81-Variant Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi


Download 23.78 Kb.
bet5/7
Sana29.03.2023
Hajmi23.78 Kb.
#1309063
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiy rivojlanish
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishdir. Aholi farovonligini oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Fanning maqsad va vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va ko‘rsatkichlarini quyida batafsil bayon qilinadi.
Ushbu kursning vazifasini mantiqan to‘rttaga ajratgan holda ko‘rsatish mumkin:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi «O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani ham fundamental ahamiyatga ega bo‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning mazmunmohiyati, amal qilish qonuniyatlari va mexanizmlari, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari va strategiyasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g'risidagi fikrlarni kengaytiradi;
2) amaliy vazifasi - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minashning aniq mexanizmlari, yo‘nalishlari, strategik va taktik (qisqa muddatli rejalar) rejalar hamda harakat dasturlarini ishlab chiqish bilan belgilanadi;
3) uslubiy vazifasi - «O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani mamlakatdagi real ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar tahlili, o‘zgarish tamoyillari va shundan kelib chiqqan holda olingan xulosalar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ulami millat manfaatlari yo'lida iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlami jahon miqyosida xaridorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Ushbu fan talaba yoshlarga moddiy ne’matlar inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ulami mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
“O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi» fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari va iqtisodiy o'sish o‘rtasidagi o‘zaro bog’iqliklami ko'rsatadi hamda davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 23.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling