8-sinf o’zbekiston tarixi Mavzu: XV asr oxiri –xviasr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat Darsning ta’limiy maqsadi
Download 244.49 Kb.
|
8 o‘z tarix dars ishlanma @Tohirjon86
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Yangi mavzu bayoni
II.Ma’naviy-siyosiy daqiqa:dunyo habarlari va yurtimiz voqiyalari.
III.O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash. 1. XVI asrda uchta harbiy siyosiy kuch…? (shayboniylar, safaviylar va boburiylar) kurash maydoniga chiqdi. 2. Abdullaxon II o’z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida…? Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilgan. 3.Elchi Antoniy Jenkinson bu-? IV.Yangi mavzu bayoni: Shayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdi. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba'zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari hamda boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada uch bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichi 7 yildan bo’lib, 21 yil davom etardi. o’quvchilar ilohiyot ilmi, hisobkitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she'r san’atidan ilm olardi. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta'sir ko’rsata oldi. Ilm fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga — ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilmfan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta'sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qittiishli kishilari bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an’analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ulatibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, jarroh mavlono Baqo, 1541 yilda ilmi tib va doridarmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy „Muzakkir alahbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va astronomiya sohasida yozilgan asarlardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning „Hisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning „Risola dar ilmi hisob „Vaziyat bar chahor qism", Tursun Zominiyning „Tuhfayi amir", Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning „Ma'rifati samti qibla" (Qibla tomonni topish ma'rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning „Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Said Muhammad Tohir ibn Abulqosimning „Ajoyib ut-tabaqot" (1545—1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526 yili „Dastur aliloj", „Muqaddimoti dastur aliloj" (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan. Ubaydulloh Kahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi edi. U Navro’z Ahmadxon (Baroqxon)ning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrugiga binoan 1598 yilda „Shifo ul-ilal" asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qoilanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana „Umdat ul-kuhliya filamrorul-basariya" (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlangan, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muhammad Solih, Fazlulloh ibn Ro’zbehon Isfahoniylar Shayboniyxon topshirigi bilan har qaysisi unga atab alohida tarixiy asarlar yozganlar. Bundan tashqari, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ali Nasrullohiyning „Zubdat ul-osor", Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma" asarlari shayboniylar davri ijtimoiy siyosiy tarixiga doirdir. Zayniddin Vosifiyning „Badoye ul-vaqoye", Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma" asarlarida ham o’z davrining ijtimoiy va madaniy hayotidan bahs yuritiladi. Ko’chkunchixon topshirigi bilan Sharafiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma"si o’zbek tiliga o’girildi. Yetuk tarixchi olim Mirza Muhammad Haydar (1500-1556) 1541-1546 yillarda Yunusxonning nabirasi, tog’avachchasi Abdurashidxonga bag’ishlab „Tarixi Rashidiy" asarini yozadi. Mirza Haydar Toshkentda dunyoga kelgan; uning onasi Toshkent hokimi Yunusxonning qizi Xo’bnigorxonim bo’lib, Mirza Haydar Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo’lgan. Hofiz Ko’hakiy (Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy) Ulug’bek Mirzoning shogirdi Ali Qushchining nabirasi bo’lib, shayboniylar davrining yetuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmlari olimi bo’lgan. 1528 yili Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga, Hindistonga boradi. Hajga borib, Usmonli Turk davlati sultoni bilan uchrashadi, vazirlikka qilingan taklifni rad etib, 1563 yili Toshkentga qaytadi va shu yerda 1584 yili vafot etadi. U „Tarixi jadidayi Toshkand", „Tarixi oliy Chingiz", „Risolayi fifanniy at tafsir val kalom" (E’tiqodga oid ilmlar haqida) kabi asarlar muallifidir. Adabiyot. Shayboniyxonning o’zi ham, umri jangu jadallarda o’tishiga qaramay, she'riyat va tarix fani bilan shug’ullanishga vaqt topgan. Uning she’riy devon tuzgani ma’lum. U hatto xattotlik bilan ham shug’ullangan. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida Kamoliddin Binoiy qalamiga mansub „Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko’chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma'rifatli hukmdor edi. U fors va turk she'riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o’zi „Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she’rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she'rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal, 435 ruboiydan iborat. Me'morchilik. Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning manaviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko’plab binolar, me'moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Mir Arab madrasasi, Masjidi Kalon, Mag’oki Attori masjidi, Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon, Karmanadagi Hazrati Qosimshayx xonaqohi, Timi Kalon, Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, Govkushon madrasasi, Fathulla qushbegi madrasasi, Fayzobod xonaqohi, Do’stum madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda ham shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik mashhurdir.Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki ularning misli dunyoda yo’qdir", — deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo’lidagi sa'y harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. Chunonchi, Abdullaxon 1000 dan orti rabot va sardoba, ko’plab madrasa, masjid, ko’prik, suv omborlari qurdirgan. Buxoroda juda katta savdo markazi bunyo etilgan. Download 244.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling