8-sinf o’zbekiston tarixi Mavzu: XV asr oxiri –xviasr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat Darsning ta’limiy maqsadi
Download 244.49 Kb.
|
8 o‘z tarix dars ishlanma @Tohirjon86
IV.Yangi mavzu bayoni: XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana bordi. XVIII—XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlar , ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi.
Ulardan biri Jiyen Jirov (1730—1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda, she’rlar ham bitdi. „Hoy yigitlar, yigitlar", „Xayr endi, do’stlar", „Yuragimda ko’p dog’im", „Tuyani ber" kabi she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni tanqid qiladi. Jiyen Jirov hajviy she’rlar ustasi ham edi. U „Hoy, xonimiz, xonimiz", „Xon yonida to’ralar" kabi hajviy she’rlarida hukmron labaqalarning kirdikorlarini, xalqqa o’tkazgan jabrzulmlarini fosh ctadi. Qoraqalpoqlar — erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o’z erklari uchun ozodlik kurashi olib borgan. Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketgan. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga(Chirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko’chib ket gan. Mana shu ko’chishlarning guvohi bo’lgan Jiyen Jirov „Darbadar el" nomli doston yozib, qoraqalpoqlarning mashaq qatli davri tarixini bayon etgan. Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibrohim (1799—1880) edi. Uning butun umri muhtojlikda o’tgan. Shoirning ,,O'roqchilar", „Cho’ponlar" kabi she'rlari xalq orasida keng tarqalgan bo’lib, ularda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi ogir ahvoli, erksiz turmushi o’z ifodasini topgan. „El bilan", „Boy bolasi", „Mening bolam" she'rlarida esa hukmron tabaqalar kirdikorlarini fosh etadi. „Unutmasman" hamda „Tuya ekansan" she'rlarida u Xiva xoni ustidan kuladi. Ajiniyoz Qo’siboy o’g’li (taxallusi Zevar)(1824—1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning „Bo’zatov" dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz shoirning „Kerak", „Bo’ladi", „Yaxshi", „Yigitlar" she'rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Ajiniyozni butun Markaziy Osiyoga tanitgan „Qiz Mengesh bilan aytishuv" asari edi. 1999yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukusda Ajiniyoz maydoni barpo etildi va unga haykal o’rnatildi. Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o’g’li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so’ngra madrasada tahsil ko’rgan. U Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli, Kunxo’ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o’rgangan. Berdaq tarixni, xalq og’zaki ijodini mukammal o’zlashtirib oladi. Uning ijodi 18—19 yoshlarda do’mbira chertib, she'r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u iste'dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning „Bo’lgan emas", „Umrim", she'rlarida mehnatkash xalqning og’ir hayoti o’z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalangan. ,,O'g’limga", „Ahmoq bo’lma"she'rlari orqali yoshlarni vatanni sevishga, ma'rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi. Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzu istakdarini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun ham uning she'rlarida xalqparvarlik ruhi kuchh edi. Xususan, shoir o’zining „Xalq uchun" degan she'rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi: Bo’ri hech vaqt o’z dardini bildirmas, Yaxshi odam dushmanini kuldirmas, Qo’ldan kelsa unga davron surdirmas, Er yigitning joni qurbon xalq uchun. Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratgan. Uning „Avlodlar", „Omongeldi", „Oydo’stbiy", „Ernazarbiy" kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlari faxr bilan kuylanadi. Xususan, „Omongeldi" dostoni Buxoro amirligiga qarshi ko’tarilgan (XVIII asr) qo’zg’olon boshlig’i Omongeldi jasoratiga bag’ishlangan. Xiva xonligi zulmiga qarshi ko’tarilgan isyon „Ernazarbiy" dostonida ham aks ettirilgan. 1998 yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq nomi berildi va byusti o’rnatildi. Shoir tug’ilgan joy — Bo’zatovda ham Berdaq byusti o’rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo’yildi. XVIII asrda qoraqalpoqlarning yozma adabiyoti shakllangan. 1998 yilda Berdaq tavalludining 170 yilligi, 1999 yilda esa Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukus shahrida ularning haykallari o’rnatildi. Download 244.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling