8-sonli yig‘ilish bayonnomasi


ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala


Download 19.24 Kb.
bet4/4
Sana19.01.2023
Hajmi19.24 Kb.
#1101991
1   2   3   4
Bog'liq
2 ta yig\'ilish

ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala, Termiz davlat pedagogika instituti reytingida kafedra ko‘rsatkichlari tahlili haqida kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva axborot berdi. Bundan tashqari, kafedradagi barcha professor-o’qituvchilar ilmiy ish hisobotlari tayyorlandi va muhokamada ko’rib chiqildi. ESHITILDI: Kun tartibidagi uchinchi masala, kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga tashrifi hisoboti tayyorlab borish kerakligi haqida aytib o’tdi. O’zaro guruhlarga kirish darslar tahlilni yozib borish kerakligi haqida ta’kidlab o’tdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri dots.M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, O‘qit. S.Usmonovaning befarqligi sababli ochiq ma’ruza darsi o’tmaganligi bo’yicha kafedra mudiri tomonidan ogohlantirish berildi va keyingi semestrda o’tib berish sharti bilan qoldirildi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi beshinchi masala, kafedra mudiri PhD.M.M.Berdiyeva so’z olib, Kuzgi semestrning muvaffaqiyatli o‘tkazish chora – tadbirlar to‘g‘risida o’zaro fikr almashildi. Har bir fan yuzasidan o’qituvchilar darslarni to’liq o’tganligi, reja-grafik asosida olib borildi.
SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri so’zga chiqib, quyidagi masalalarni aytib o’tdi:
6.1. Professor-o’qituvchilarning kiyinish tartibi, ishga kelish-ketish davomati haqida tushuntirib o’tdi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan kafedra yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlarni o‘quv tarbiya jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida, shuningdek, talabalar bilimini nazorat qilishning reyting Nizomini o‘rganish va tahlil qilish masalasi yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Termiz davlat pedagogika instituti reytingida kafedra ko‘rsatkichlari tahlili ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga tashrifi hisoboti axborot uchun qabul qilinsin.
4. O‘qituvchi S.Usmanovaning ochiq ma’ruza darsi muhokamasi keyingi semestrga qoldirilsin.
5. Kuzgi semestrning muvaffaqiyatli o‘tkazish chora – tadbirlar to‘g‘risida hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6.Yig’ilishda ko’rilgan har xil masalalarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
6. Kafedra yig‘ilishining mazkur qarorlarini tasdiqlab berish fakultet Kengashidan so‘ralsin.

Yig‘ilish raisi: dots.M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o‘qit R.Turapova
Download 19.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling