8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi


Alovuddin Muhammad Xorazmshoh


Download 71.32 Kb.
bet4/26
Sana21.04.2023
Hajmi71.32 Kb.
#1372924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
8.Xorazmshohlar javoblar.1

14.Alovuddin Muhammad Xorazmshoh
Xorazmshoh Alouddin bu vaqtda saltanat poytaxti Gurganjda bolib, viloyatlarning mamuriy nazoratini kuchaytirish uchun noiblik mansablariga ozining ishonchli odamlarini qo‘yishga qaror qilаdi. U akasi Tojiddin Alishohni Isfahondan (Fors Iroqidan) chaqirib olib, Xuroson noibligiga tayinlaydi va Nishopurga yo‘borаdi.Xorazmshoh voqealarning qanday rivojlanishini kutib o‘tirmay, o‘zi faol harakatlarini boshlab yuborаdi. 597-yilning zulqa’da oyida (1201-yil, avgust) Xorazmshoh qo‘shinlari Hirotni qurshab olаdi. Ammo, sulton G‘iyosiddnn shahar mudofasiga yaxshi tayyorlangan va Hindistondan ukasi Shaхobiddin va lashkarlarini chaqirgan edi. U, o‘z jiyani Alp G‘oziy qo‘mondonligida bir lashkarni xorazmiylarga qarshi jangga solаdi. Alp G‘oziy lashkari xorazmiylarga qattiq qarshilik ko‘rsatаdi. G‘uriylar amiri Muhammad Jorbek boshchilignda boshqa bir lashkar oziq-ovqat olib kelishga borayotgan xorazmiylarni quva boshlaydi. Xorazm lashkarlari Hirotni 40 kun qamal qilаdilаr, ammo shahar taslim bo‘lmaydi. Shundan so‘ng Xorazmshoh shahar mudofaachilaridan хiroj оlish bilan qanoatlanib, qo‘shinlarini olib ketаdi. Ammo, Marvirud daryosi qirg‘og‘ida Hnndistondan yetib kelgan Shaхobiddin G‘uriyning lashkariga duch kelаdi. Qizg‘in jang bo‘lib, har ikki taraf katta talafot ko‘rаdi. G‘uriylar lashkari Xorazmga intilayotganini ko‘rgan Alouddin Muhammad daryo ko‘priklarini buzib, Marvga
yo‘l olаdi.Alouddin Muhammad Marvdan turib, g‘uriylarning Nishopurdagi noibi Ziyovuddin G‘uriyga maktub yo‘llab, shahar aholisi xorazmiylarga xayrihohligini aytib, uning shahardan chiqib ketishini talab qilаdi. Maktubiga javob olmagach, 597-yil, zulhijja oyi (1201-yil, sentyabr)da qo‘shinlarini Nishopurga boshlaydi. Xorazmshoh lashkarlari Marvga yetganida, u yerda turgan jiyani Hindushoh shaharni tashlab, Feruzgohga, sulton G‘iyosiddin huzuriga borаdi. Xorazmsh Marvni ishg‘ol qilаdi va 17 zulhijja kuni (18-sentyabrda) Nishopur tarafga yurib, uni qamal qilаdi.Nishopur ikki oy qamal qilingach, og‘ir janglardan so‘ng Ziyovuddin G‘uriy shaharni izzatli shartlar bilan Xorazmshohga topshirаdi. Bu shartlarga ko‘ra, g‘uriylar harbiy qismi (gаrnizoni) bemalol shahardan chiqib ketadigan bo‘ldi. Yana Xorazmshoh Ziyovuddindan sulton G‘iyosiddin bilan tinch muzokarada o‘rtada vosptachilik qilishni so‘raydi. Ziyovuddin bu shartlarga rozi bo‘lib, Hirotga qaytib ketаdi, ammo, bu sohada hech qanday tadbir ko‘rmaydi (yoki ko‘rolmadi).Shundan so‘ng Xorazmshoh g‘uriylar amiri Zangiy voliylik qilib turgan Saraxs tomon yurаdi. Shahar 40 kun qamal qilinib, aholi och qolаdi. Shunda Zangiy harbiy hiyla ishlatаdi. U Xorazmshohdan “Lashkarlaringizni uzoqroqqa olib ketib turing, biz shaharni tashlab chiqib ketamiz” - deb taklif etаdi. Xorazmshoh shunday qilаdi. Lekin amir Zangiy jangchilari qal’adan chiqib, tezlik bilan oziq-ovqat to‘plab, yana qal’aga kirib ketаdilar. Alouddin shundan so‘ng (lashkarlarini asrash uchunmi) qamaldan kechib, qo‘shini bilan Xorazmga qaytib ketаdi. Amir Zangiy jangchilarini Marvirudga boshlab bordi, g‘uriy amiri Muhammad Jorbek lashkariga qo‘shilаdi. Bularga qarshi. Xorazmshoh yuborgan uch minglik lashkarni qirib tashlaydilar, xorazmiylar ug‘ruqi (obozi, kuch-qudratlari) g‘uriylar qo‘liga tushаdi. Ammo, Saraxs qal’asini Xorazmshoh lashkarlari egallashаdi.Sulton G‘iyosiddnn vafot etgani va Hirotda toju-taxt uchun kurash boshlangani xabari Xorazmshohning qulog‘iga yetgach, Alouddin zudlik bilan Xurosonga yurish boshlash haqida qo‘shinlariga farmon beradi. Xorazmiylar lashkarlarining ilgor favjlari Marvga yaqinlashganida, shahardan 10 farsax masofada amir Jorbek kuchli qoshiniga duch keldilar. Bu gal gurliklar maglubiyatga uchradi, amir Jorbek ozgina navkarlari bilan Marv qalasiga chekinadi. Xorazmiylar Marvni 15 kun qamal qildilar. Shahar devori buzilgandan keyingina u ishgol qilindi. Tirik qolgan guriylar asir olinadi. Amir Jorbek qatl etilib, boshi Xorazmga yuboriladi. (Ibn al-Asir. 9-jild. Juvayniy, 1-jild).Bu galabadan ruhlangan Alouddin Muhammad 600-yil jumadul-avval (1204-yil, yanvar) oyida yaxshi qurollangan sara lashkarlari bilan Hirotga yaqinlashadi.Rajab (mart) oyida Hnrot qamali boshlanadi. Bir oy davomida xorazmliklar Hirot istehkomlari va uy-joylarini manjaniq bilan vayron qildi. Kunlar otishi bilan Hirotdagi qurbonlar va vayronagarchilnklar ortib boraveradi. Shaxobiddin al-Guriy esa bu vaqtda Bohurdagi guriylarga qarshi galayonlarni bostirish bilan ovora edi, unnng Hirotdagi hokimi Alp-Goziy esa Xorazmshoh huzuriga chiqishi va taslim bolish shartlarini: maglub bolgani uchun urush xarajatlarini tolash, Xorazmshohga qarashli yerlarga hujum qilmaslik hamda Shaxobiddin al-Guriy bilan Xorazmshoh ortasida tinchlik muzokaralari olib borishda vositachi bolish shartlarini qabul qilishga majbur edi. Hirot zabt etilgan bolsa ham Xorazmshoh shahar xalqi talabiga kora, harbiy xiroj olish fikridan qaytadi.Nihoyat Giyosiddinning qoshinlari Gurganjni qurshab oladi. Poytaxtning zabt qilinishi va uning aholisining qirib tashlanishi xavfi tugilgach - xalq bir yoqadan bosh chiqarib, shahar himoyasiga otlanadi. Dinning ustuni va davlatning tayanchi, Xorazm shofiylarining rahbari Shaxobiddin al-Hevaqiy qarshilik korsatish harakatining ruhiy quvvati boladi, uning talim va targibotlari xalqni dahshatli xavfga qarshi birlashtirdi. Imom al-Hevaqiy butun mol-mulkini
mudofaa uchun sarfladi, undan namuna olgan xalq oz pullarini, qurollarini va barcha qimmatbaho narsalarini shahar mudofasi uchun beradi. Xorazmshoh mamlakatning hamma joylariga piyoda va otliq askarlar yigib kelish uchun choparlar yubordi. Poytaxtni mudofaa qilish harakatida xorazm shohining onasi Turkon xotun faol qatnashadi. U butun shahar aholisini qurollantirish togrisida farmon chiqaradi va tez orada Gurganchda 70 ming xalq mudofaachilari hozir boladi.Shu vaqtning ozida Xorazmshoh qoraxitoylar hokimi Guyurxondan yordam sorab murojaat qiladi, hamda sulton Shaxobiddin Gurganjga hujum qilish uchun anhordan otayotganida qoraxitoylar lashkariga duch keladi. Bu qoshinga Otror hokimi qoraxoniy Tojiddin Bilgixon, uning (?), Samarqand hokimi, sultonlar sultoni, qoraxoniy Usmon ibn Ibrohim hamda qoraxitoydan bolmish Taroz hokimi Tayangular boshchilik qilar edilar, bular oz qoshinlari va qaraxitoy todalarini oyoqqa turgazib Andhudda Shaxobiddin al-Guriyga tosatdan hujum qildilar.Ular orasidagi jang 601-safar oyining (1204-yil, oktyabr) boshlarida boladi, Shaxobiddin al-Guriyning qoshinlari jang maydonidan sharmandalarcha qochib ketishadi. Shaxobiddinning kop amirlari va qoshinlari asirga tushadi, qolganlaridan esa 4 ta jangovar fil oldirilgan, ikkitasini qoraxitoylar ushlab olgan edilar.Xorazmshoh kop olja bilan Gurganjga qaytib keladi. Qoraxitoylar guriylarning orqasidan quvib, 2 kun ichida 20 ming askarni qirib tashlaydilar. Shaxobiddin al-Guriy ozgina qoshin bilan Andhud qalasiga berkinib oladi, lekin qalani qurshab olishgandan keyin ilojsiz ahvolga tushib qoldi.

Download 71.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling