8-sinf O`zbekiston tarixi I variant 2012-2013-o’quv yili
Download 49.34 Kb.
|
8-sinf O`zbekiston tarixi (2)
8-sinf O`zbekiston tarixi I variant 2012-2013-o’quv yili 1.Muallif asarida o`zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to`xtalib, o`zbeklarni “aql-idrokli, suhbati yoqimli va o`tkir, qat’iyatli, matonatli, urf-odati oddiy, yolg`on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar” deb ta’riflagan edi. Qaysi muallif? A)A.Jenkinson B)X.Vamberi C)N.I.Muravyov D)Baziner 2.XIX asrda Xiva hunarmandchiligining qaysi maktabi xonlikda oldingi o`rinda turardi? A)Yog`och o`ymakorligi B)Badiiy to`qimachilik C)Gilamchilik D)Naqqoshlik 3.Qachon Xiva shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi? A)XVIII asr o`rtalarida B)XVIII asr oxirida C)XIX asr boshlarida D)XIX asr o`rtalarida 4.Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga uringan Xiva xonini aniqlang? A)Muhammad Rahimxon I B)Ollohqulixon C)Rahimqulixon D)Sherg`ozixon 5.X asr boshlarida bijanaklarning bir qismi … A)Kaspiy va Orol dengizi bo`ylariga ko`chib o`tishga majbur bo`lganlar B) Volga bo`yi, Sirdaryoning quyi oqimiga ko`chib o`tishga majbur bo`lganlar C) Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko`chib o`tishga majbur bo`lganlar D) Simoliy Kavkaz , G`arbiy Sibirga ko`chib o`tishga majbur bo`lganlar 6.Qaysi xalqlar qoraqalpoq xalqlari bilan o`zaro siyosiy hamkorlikda , birlashmada yashaganlar? A)O`g`uzlar B)Bijanaklar C)No`g`aylar D)Qipchoqlar 7.Oydo`stbiy Sori o`tovni tashlab, qayerga qarab yo`l oladi? A)Eronga B)Buxoroga C)Qo`qonga D)Balxga 8.Qaysi xon Qo`qon shahri atrofini devor bilan o`ratadi? A)Abdurahimbiy B)Abdukarimbiy C)Erdona D)Norbo`tabiy 9.Qo`qon xonligining iqtisodiy hayotida , ayniqsa , qaysi davlat bilan bo`lgan savdo katta o`rinni egallagan? A)Hindiston B)Eron C)Buxoro amirligi D)Rossiya 10.Amir Umarxon Marg`ilon hokimi bo`lgan yili … A)Marv turkmanlari yana Buxoro amirligiga qarshi qo`zg`alon ko`tardi B)Muhammad Rahimxon I taxtga o`tirdi C)Mahmudbiy otaliq Balx xoni deb e’lon qilindi D)Sultonxoja taxtga o`tirdi 11.Quyidagilardan qaysi biri xon saroyida harbiy lavozimlarda ishlagan? A)Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy B)Muhammad Hakimxon To’ra ibn Sayid Ma’sumxon S)Mirzo Abdulqodir D)Mulla Niyoz Muhammad Ho’qandiy 12.Akbarshohning o`g`li Jahongirshoh bilan elchilik munosabatlarini davom ettirgan Buxoro xonini aniqlang? A)Imomqulixon B)Nodir Muhammadxon C)Abdulazizxon D)Subhonqulixon 13.Qaysi shahar orqali Buxorodan Hindistonga Rossiya tovarlari, Hindistondan Buxoroga hind tovarlari ortilgan savdo karvonlari qatnab turgan? A)Balx B)Kobul C)Badaxshon D)Termiz 14.Madrasayi Xojabek qaysi hududga tegishli? A)Qo’qon B)Buxoro S)Xiva D)Qoraqalpoq 15. Kimning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi? A. Imomqulixon B.Ubaydullaxon II C. Abdulazizxon D.Subxonqulixon 16. Qo’qonda qaysi me’moriy obidalar hozirgacha saqlanib kelmoqda? 1.Norbo’tabiy madrasasi 2.Zayniddin bobo maqbarasi 3.Dahmayi Jahon ansambli 4.Norbo’tabiy dahmasi 5.Modarixon madrasasi 6.Qo’qon o’rdasi 7.Modarixon dahmasi 8.Oyposhsha oyim madrasasi A)1,2,5,6,8 B)1,3,4,7 S)1,5,6,7,8 D)1,3,5,8 17. 1799-yilda Qo`qon xoni Olimxon Toshkentga yurish qiladi,Yunusxo`ja bilan jang qayerda bo`lgan? A.Qurama B.G`urumsaroy C.Qorasuv D.Chimkent 18.Mixail Romanov qabulida bo’lgan elchini aniqlang? A)Qulibek B)Xoja Nafas S)Odambiy D)Azizxoja 19.Berdaq qaysi she’rlarida mehnatkash xalqning o’g’ir hayoti aks etib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan? A)”O’g’limga”, “Ahmoq bo’lma” B)”Bo’lgan emas”, “Umrim” S)”Xalq uchun” , “Avlodlar” D)”Omongeldi”, “Ernazarbiy” 20.Quyidagi qaysi asarda XV-XIX asrlar Turkiston tarixi ilmiy nuqtayi nazardan yozilgan? A)”Tarixi jadidayi Toshkand” B)”Tarixi jahonnomayi” S)”Tarixi Shohruxiy” D)”Muntaxab ut-tavorix” 21.Fazliy Namangoniy “Umarnoma” dostonini yozib tugatgan yili … A)Ajiniyoz tavallud topdi B)S.Sialkovskiy boshchiligidagi karvon Xiva xoni qarshiligiga uchradi C)Marv shahri Xiva xonligiga qo`shib olindi D)Miyonkolda qo`zg`alon ko`tarildi 22.Ashtarxoniylardan qaysi hukmdor davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi? A)Boqimuhammadxon B)Imomqulixon C)Abdulazizxon D)Subhonqulixon 23.Qo`zg`alonchilar xon saroyiga yaqinlashib, saroyni o`rab oladilar. Ark darvozasiga tosh yog`dirib, xonni haqoratli so`zlar bilan badnom qiladilar. Yuqoridagi fikrlar qaysi xon davrida yuz bergan? A)Ubaydullaxon II B)Amir Haydar C)Ollohqulixon D)Abulfayzxon 24.Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyga tegishli asarni belgilang? A) “Tarixi Muqimxoniy” B) “Ubaydullanoma” C) “Tarixlar dengizi” D) “Abulfayzxon tarixi” 25.Abdullaxon II bosib olgan hududlarni xronologik ketma-ketlikda ko`rsating. A)Balx, Toshkent, Samarqand, Farg`ona, Badaxshon, Xorazm B) Balx, Samarqand, Toshkent, Badaxshon, Farg`ona, Xorazm C) Balx, Samarqand, Badaxshon, Toshkent, Farg`ona, Xorazm D) Balx, Samarqand, Toshkent, Farg`ona, Badaxshon, Xorazm 26.Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo`l ochib bergan omilni aniqlang? A)10 ming kishilik muntazam qo`shin B)Nodirshohning o`ldirilishi C)Abulfayzxonning layoqatsizligi D)Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo’llashi 27.Kimning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi? A)Vola B)Nishotiy C)Mujrim Obid D)A.Donish 28.Subhonqulixon Xiva qo’shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishda qaysi hukmdor qo’shinlaridan foydalangan? A)Badaxshon hokimi B)Balx hokimi S)Shahrisabz hokimi D)Yuz qabilasi sardori 29. Qaysi Xiva xoni turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan ? A)Muhammad Rahimxon I B)Muhammad Amin S)Abulg’ozixon D)Elbarsxon 30. Shayboniylarda qaysi lavozim harbiy yurishlar uyushtirgan zarur bo’lganda elchilik qilgan ? A)Parvonachi B)Otaliq S)Naqib D)Ko’kaldosh 31.Abdulla boshchiligidagi qo’zg’alon kimga qarshi ko’tariladi? A)Nodirshohga B)Avaneshxonga S)Qoraboyxonga D)Muhammad Rahimxonga 32.Sulton To`qsabo shahardan haydab yuborilganda Buxoro xoni kim edi? A)Ubaydullaxon II B)Abulfayzxon C)Subhonqulixon D)M.Rahimxon 33.Xiva xonligida kanallarni qazish majburiyati qanday ataladi? A)Qazu B)Ichki va obxo`ra qazu C)Hachi D)Begor 34.Buxoro shayboniylarida qaysi mansab harbiy yurishlarni uyushtirgan? A)Otaliq B)Devonbegi C)Qo`rchiboshi D)Ko`kaldosh 35. Muhammad Husayn Samarqandiy ilmi tib va dori-darmonlar haqida asar yozgan yili … A)Ko’chkinchixon pul islohoti o`tkazdi B)Elbarsxon hukmronligi tugadi C)Abdullaxon I hukmronligi tugadi D)Avaneshxon hukmronligi boshlandi 36.Hojimxon hukmronligi boshlangan yili qanday voqea bo’ldi ? A. Rossiya Hojitarxonni bosib oldi B. Abdullaxon II Hindistonga o’z elchisini ikkinchi marta yubordi C.Antoniy Jenkinson rus podshosining guvohnomasi bilan Buxoroga yuborildi D.Abdullaxon II Balxni bosib oldi Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling