81-Variant Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Download 23.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83-Variant Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni
IQTISODIY O’SISH OMILLARI VA TIPLARI
Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli o`sishi sur`atlarini, ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iktisodiy o`sish omillari deyiladi. Iktisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi. Birinchi gurux omillari ixtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi: · tabiiy resurslar soni va sifati; · mexnat resurslari soni va sifati; · asosiy kapital xajmi; · texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish; · jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.. Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iktisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi: · bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; · iktisodiyotdagi solik muxiti; · kredit-bank tizimi samaradorligi; · iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi; · eksport xajmining o`sishi; · iktisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari; · daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi. Agar o`sish ko`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iktisodiy deb ataladi. ekstensiv iktisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni ko`shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir boskichida ekstensiv iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib ko`yadi. 83-Variant Iqtisodiyotda innovatsiyaning tutgan o’rni Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib borgan va shu sohaga oid ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan Jati Senguptaning innovatsiyalarga bergan ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak. “Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi, sanoatda “ilmiy izlanish va rivojlanish”ko‘rinishidagi investitsiyalar va taqlid va takomillashtirishni o‘z ichiga olgan texnologiyalar transferini o‘zida mujassam etadi.Innovatsiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, ammo har qanday shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish yoki bozor talabini kengaytirishga yordam qiladi. Innovatsiyalarning ba’zi bir muhim turlari sifatida: texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar; endogen yoki ekzogen innovatsiyalar; sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi; texnologiyalar konsorsiumi orqali shakllantiriladigan innovatsiyalardan iborat. Innovatsion faoliyat O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo‘lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi. Shuning uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi №PF-5264 son “Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi №PQ-3416 son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarori ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Download 23.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling