8-tajriba ishi so 7a kompressor қurilmasi va uni sinovdan ўtkazish ishdan maқsad
III. KOMPRESSOR SO-7A VA UNDAGI ҲAVO YULINING CHIZMA TASVIRI
Download 0.58 Mb.
|
2-taj
III. KOMPRESSOR SO-7A VA UNDAGI ҲAVO YULINING CHIZMA TASVIRI
Porsheng’ pastga ҳarakatlanganda, tsilindrdagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kamayib ketadi, natijada atmosfera bosimining kuchi tufayli surish klapini ochilib, tsilindr ҳavo filg’tridan (1) ўtgan ҳavo bilan tўladi. Porsheng’ қayta yuқoriga қarab ҳarakatlanganda, tsilindrdagi ҳavo atmosfera bosimiga nisbatan katta bosim bilan siқiladi, natijada surish klapani yopilib, tashқi ҳavoning tsilindr bilan aloқasi uziladi (6.2-rasm). Porshenning yuқoriga қarab xarakatlanishi davom etadi va tsilindrda ҳavo ҳaydash klapanini va ҳaydash қuvuridagi siқilgan ҳavo қarshiligini yenguniga қadar siқiladi. SHu daқiқada ҳaydash klapani ochilib, siқilgan ҳavo porsheng’ yordamida tsilindrdan tsilindr қopқogidagi ҳaydash kamerasiga ҳaydab chiқariladi, va ҳaydash қuvuri (6) orkali resiver (4) ga, sўngra undan yoғ namlik tozalagichga (3) kelib tushadi. Ҳavo yoғ namlik tozalagichdan ikkita taқsimlanuvchi kran orқali istehmolchiga yuboriladi. Yoғ namlik tozalagichda bosimni kuzatish uchun manometr va siқilgan bosimni sozlash uchun bosim (2) sozlagich ўrnatilgan. Kompressordagi bosim mehyordan oshib ketmasligi uchun resiverga eҳtiyot klapani (5) ўrnatilgan. SO-7A - oddiy ҳarakatlanuvchi, ҳavo bilan sovutiladigan, ikki tsilindrli bir poғonali porshenli kompressor ҳisoblanadi. Kompressor karteri va tsilindrlar bloki chўyandan қuyilgan. TSilindrlarni sovutish uchun tsilindrlar blokiga ҳalkali қirralar ўrnatilgan. Kompressor tsilindrlarning kopkogi allyuminiydan қuyilgan bўlib, sovutish uchun uning tashқi tomoni қirralar bilan jiҳozlangan. Қopқoқning ichki tomonidagi bўshliқ tўsiқ bilan ikki қismga, yahni surish va ҳaydash bўshliқlariga ajratilgan. Ҳar bir tsilindr prujina lentasidan tayerlangan surish va ҳaydash klapanlari bilan tahminlangan. SHatunlar - shtamplash usuli bilan pўlatdan tayyorlangan. Қuyi kallachasiga babbitli қuyma ўrnatilgan bўlib, yuқori kallachasiga esa, bronza lentasidan tayerlangan vtulka siқib қўyilgan. Porshenlar allyuminiy қotishmasidan қuyilgan bўlib, ularning ҳar birida ikkita zichlash va ikkita yoғ sidirish porshen ҳalkalari bor. Tirsakli val pўlatdan қolipda tayerlangan bўlib, ikkita radial zoldirli podshipniklarga tayanadi. Ҳavo filg’tri - tsilindr shaklida bўlib, tsilindr kallachasi tagidagi surish bўshliғiga kirayotgan ҳavoni tozalash uchun,xizmat қiladi. Yoғ-namlik tozalagich - payvandlangan balon shaklida bўlib, ichida Rashig xalkalari bilan tўldirilgan stakan bor. Yoғ-namlik tozalagichning vazifasi isteg’molchiga yuboriladigan siқilgan ҳavoni yoғ va suv zarrachalaridan tozalashdir. Ajratib olingan yoғ va suv balon tubiga oқib tushadi va tўkish teshigidan vaқti-vaқtida tўkib tashlanadi. Bosim sozlagich - yordamida bosimni 2 dan 6 kg/sm gacha sozlash mumkin. Ortiқcha siқilgan ҳavoni chiқarib yuborish yўli bilan kerakli bosim saқlanadi. Vint (6) bilan kerakli bosim sozlanayotganda, prujina (4) ga kerakli bosimga mos keluvchi zўriқish beriladi va undan sўng sozlash vinti kontgayka bilan (5) yopib қўyiladi. Extiyot klapani - 7 kgs/sm2 ga moslab sozlangan bўlib, bosimni mehyordan oshib ketmasligi uchun xizmat kiladi. Resiver – tuzilishi jiҳatidan bir-biriga tutashtirilgan ikkita pўlat қuvuridan iborat bўlib, қuyidagilarni amalga oshirish uchun xizmat қiladi: a) kompressor porshenining ilgarilama қaytar ҳarakati tufayli paydo bўladigan ҳavo tebranishini bir maromga keltirish uchun; b) siқilgan ҳavoni tekis istehmol қilinganda ҳavo bosimi tebranishini yўқotish uchun; v) ҳavo bilan birga resiverga kirib kolgan suv va yoғ zarrachalaridan tozalash uchun. Moy karterga moy ulagich yopadigan teshik orқali қuyiladi. Moy satҳi moy ulchagich yordamida aniқlanadi. Moy satҳi moy ўlchagichdagi yuқori va pastki belgilar oraliғida bўlishi kerak. Moylash uchun kompressor moyi ishlatiladi. Elektr dvigatelg’ podshipniklariga vaқti-vaқti bilan tavot va shunga ўxshash қuyuk moy tiқiladi. Kompressor tўsiқ bilan ўralgan dvigatelg’ yordamida ishga tushiriladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling