilur,ko`p toyilgan ko`p yiqilur.
  • 4.Do`stim, sabr qilsang,g`o`radin halvo bitar,besabrlar o`z ayog`idin yitar.

179-mashq Qatordagi gaplarning umumiy belgisini topib,unga uchinchi gapni kiriting.

  • 1.Shoshmagin,ey karvon,to`xtagin biroz,chashmi zilol bo`lib dardingni olay.
  • 2. Dengizing qurisa, ne ham qilursan,qayga bosh urarsan, ey munglug` ko`ngil.
  • Yuqoridagi gaplarda ishtirok etgan undalmalarning umumiy jihati undalmalarning jonsiz narsalarga qaratilganidadir.

    3.Kim ko`rubdur,ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`.

Savol va topshiriqlar

  • Undalma deb nimaga aytiladi?
  • Gapda undalma qo`llanganda qaysi bo`lak tushib qolishi mumkin?
  • Undalmaning ega bilan o`xshash va farqli tomonlari nimada?

Undalmaning egadan farqi

  • Akmal kitobni o`qidi.
  • Bu gapda Akmal ega.
  • Akmal,kitobni o`qi.
  • Bu gapda Akmal undalma. Yashirin ‘’sen’’ olmoshi ega.

Uyga topshiriq

  • 191-topshiriq
  • Hurmat va ehtirom bilan qilinadigan murojaatda qo`llanadigan “Chiroyli murojaat so`zlari” lug`tini tuzing.

Download 5.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling