8-tajriba ishi avtomatik qayta ulash qurilmasini o‘rganish (2-soat) Ishdan maqsad


Download 229.16 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi229.16 Kb.
#1012730
Bog'liq
8-тажриба иши


8-TAJRIBA ISHI
AVTOMATIK QAYTA ULASH QURILMASINI O‘RGANISH (2-soat)
Ishdan maqsad:
Avtomatik qayta ulash qurilmasining sxemalari Bilan tanish. Ishlash prinsipini o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar.
Avtomatik qayta ulagich qurilmalari iste’molchilarning elektr ta’minotini rele himoyasi qurilmalari o‘chirgandan so‘ng tezda qayta tiklash uchun xizmat qiladi. Avtomatik qayta ulagich bir martaga amalga oshmasa ikki uch marta amalga oshirish mumkin.
Avtomatik qayta ulagichlar uch fazali (UAQU) va bir fazali (BAQU) bo‘lishi mumkin. Befarq nuqtasi bevosita erga ulangan transformatorli tarmoqlarda BAQUlar ko‘p ishlatiladi. Avtomatik qayta ulagich qurilmalari quyidagi talablar qo‘yiladi:

      1. Tez harakatlanishi.

      2. Qurilma buzilganda ham, berilgan qayta ulash sonidan qayta ulashlar oshmasligi.

      3. Omadli avtomatik qayta ulagichlashdan so‘ng avtomatik boshlang‘ich holatga qaytish.

      4. Qisqa tutashuvda o‘chirgichning tezkor o‘chirilishida avtomatik qayta ulagich ishlamasligi.

      5. Ma’lum himoya va avtomatik harakat paytida avtomatik qayta ulagich ta’qiq qilish imkoniyati.

Avtomatik qayta ulagich qurilmalarini ikki usul orqali yurgizish mumkin:
A) Rele himoyasi ishlaganda.
B) O‘chirgichning me’yoriy holatda ishlamaganda (ya’ni «yoqish» buyrug‘ida ishlamasligi).
Qoida bo‘yicha, birinchi usul eng sodda bo‘lib hisoblanadi (ya’ni avtomatik qayta ulagich o‘chirgichning o‘z-o‘zidan o‘chirishidan ishlaydi). Ikkinchi usul esa yuqoridagi holatda yuritmalar yoki avtomatik soddalashtirishlar orqali ishlaganda qo‘llaniladi.
Avtomatik qayta ulagich qurilmalari ishlash vaqti tu va boshlang‘ich holatga qaytish uchun qaytish vaqtiga tq ga ega. O‘z-o‘zidan boshlang‘ich holatga qaytish faqat omadli avtomatik qayta ulagichda sodir bo‘ladi.


Ishni bajarish tartibi:
Tajriba ishi «Flash» dastuurida yaratilgan animatsion tajriba ishida bajariladi (1-rasm).



1 – rasm.


Tajriba ishiini bajarish uchun quydagi ishlarni bajarish kerak:

  1. Animatsion dasturdagi elementlar (Ampermetr, sekundomer, AQU, moyli o‘chirgich.) bilan tanishish.

  2. Har bir nuqtada ampermetrlarga ishlash tokini barish.

  3. Har bir nuqtada AQU ning ishlash vaqtini berish.

  4. Har bir nuqtada alohida - alohida qisqa tutash belgisini qo‘yish.

  5. AQU ni to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish (2-rasm).

  6. Vaqt relesini to‘g‘ri ishlashini tekshirish.

  7. Boshlang‘ich va natijaviy natijalarni quyidagi jadvallarga kiritish.


2-rasm



1-jadval



Tok relesini ishlash toki

Vaqt relesini ishlash vaqti

Qisqa tutash nuqtasi joyi

Ampermetr ko‘rsatkichi

Sekundometr ko‘rsatkichi

Xatolik

1



















2



















3



















Savollar

  1. Elektr tizimida AQU nima uchun qo‘laniladi?

  2. AQU qachon ishlaydi?.

  3. SHikastlanish turlari?

  4. Qaysi komutatsion element ishlagandan so‘ng AQU ishlaydi?

Download 229.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling