Nizomiy nomidagi tdpu tarix fakulteti 303-guruh talabasi nurullayeva shahloning o'zbekistonda harbiy ishlar tarixi fanidan mustaqil ishi


Download 368.32 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi368.32 Kb.
#1385006
Bog'liq
Nurullayeva Shahlo harbiy ish N2


NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TARIX FAKULTETI 303-GURUH TALABASI NURULLAYEVA SHAHLONING O'ZBEKISTONDA HARBIY ISHLAR TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
O‘rta asr O‘rta Osiyo davlatlarida harbiy ishlar.
O‘rta Osiyoliklarning qurol­-yarog‘lari o‘sha davrning eng takomillashgan qurollaridan bo‘lib, hatto ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha yunon­makedon qo‘shinlarining qurol­yarog‘laridan ham ustun bo‘lgan. O‘rta Osiyoda xujum va mudofaaning turli taktik qoidalari ishlab chiqilgan va qo‘llanilgan.
Ahamoniylar davlatining greklar bilan urushida, shu jumladan makedoniyalik Iskandarga qarshi janglarda (O‘rta Osiyodan tashqarida) ishtirok etganligi tufayli, Ahamoniylar va yunon­-makedon armiyalari singari, O‘rta Osiyo xalqlari jangchilari qurol-yarog‘ va jang olib borishning taktik qoidalari bilan yaxshi tanish ekanliklarini ko‘rsatdilar.
M.a. VI­IV asrlarda O‘rta Osiyo xalqlarining harbiy potensiali juda yuqori bo‘lgan, bu o‘z navbatida chet ellik bosqinchilarga qarshi kurashda muhim omil yaratgan.Ko‘p hollarda bizning o‘tmish ajdodlarimiz dushman ustidan nafaqat kuch bilan, balki harbiy xiyla bilan g‘alaba qozonganlar. Bunda ular ko‘plab pistirmalar va dushmanni taktik chalg‘itishni qo‘llaganlar. Qadimgi saklar, massagetlar va so‘g‘dlarning asosiy ustunliklari harakatchanlik va mohirlik bilan manyovrni amalga oshirish bo‘lgan
Ularning xarbiy tayyorgarliklarining kuchsiz tomoni-yaxshi ximoyalangan qal’alarni xujum bilan zabt eta olmaganliklaridir.O‘rta Osiyo xalqlarining Axmoniylarga qarshi kurashi. To‘maris, Shiroq. O‘rta Osiyo xalqlari chet ellik bosqinchilar tomonidan o‘zlarini qul qilinishlariga qarshi qattiq kurashganlar.
M.a 530 yilda Fors podshosi Kir II massagetlarga qarshi yurishida ko‘rsatilgan qattiq qarshilikni to‘lig‘icha bostira olmadi. Gerodotning ta’kidlashicha, Kir II shimol tomonga qancha ko‘p xarakatlangan sari, shuncha ko‘p qiyinchiliklarga duch kelgan.Qariyib butun Kichik Osiyoni va Vavilonni bosib olgan Kir II, ko‘chmanchi­massagetlarni qul qilish va boyliklarini egallash maqsadida o‘z qo‘shinlarini O‘rta Osiyoga boshladi. Massagetlar o‘z xukmdorlari malika To‘maris raxbarligida qudratli dushmanga qarshi chiqishga axd qildilar. Massagetlar qudratli kuchga ega edilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ишоқов М. Илк ўрта асрларда Чочнинг ҳарбий-сиёсий вазиятига доир (Муғ тоғи суғд архивидан А-14 рақамли мактуб асосида) // Тəуелсиздик таңы – достық нəри. - Т., 2009. – Б. 34-40.
2. Камолиддин Ш.С. Заметки по древней и средневековой истории Чача.- Т.: ТашГИВ, 2009.
3. Камолиддин Ш.С. О северных границах средневековой области аш-Шаш (по данным Ибн Хаукала) // Тəуелсиздик таңы – достық нəри. - Т., 2009. – С. 59-65.
4. Камолиддин Ш.С. Сведения источников о Чаче как владении доисламских предков Саманидов // Обшественные науки Узбекистана, № 2. - Т., 2009. – С. 22-31.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 368.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling