Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy Mahmud al-Qoshgʻariy, Mahmud Qoshgʻariy


Download 22.34 Kb.
bet1/2
Sana30.07.2023
Hajmi22.34 Kb.
#1663784
  1   2
Bog'liq
Mahmud ibn al qoshǵariy


Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy (Mahmud al-QoshgʻariyMahmud Qoshgʻariy, Qoshgʻariy, yaʼni qoshgʻarlik Mahmud; 1028- yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan — 1101- yoki 1126-yilda Qoshgʻar yaqinida — Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy tilshunos olim, filolog.
Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072—1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi[1].
Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan.[1] Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bagʻdodga yetib borgan. Qoshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. „Devoni lugʻatit turk“ ustida 1072-yilda ishlay boshlagan.[1] (ayrim nabbalarda, jumladan, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida shu yili asarni yakunlagan, deb xato koʻrsatilgan[2].) Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075—1094-yillarda asarning toʻrt nashrini tayyorlagan. Asarning ilk nusxasi yoʻqolgan. 1266-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi esa saqlanib qolgan. Asarda Koshgʻariy shunday deb yozadi:
„Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar, qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. ... Men isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim. ... Soʻngra men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridan, maqollaridan keltirdim.“[2]
Qoshgʻariyning ikkinchi asari — „Devonu lugʻotit turk“dan avvalroq yaratilgan, „Javoqirun-nahvi fi lugʻotit turk“ („Turk tillari sintaksisi qoidalari“) asari saqlanib qolmagan. Asar haqida bizga faqat Qoshgʻariyning oʻzi yozgan manbalardan maʼlum. Qoshgʻariy 1105-yoki 1126-yilda vatanida vafot etgan, Oʻpal deb nomlangan hududning Aziq qishlogʻida dafn etilgan[2]. „Divonu lugʻati-t-turk“ („Turkiy tillar devoni“) asarini muallif xalifa Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad al-Muqtadiy bi-Amrillohga tuhfa qilgan

Download 22.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling