8-топшириқ mavzu: Turkiy toshbitiklar ma’naviyati Savollarga javob yozing


Download 15.39 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi15.39 Kb.
#1120846
Bog'liq
8-топширик


8-ТОПШИРИҚ


mavzu: Turkiy toshbitiklar ma’naviyati


Savollarga javob yozing:

  1. Milliy davlatlarning shakllana boshlashi millatning shakllanishi bilan bevosita bog‘liq hodisa ekanligi.

  2. Movarounnahrda qadim davlatlar va milliy ma’naviyatning shakllanish omillari.

  3. Buyuk turk xoqonligi - milliy davlatchilik asosi sifatida millatning tashkil topishi va milliy birlik uchun kurash.

  4. Milliy adabiy tilning shakllanishi.

  5. Milliy adabiyotning vujudga kelishi.

  6. Turkiy toshbitiklarda milliy goyaning ifodalanishi.

  7. “Turk buduni” tushunchasining ma’naviy ahamiyati.

  8. Kultegin, Bilga hoqon, To‘nyuquq, Ungin bitik toshlariga bitilgan hikmatlarning Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatiga ta’siri.

  9. Urxo‘n-Enasoy, Kul-Tegin va Bilka-Qoon yodgorliklari O‘rta asr ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida



Kultegin bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning oʻgʻli Kultegin sharafiga quyilgan (732 yil 14 avgust). Ulan Batordan 400 km jan.da, Qorabalgʻa-sun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shim.dajoylashgan. Boʻyi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Kultegin bitiktoshining marmar taxta ustuni oʻrtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm li lavha oʻrnatilgan. Lav-haning yuz tomoniga arhar surati tas-virlangan xoqonlik tamgʻasi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning oʻrvatilish tari-xi yozilgan. Kultegin bitiktoshi 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan 26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga, qarindosh-urugʻla9-K-9839130KULTEPAriga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hoki-miyatni mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan. Kultegin bitiktoshini Bilgaxoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N. M. Yad-rinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin-Ur-xun daryosi boʻyidan topgan. Dastlab bi-tiktoshni hech kim oʻqiy olmagan. Uni Urxun yozuvini oʻrganib chiqqanidan soʻng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-yil oʻqishga muvaffaq boʻlgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.
Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling