8-variant Savol: Boshqarish bo’g’ini tuzilishi va vazifasi nimadan iborat?


Download 15.26 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi15.26 Kb.
#1039170
Bog'liq
FO\'O\'BOIFT ON1


8-variant
Savol: Boshqarish bo’g’ini tuzilishi va vazifasi nimadan iborat?
Boshqarish bo’g’ini o’zi nima? Bu boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturali bo'limlardir. Bu bo'limlar o'rtasidagi bog'lanish va aloqalar gorizontal xarakterga ega. Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo‘g‘inining ikkinchisiga odatda quyi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysinishni ko‘rsatadi. Bu vertikal bo‘yicha bo‘linishdir. Barcha bo‘g‘in va bosqichlarning tarkibi va ularning o‘zaro bo‘ysinish tartibi, har bir boshqaruv organi va bo‘g‘inning huquq va burchlari, shuningdek ular o‘rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari boshqarish tuzilmasini tashkil qiladi. Boshqarish tuzilmasini turli miqyoslarga bo‘lish mumkin
Chunonchi:
- butun halq xo‘jaligini (tarmoqlarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
- har bir tarmoq va tumanlar tasarufidagi korxonalarni boshqarish;
- korxonalar ichidagi bo‘limlarni (sexlar, uchastkalar va hokazolarni) boshqarish.
O‘z navbatida, butun xalq xo‘jaligini boshqarish ham uni ―tarmoq‖, ―birlashma‖ va
―korxona‖ darajalaridagi ierarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi. Buni quyidagi sxema ko‘rinishda ifodalash mumkin.
―Xalq xo‘jaligi tuzilmasi‖ bir necha
―tarmoq‖lardan iborat kichik tizimga, u esa o‘z navbatida bir necha
―birlashma‖lardan iborat kichik tizimga bo‘linadi.
―birlashma‖ ham bir necha
―korxona‖lardan tashkil topadi. Bu ierarxik tizimda karxona xalq xo‘jaligining birlamchi yachaykasi bo‘lib hisoblanadi. Boshqarish tuzilmasini guruhlash belgilari vositasida yaqqollashtirish mumkin. Quyidagi belgilar boshqarish tuzilmasini aniqlovchi belgilar bo‘lib hisoblanadi.
Boshqarishning tashkiliy tuzilmasi boshqarish oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. Shu nuqtai nazardan bu tuzilma quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Boshqarish tuzilmasida bo‘g‘in va bosqichlar soni optimal bo‘lishi kerak. Bo‘g‘in va bosqichlar sonining asossiz ko‘payib ketishi:
- boshqaruv apparatini saqlash xarajatlarining ortib ketishga;
- axborotlarning o‘tish yo‘li va vaqtining cho‘zilib ketishiga;
- boshqarishda paralelizm va takrorlanishlarning vujudga kelishiga;
- boshqarishda mas‘uliyatsizlik unsurlarining tug‘ilishiga va pirovardda boshqaruv samarasining pasayishiga olib keladi.
2. Boshqarish tuzilmasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta‘minlashi lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarning o‘z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo‘ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish ob‘ektlarining joylashuvi ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Download 15.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling