14-amaliy ish. Tashqi kapital transheyani hajmi va konstruksiyasini hisoblash Ishdan maqsad


Download 101.71 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi101.71 Kb.
#1004990
  1   2   3   4
Bog'liq
14 AMALIY ISH


14-amaliy ish.
Tashqi kapital transheyani hajmi va konstruksiyasini hisoblash
Ishdan maqsad - kapital transheya xajmi va konstruksiyasi aniqlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish
Karyerlarda ish olib borilayotgan gorizontlargacha transportlar xarakatini yulga kuyish maqsadida er yukori katlamidan ochuvchi va yer osti laxmlari barpo etilgan. Asosan karyerlarni ochishda utuvchi laximlar kiya transheyalardan foydalaniladi. Ular gorizonlarni ochishda yukoridan pastga karab kuriladi. Transheyalar foydalanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: kapital va qirqim transheyalar. Kapital transheyalar erning yuza qismidan foydali qazilmagacha borishini ta’minlaydi, qirqim transheyalar esa qoplovchi jinslarni o lib tashlashyoki foydali qazilmalarni qazib olishda front ishlarini yaratib berishda qo‘llaniladi.
Avtomobil transportidan foydalanilgan xolda yukori gorizontlarni ochishda asosan kapital transheyalardan foydalaniladi, ular uzok muddatga ya’ni 10 yilligacha xizmat kilishga. Kapital transheya karyer maydoni chegarasidan tashkarida xam quriladi. Kapital transheya yordamida bita ustup yoki ochish usuliga kura bir nechta ustuplarda xarakatlanishi mumkin.
Rasm.2.1. Kapital transheyaning umumiy ko‘rinishi:
transheya osti kengligi; - transheya borti qiyalik burchagi; –transheya balandligi; , - bitta pog‘ona balandligi.


Rasm.2.2. Kapital transheyani qirqim yuzasi:
a -temir yo‘l transporti uchun; b -avtomobil transporti uchun
Transheyaning asosiy parametri qo‘yidagilar: ko‘ndalang kesim yuzasining o‘lchamlari, bo‘ylama qiyalik, uzunligi va chuqurligi (rasm.2.1).
Tekis yuzada joylashtirilgan kapital transheya trapetsiyasimon qirqimga ega, qiya tepalikka joylashtirilgan transheyalar esa aksar xollarda ko‘ndalang qirqimi uchburchakka yaqin shaklga ega bo‘ladi.Bir nechta pog‘onani ochuvchi kapital transheya, murakkab pog‘onali shaklga ega.
Kapital transheya bortining qiyalik burchagi tog‘ jinsining turg‘unlik darajasiga bog‘liq. Mustaxkam qoyali tog‘ jinslarda 65—75°ga, yoriqdor qoyali tog‘ jinslarda 55—60°ga, va cho‘kindi jinslarda (qumtosh, oxaktosh, argillitlar)—35 dan 55°gacha xamda zaif bog‘langan gillarda — 25 dan 40° gacha qabul qilinadi.
Transheya pastki qismi kengligi (rasm.3.2) ikkita shart bo‘yicha amalga oshiriladi: transport yo‘lining konstruksiyasi va o‘lchami xamda transheya o‘tkazishda jixozlarni xavfsiz joylashtirish.
Temir yo‘l transportida transheya pastki qismi kengligi quyidagi elementlarni: A — cheti, K — kyuvet, O—tayanchni joylashtirish uchun maydoncha, P — o‘tish qismi, 3 — er qazish tasmasi (zemlyanoe polotno), L — lotok.
Lotok cheti kengligi A yumshoq tog‘ jinslarda 1 m, qoyali tog‘ jinslarda-— 0,5 m tashkil etadi; kyuvet yuza qismi kenligi yumshoq tog‘ jinslarda 1,65 m, qoyali tog‘ jinslarda 1 m. Kontaktli tayanch egallagan maydon kengligi 0,4 m va Sk = 3,7 m masofada yaqindagi yo‘l o‘qigacha. Yo‘l o‘qlari orasidagi masofa Sp ular soniga va dumpkarlar yuk ko‘tarish qobiliyatiga bog‘liq xolda 4,1 dan 5,3 m gacha o‘zgaradi. YUk ko‘tarishi 180t bo‘lgan dumpkarlar uchun va undan katta transheyadagi yo‘l o‘qlari orasidagi masofa quyidagini tashkil qiladi: ikki tomonlama yo‘l chiziqlarida — 5 m, ko‘p yo‘lli chiziqlarda — 5,3 m. Ikki yo‘lli temir yul transportlari xarakatlanadigan transheyalari osti minimal kengligi 14—15 metrni tashkil etadi.
Avtomobil transportida kyuvet va yo‘lning o‘tish qismi orasida asosan kengligi 0,5—1 metrli yo‘l cheti qoldiriladi. O‘tish qismi kengligi Pharakatlanish polosasi soniga bog‘liq va avtosamosvalni yuk ko‘tarish qobiliyati 4,5m dan 20 metrgacha o‘zgaradi.Ikki polosali harakatlanishda va yuk kuchlanishi bir yilda 15 mln.tonnani tashkil etadi. YUk ko‘tarish qobiliyati 40—45, 65—75, 100—120 va 160—180 tonna bo‘lganavtosamosvallar uchun mos ravishda12,5; 15,5; 17 va 20 metrni tashkil etadi. Juda ko‘p qor yog‘adigan iqlimli zonalarda transheya kengligini 7—10metrga kengaytirish lozim chunki qorni vaqtinchalik yig‘ish uchun va zaxiradagi harakatlanish polosalarni qordan tozalash transporti harakatlanishi uchun zarur bo‘ladi.
Transheyani kesim yuzasi undagi transheya o‘tishda qo‘llaniladigan va ekskavatsiyalash vaqtida yirik o‘lchamli tog‘ jinslarni sig‘dirish imkonini beradigan ekskavator va boshqa turdagi transportlarni xavfsiz joylashishini ta’minlashi zarur.
Ish unumdorligi yuqori bo‘lgan ekskavatorlar uchun xavfsizlikni ta’minlash maqsadida kuzovi va transheya borti orasida 1 — 1,5 m oraliq qoldiriladi.
Avtotransportga tog‘ jinsi yuklash bilan transheya o‘tkazishda uning kenligini 25—30 metrgacha o‘zaytiriladi, bunda avtosamosvallarni aylanma harakatini va ekskavatorni ish unumdorligini 25—40 %ga ta’minlab berish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Kapital transheya qiyalik kattaligi yukli transport qiyaligi kattaligiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni transport idishining xavfsizlik harakatini talab etilishini chegaralaydi hamda lokomotivni texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Kapital transheyani maksimal qiyaligi transport turiga bog‘liq xolda: elektr tortish kuchida 0,04; yuk tortuvchi agregatlarda 0,06; avtotransportlarda 0,9— 0,12; konveyer transportida 16—18° ni tashkil etadi.
Biroqruxsat etilgan qiyalikni umumiy xollarda qo‘llash ancha tejamli xisoblanadi, xamda qiyalik oshishi bilan sostavni foydali massasi pasayadi, bunda sostavdagi vagonlar soni kamayadi, bu xolat tashishga ketadigan harajatni oshishiga olib keladi. SHu vaqtda kapital transheya qiyaligi oshishida uning xajmi kamayadi, yo‘l uzunligi qisqaradi va tashish masofasi kamayadi. Eng qulayi yuqorida keltirilgan yo‘l qiyaligi xisoblanadi, shu tariqa kon massasini tashishga ketadigan umumiy kapital va ekspluatatsion xarajat minimal bo‘ladi.
Sodda qiya transheya uzunligi formulasi:

bu erda — transheyani oxirgi chuqurligi, m; i —transheya qiyaligi.
Tekis yuzaga ega qirqim va kapital transheya biron bir geometrik figura xajmi yoki xajmiy yig‘indisi bilan xisoblanadi.
Sodda kapital transheya xajminiV (m3) ikkita piramida xajmi V2 va yarimprizma xamiy V yig‘indisida xisoblash mumkin (rasm. 2):





Download 101.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling