18. Qachon Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chirdi va shu tariqa shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlanadi?
A) 1530 –yilda B) 1533 –yilda C) 1512 –yilda D) 1540 –yilda
19. Qaysi mansab egasi Harbiy askarlarni to’plash, ularni harbiy yurishlarga tayyorlash va qo’shinning moddiy ta’minoti bilan shug’ullangan?
A) Jevachi B) Tovachi C) Qurchi D) Parvonachi
20. Abu Said Mirzo vafotidan keyin uning o’g’illari tomonidan Muvarounnahr amalda 3 ta mustaqil davlatga bo’linib ketdi. Bular qaysilar?
A) 1) Samarqandda Sulton Ahmad, 2) Farg’onada Umarshayx Mirzo, 3) Hisor, Xuttalon, badaxshonda Sulton Mahmud mirzo
B) 1) Samarqandda Boysung’ur Mirzo 2) Farg’onada Umarshayx Mirzo, 3) Hisor, Xuttalon, badaxshonda Sulton Sulton Ahmad
C) 1) Samarqandda Sulton Ahmad, 2) Farg’onada Sulton Ali Mirzo, 3) Hisor, Xuttalon, badaxshonda Sulton Mahmud mirzo
D) 1) Samarqandda Sulton Ahmad, 2) Farg’onada Umarshayx Mirzo, 3) Hisor Xuttalon badaxshonda Sulton Husayn Bayqaro
21. Ko’chkunchixonning o’g’li Abdullaxonning qisqa hukmronligidan keyin mamlakatda qo’sh hokimyatchilik boshlanadi natijada mamlakat bir nechta mustaqil qismlarga bo’linib ketadi. Savol: Siz anashu qismlarni hukmdorlari bilan moslashtiring?
1. Suyunchixo’janing o’g’li Navroz Ahmadxon
2. Ko’chkunchixonning o’g’li Abdulatifxon
3. Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon
4. Pirmuhammad I
5. Iskandarxon
a) Samarqan b) Buxoro C) Balx va Badaxshon d) Toshkent va Turkiston e) Karmana va Miyonqol
A) 1-d, 2- a, 3-b, 4-c, 5-e
B) 1-d, 2- b, 3-a, 4-c, 5-e
C) 1-e, 2- a, 3-b, 4-c, 5-d
D) 1-d, 2- c, 3-b, 4-a, 5-e
22. Qachon Amir Temurning 3-o’g’li Mironshohning nabirasi Abu Said Mirzo Muvarounnahr va Xurosonni birlashtirishga erishdi?
A) 1469 –yilda B) 1458 –yilda
C) 1457 –yilda D) 1451 –yilda
23. Buxoro xonligi nechanchi asrga kelib Markazlashgan yirik davlatga aylandi?
A) XV asrda B) XVI asr oxirida
C) XVII asrda D) XVIII asr
Do'stlaringiz bilan baham: |