8-sinf o‘zbekiston tarixi. IV chorak bsb (bob bo‘yicha summativ baholash) va Chsb (choraklik bo‘yicha summativ baholash) mavzulari va topshiriqlari


Download 80.5 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1447718
Bog'liq
8-sinf O\'zbekiston tarixi 7-BSB



8-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI.
IV chorak BSB (bob bo‘yicha summativ baholash) va ChSB (choraklik bo‘yicha summativ baholash) mavzulari va topshiriqlari.




O‘tkazilish muddati

Ball

7-BSB



VI BOB.
XVIII-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGI.

Mavzular







1.

Qoraqalpoqlarda madaniy va ma’naviy hayot.

17-22.04.
2023-yil
(1 hafta davomida)

25 ball

2.

Qo‘qon xonligining tashkil topishi.

3.

XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida siyosiy ahvol.

4.

Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi.

5.

Qo‘qon xonligida harbiy ish.

8-BSB



VI BOB.
XVIII-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QO‘QON XONLIGI.

Mavzular







1.

Qo‘qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

15-20.05.
2023-yil
(1 hafta davomida)

25 ball

2.

Qo‘qon xonligining tashqi siyosati.

3.

Qo‘qon xonligida madaniy hayot.

4.

Qo‘qon xonligida ta’lim.

5.

O‘zbek davlatlarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari.

Formativ baholash




10 ball

ChSB




40 ball

Jami ball

100 ball



8-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI.
BSB-7. Amaliy ish. Sana: ________________
Sinf ______ O‘quvchining F.I.SH._____________________________________
1-topshiriq. Qo‘qon xonligida Olimxon va Umarxon davrlarida amalga oshirilgan islohotlarni taqqoslang. Maksimal 10 ball.

Olimxon davrida amalga oshirilgan islohotlar

Umarxon davrida amalga oshirilgan islohotlar






2-topshiriq. Qo‘qon xonligi hukmdorlari bilan ular tomonidan amalga oshirilgan siyosiy jarayonlarni moslashtiring. Maksimal 5 ball.



Qo‘qon xonligi hukmdorlari




Siyosiy jarayonlar.

1.

Abdurahimbiy

A

O‘sh va O‘zgan viloyatlari bo‘ysundirildi

2.

Abdukarimbiy

B

Kambag'al va qalandarlarga yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi.

3.

Erdonabiy

C

Qo‘qon xonlaridan birinchi bo‘lib xonlikning fals deb atalgan o‘z pulini zarb ettirdi.

4.

Norbo‘tabiy

D

Buxoro tasarrufida bo‘lgan Xo‘jand va O‘ratepa viloyatlarini qo‘shib oldi.

5.

Olimxon

E

Jung‘orlarga qarshi kurash olib bordi.

1 - ; 2 - ; 3 - ; 4 - ; 5 - .
3-topshiriq. Qo‘qon xonligida faoliyat yuritgan yuqori davlat lavozimlari vazifalarini yozing. Maksimal 10 ball

Davlat lavozimlari

Bajargan vazifalari

Umaro


Ulamo


Mingboshi




Devonbegi




Mirza


Dasturxonchi


Qo‘shbegi




Botirboshi




To‘pchiboshi




Q‘rboshi




8-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI.
BSB-7. Baholash mezoni.



To‘g‘ri javob

Ball

1-topshiriq. Maksimal 10 ball

Olimxon davrida amalga oshirilgan islohotlar: Olimxon 1798-yilda taxtga o‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida (1798-1810) xonlikning mavqeyi har qachongidan ham yuksaldi. Davlat endi Qo‘qon xonligi nomi bilan atala boshlandi. 1805-yilda Olimxon o‘zining xonlik nomi yozilgan kumush tanga pul (dinor)ni zarb ettirdi va o‘zini xon deb e’lon qildi. Olimxon muntazam qo‘shin tuzish maqsadi- islohot o‘tkazdi. Bu lslohot unga xonlik hududini kengaytirish maqsadida keng miqyosda harbiy harakatlar olib borish imkonini berdi. Ohangaron vohasi, Chimkent, Sayram, Turkiston bosib olindi. Rossiya bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Sirdaryo o‘rta oqimining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama)ni xonlik tarkibiga qo'shib oldi. Bundan tashqari, O‘ratepa va Xo‘jand uchun Buxoro amirligi bilan ketma-ket urush harakatlari olib bordi. Olimxon ichki siyosatda markaziy hokimiyatni yanada mustahkamlashga harakat qildi. Bu yo‘lda qattiqqo‘llikka ham yo‘l qo‘ydi, Bu esa turli qabila rahnamolarining, ayrim yuqori mansabdorlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Olimxon kambag'al va qalandarlarga yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi.

To‘g‘ri javob uchun
5 ball

Umarxon davrida amalga oshirilgan islohotlar: Umarxon 1810-1822-yillarda Qo‘qon xonligida hukmronlik qiladi. Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavt solishi mumkin bo‘lgan shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zining nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi. 1817-yildan boshlab zarb etila boshlangan kumush va tilla pullarga „Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar sulton“ deb yozila boshlandi. Umarxon pul zarb etish orqali rasman o‘zining hukmdorlik maqomini tasdiqlab oldi. Xonlik hududini yanada kengaytirish maqsadida 1812-yilda Buxoroga qaramlikni e’tirof etgan Turkistonga ham qo‘shin jo‘natdi va uni ishg‘ol etdi. Bu yurishdan keyin din peshvolari Umarxon hokimiyatining qonuniyligini asoslash maqsadida „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni kerakli qurol-yarog va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’minlasa, uni musulmonlar amiri (Amir al-muslimin) deb atash joiz“ degan fatvo chiqardilar. Hisob-kitoblar xonlik bo'yicha Umarxondan fatvoda qayd etilganidan ancha ko‘p kishi ta’minot olishini aniqlab berdi. Shundan so‘ng Umarxon o‘ziga Amir al-muslimin unvonini qabul qildi va bu haqda xutba ham о‘qildi. Usmonli davlati sultoni Qo‘qon xonligining Buxoro amirligidan to‘la mustaqil davlat ekanligini tan oldi. Umarxon davrida xonlik hududi yanada kengaytirildi. Endilikda xonlik chegarasi shimolda Rossiya chegaralaridan Ko‘xiston va Qashqargacha ulandi.

To‘g‘ri javob uchun
5 ball

2-topshiriq. Maksimal 5 ball

1 - D; 2 - E; 3 - A ; 4 - C; 5 - B .

Har bir to‘g‘ri javob uchun
1 ball

3-topshiriq. Maksimal 10 ball

Umaro – Dunyoviy ishlar masalalarini bilan shug‘ullangan
Ulamo – Diniy ishlar bilan shug‘ullangan
Mingboshi – Bosh vazir, qo‘shinning Bosh qo'mondoni va tashqi siyosat masalalarida xonning bosh maslahatchisi edi.
Devonbegi – xonlik devonxonasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, moliya ishlarini boshqargan.
Mirza – xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib borgan.
Dasturxonchi – xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi.
Qo‘shbegi - o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi.
Botirboshi - bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul shahs.
To‘pchiboshi - to’pchilar bo’linmasining boshlig‘i.
Qo‘rboshi - (qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va om- borxona boshlig‘i)

Har bir to‘g‘ri javob uchun
1 ball

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling