8-sinflar uchun adabiyot fanidan test savollari ( I chorak)
Download 29.5 Kb.
|
8-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-5
8-sinflar uchun adabiyot fanidan test savollari ( I chorak) 1. “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq baxshisi” unvoni qachon ta’sis etilgan? A) 1993-yil 5-6-may B) 1995-yil 24-avgust S) 2000-yil 14-mart D) 2003-yil 20-aprel 2. “Kuntug’mish” dostonining siz tanishib chiqqan varianti kim tomonidan yozib olingan? A) Ergash Jumanbulbul o’g’li B) Bekmurod Jo’raboy o’g’li B) Egamberdi Ollomurod o’g’li D) Nurmon Abduboy o’g’li 3. “Kuntug’mish” dostonida qo’llanilgan asosiy badiiy tasvir vositalarini toping. A) talmeh,tashxis,metonomiya B) mubolog’a,o’xshatish,kinoya S) tazod,tanosib,tajnis D) sinekdoxa,tashbih,tasbe’ 4. Xolbekaga xaridor bo’lgan sovchilarga qanday shart qo’yiladi? A) poyga B) nard o’yini S) nayza otish D) kurash 5. Kuntug’mish birinchi marta xolbekaning yurtiga borganda qanday qiyofada bo’ladi? A) sarboz B) sarrof S) bazzoz D) kulol 6. Yaxshilarning yuzin ko’rsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir Achchig’lanmay javob bergin chirog’im, Ot so’ramoq,zot so’ramoq sunnatdir. “Kuntug’mish”dostonidan olingan ushbu parcha kim tomonidan aytilgan? A) Xolbeka B) Kuntug’mish S) Gurkiboy D) Cho’pon 7. Xalq og’zaki ijodiga taalluqli bo’lmagan dostonni toping. A) “Suhayl va guldursun” B) “Kuntug’mish” S) “Ravshan” D) “Alpomish” 8. “Kuntug’mish” dostonida “shirxo’rja”atamasi birinchi marta kimlarga nisbatan ishlatilgan? A) Xolbeka va Kuntug’mish B) Gurkiboy va Mohiboy S) Kuntug’mish va Azbarxo’ja D) Xolbeka va Xolmo’min 9. Yusuf xos Hojib “Qutadg’u bilig” dostonini kimga taqdim etadi? A) Tavg’ach Bug’roxonga B) Muhammad Xo’jabekka S) Sulton Mahmudxonga D) Sulton Sanjarga 10. “Qutadg’u bilig” dostoning 1439-yilda ko’chirilgan Vena nusxasi qaysi yozuvda bitilgan? A) arab B) uyg’ur S) runiy D) mo’g’ul 11. Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yozilgan asarni belgilang. A) Yusuf xos Hojib “Qutadg’u bilig” B) Firdavsiy “Shohnoma” S) Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” D) A,B,S 12. Chinliklar “Qutadg’u bilig”ni qanday atashgan? A) Ziynat ul-umaro B) Shohnomayi turkey S) Pandnomayi muluk D) Adab ul-muluk 13. “Qutadg’u bilig”dostonida O’zg’urmish nimaning timsoli sanaladi? A) davlat,baxt B) qanoat,ofiyat S)aql,zakovat D) adolat ramzi 14. Tilarmankim,bizing til birla paydo, Kitobe aytmasang bu qish qotimdo. Ushbu misralar kimning tilidan aytilgan va baytdagi “qotimdo” so’zining lug’aviy ma’nosini toping? A) Husayn Boyqaro ,paytda B) Dod Sipohsolor,faslida S) Muhammad Xo’jabek,davlatimda D) A.Temur,saroyimda 15. Venadagi saroy kutubxonasida saqlanayotgan,1823-yilda e’lon qilingan asar nomini toping? A) Xorazmiy “Muhabbatnoma” B) Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” S) Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” D) Lutfiy “Gul va Navro’z” 16. Aningkim ,ol enginda teng yaratti, Bo’yi birla sochini teng yaratti. Ushbu baytda qanday ramziy ma’no ifodalangan ? 17. « …O’z zamonasining malikul kalomi erdi va turkcha devoni mashhurdir ». Navoiyning ushbu ta’rifi qaysi shoirga tegishli ? 18. Lutfiyning «Xoh inon,xoh inonma » g’azalida qanday san’atlar qo’llangan ? 19. Lutfiyning « Bu ko’nguldir,bu ko’ngul » radifli g’azaliga nazira bitgan shoir kim ? 20. Tuyuq janrining xususiyatlarini yozing 21. «Shum bola »ning ma’naviy otasi kim ? 22. Xolbeka 14 yoshida qanday o’yinning mohir ustasi bo’lib yetishadi? 23. Yusuf Xos Hojib ismini sharhlang. 24. “Qutadg’u bilig” dostoni qachon yozilgan? 25. “Qutadg’u bilig”ning necha nusxasi saqlanib qolingan? Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling