8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi
Xorazmshohlar davlatida taxt uchun kurash (XII asr ikkinchi yarmi)
Download 71.32 Kb.
|
8.Xorazmshohlar javoblar.1
24.Xorazmshohlar davlatida taxt uchun kurash (XII asr ikkinchi yarmi)
Xorazmshoh Elarslon vafotidan song uning ogillari Alouddin Takash va Sultonshoh Mahmud ortasida toju-taxt uchun ogir va ayovsiz qirgin urushlar boshlandi. Elarslon vafoti arafasida uning katta ogli Takash (hozirgi Jand yaqinidagi) Jand viloyatida Xorazmshoh voliysi bolib turgan edi. Elarslon shu tufayli olimi oldidan kenja ogli Sultonshohni valiahd qilib tayinladi. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon-xotun bosh-qosh edi. (Ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin, Ibn Holdun).Sultonshoh Xorazmshoh taxtiga otirgach, Jand viloyatiga (chopar yuborilib) Takashni yangi Xorazmshohga sodiqlikka qasamyod qilishga chaqirdilar. Ammo Takash ukasiga boysunishga rozi bolmaydi va chopar orqali Sultonshohni davlat rahbari deb tan olmasligini bildiradi. Shundan keyin Turkon-xotun Jandga qoshin yuborib, Takashni zorlab olib kelishni buyuradi. Bundan xabar topgan Takash darhol Jandni tark etib, qoraxitoylar malikasi Chen Tyan (1164-1177) ga murojaat qiladi. Malika gorxon Ilyos va Elyuy Toshiyning qizi edi. Takash (ogay) ukasi Sultonshohga va uning onasiga qarshi kurashga malika yordam bersa, u har yili qoraxitoylarga olpon tolab turishga vada beradi.Alouddin Takashning vadasini olgan qoraxitoy malikasi eri Fuma qomondonligidagi qoshinlarni Xorazmga jonatadi. Takash va Fuma lashkarlari Gurganjga yaqinlashganlarida Sultonshoh va onasi jang qilmasdan, Xorazmdan Xurosonga qochib borib, Nishopur hukmdori Muayyid ad-davla Oy-Abodan himoya soradilar.568-yil rabiul-avval oyining 22-kuni (1172-yil, 11-dekabr) Alouddin Takash Xorazm xalqi va qoshinlarn madadi bilan rasman Xorazm taxtiga otiradi. Ammo taxt uchun ayovsiz kurashlar hali oldinda edi (Bu kurash 20 yil davom etib, minglab odamlar halok bolgan - M.M.).Sultonshohning onasi Nishopur hukmdori Oy-Aboga qimmatli sovgalar berib, agar bu kurashda ogliga qoshinlari bilan yordam bersa, Xorazmga qarashli yerlardan bir qismini hadya qilaman, deb vada beradi. Xorazm xalqi va qoshinlari Sultonshoh tarafida deb, uni ishontiradi.Muayyid ad-davla aka-ukalarning bu janjalidan oz manfaati yolida foydalanishga (taqdir nasib etsa) Xorazmga tobelikdan qutulib, oz yerlarini kengaytirib olishga umid boglaydi. U qoshin toplab, Sultonshoh va onasi bilan birga Xorazmga yurish boshladi.Gurganjdan 20 farsax uzoqdagi Supurli (Suburnu) shaharchasi yonida Oy-Abo qoshinlari Alouddin Takash qoshinlari bilan jangga kiradi. Xorazmshohning vassali bolgan Mozandaron ispahbodi Ardasher avvalroq ikkala shahzodaning kuchlarini qiyoslab korib, Alouddinga Oy-Abo lashkarining qaysi yollardan borayotganini xabar qilib turgan, shuning uchun Takash oldindan Supurlu yaqinida qulay marrani egallab, tayyorlanib turgan edi. Takash jangchilari shiddat bilan hujum qilib, Muayyid ordusini maglubiyatga uchratadi. Oy-Abo asir olinadi. Uni Takash huzuriga keltirishadi. Xorazmshoh uni shamshir bilan ikkiga bolib tashlashga buyurdi. Oy-Abo ordusining maglubiyati 569-yil, zulhijja oyining 9-sida sodir boldi (1174-yil, 11-iyul).Turkon xotun va Sultonshoh (Kaspiy dengizining sharqiy sohilidagi) Dehiston shahriga qochadilar. Ammo, u yerga yetib borgan Takash shaharni qamal qiladi va egalladi. Sultonshoh qochishga muvaffaq boladi. Turkon xotun asir olinadi va qatl etiladi.Xorazmshoh Takash (oz odamlari orqali) Sultonshohning kuchayib ketganligini, Mengli-Tagin Xorazmga itoatsizlik va ozboshimchalik qilayotganini bilgach, bu voqealarga aralashish zarur deb hisoblagan. Xorazmshoh Takash asosiy qoshinlari bilan Xurosonga ketganini eshitgan Sultonshoh yana bir marta baxtini sinab korish uchun Xorazmni egallashga intiladi. Ammo, Xorazmga borayotganida Sultoishoh eshitadiki, Takash uning poytaxti Marvga qarab yol oladi. (Bu mulkidan ham ajralib qolishdan) Xavotirlangan Sultonshoh asosiy qoshinini Omulda qoldirib, ozi bir qism lashkari bilan Xorazmshoh qoshinlari orasini yorib otib, Marvga kirib, uni mudofaaga hozirlanadi. Takash esa qoshinlarini Marv yolidan boshqa yoqqa burib, Nishopur tomon yuradi. 582-yil, rabiul avval oyida (1186-yil, may) Sanjarshoh ibn Togonshohni poytaxti Nishopurni qamal qiladi. Ikki oy davom etgan qamaldan song Mengli-Tagin va Sanjarshoh Xorazmga boysunib, uning xiroj tolashga doir shartlarini qabul qilishga majbur boladilar. Takash sulh shartlarini tuzish uchun Nishopurda oz vakillarini: hojibi buzrug Shaxobiddin Masudni, xonsalor Sayfiddin Mardonsherni va Bahouddin Muhammad al Bagdodiyni qoldiradi. Ammo, Xorazmshoh (qoshinlari) Nishopurdan ketishi bilan Mengli-Tagin Nishopurda bolib turgan Abdul-Aziz ibn Fahriddin Abdul Aziz al-Kufiyni, atoqli din arbobi qozi va shayxulislom Burhoniddinni hibsga oladi va oldirishga farmon beradi.Xurosonning anchagina qismi Xorazm davlatiga qoshilgan bolsa ham, Marv va uning atroflarida, Sabzavorda Sultonshoh hukmronlik qilar edi. Xorazmshoh Takash qoshinlarini Nishopurdan olib chiqib ketish bilan Sultonshoh yana Nishopurga hujum boshlaydi. U shahar devorlarining katta qismini vayron qiladi. Ammo, Xorazmshohning ogli Malikshoh otasiga chopar yuboradi va shaharni qattiq himoya qilib, dushmanni kiritmaydi. Bu orada Xorazmshoh yordamga yetib keladi. Sultonshoh akasining qoshinlari yaqinlashganini bilib, Marvga chekinadi. Takash Nishopur shahar qala devorlarini tiklashga farmon beradi. Shundan song qoshinlari bilan Mozandaronga yol oladi. 1188-yilning bahorida Xurosonning aslzodalari va taniqli amirlari vositachiligida Sultonshoh bilan Takash ortasida sulh bitimi tuziladi. Takashning harbiy qudrati va obrosi shunday oshib ketgan ediki, Sultonshoh Xorazmshohning barcha shartlarini sozsiz qabul qilishga majbur boladi. Sultonshoh deyarli qoshinsiz qolgan, Takashning harbiy va siyosiy galabalari tufayli shu vaqtgacha ikkilanib turgan barcha xurosonlik amirlar uning tarafiga otgan edilar. Takash sulh bitimiga kora, Sultonshohga Jom, Boxarz va Ziripul viloyatlarini hadya qiladi. Buning evaziga Sultonshoh. Xorazmshohning asirlikdagi uch asirini ozod qiladi.Shundan song, Xorazmshoh Takash ozini chinakam podshoh deb elon qiladi. 585-yil, jumadul avvalning 18-kuni (1189, 4-iyulda) Rodekon (Rodgon) shahrida Xorazmshohning sultonlik taxtiga chiqish marosimi boladi. Download 71.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling