8-sinf Sana


Download 436.71 Kb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi436.71 Kb.
#1647241
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kimyo8 tezis. 20.05

Uyga vazifa: Amaliy mashg’ulotdan olingan xulosalar asosida hisobot yozish.
__________________________________________________________________________________

  • Sana : 15.05.2020

Mavzu : Biogen elementlar va ularning tirik organizmlardagi ahamiyati
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:
Inson tanasining 99,4 foizini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ular ning barchasi makrobiogen elementlar deb ataladi.Tirik organizmda 0,01 % dan kam miqdorda uchraydigan 10 ta element: Fe, Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F, Br, I, B mikrobiogen elementlar deb ataladi.Makroelementlar oqsillar, uglevodlar, vitamin-lar va fermentlarning asosini tahkil etsa, mikroelementlar shu moddalarning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Mikroelementlar o‘simliklarda ham hosildorlikning ko‘payishini, qurg‘oqchilik va sovuq sharoitlarga moslashishini, turli kasalliklarga chidamliligini ta’minlaydi.
Kaliy K — Qonda, mushaklarda ma’lum miqdorda saqlanadi va mushaklarning qisqarishini boshqa-rishda boshqarishda ishtirok etadi. Kaliy yetishmovchiligi yurak faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Kalsiy Ca — kalsiy yetishmovchiligi yurak faoliyati buzilishiga, qon ivishi jarayoniga, suyakl va tish-lar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu holat suyaklar mo’rtlashishiga, tishlar kariyesiga olib keladi.
Magniy Mg — modda almashinuvida, mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi, suyaklarda Ca bilan birgalikda ularning mustahkamligini ta’minlaydi. Mg ning organizmda o’zlashishi D – vitamini bilan bog’liq bo’ladi.
Natriy Na — osh tuzi tarkibida bo’ladi. Ossh tuzi tibbiyotda izotonik va gipertonik eritmalarni tayyorlashda shlatiladi. Uning 0,9% li eritmasi fiziologik eritma deyiladi va ko’p qon yo’qotilganda qon tomirga yuboriladi. 3-10% li eritmasi esa gipertonik eritma sifatida yaralarni davolashda ishlatiladi.
Xlor Cl — mikroelement bo’lib, organizmda 0,08% bo’ladi. U to’qima va to’qimalararo suyuqligida mavjud. Xlor tanqisligidan suv almashinuvi buziladi. Inson xlorga doimo ehtiyoj sezadi, osh tuzi iste’mol qilish bilan organizm ehtiyoji qoplanadi.
Mis Cu — quritilgan botqoq va qumloq yerlarda don hosildorligini ko’paytirishda muhim omil hisoblanadi. Teri pigmentatsiyasida, Fe ning o’zlashtirilishida katta rol o’ynaydi.

Download 436.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling