86. Asaldan shirin, zahardan achchiq. Ushbu topishmoqning javobi nima va unda qanday badiiy san'at qo'llangan?


Download 43.5 Kb.
Sana04.09.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1672628
Bog'liq
Badiiy ssan\'at test


86.Asaldan shirin, zahardan achchiq. Ushbu topishmoqning javobi nima va unda qanday badiiy san'at qo'llangan?
A) gap; talmeh
C) so'z; tazod
E) nasihat; tamsil
B) xayol; tamsil
D) fikr, tazod
87. Husni ta'lil.
A) voqealarni o'ta kichraytirib ko'rsatish.
B) ikki yoki uch so'zning qofiyalanishi.
C) o'z fikrini chiroyli asoslash san'ati.
D) bir predmet yoki tushunchani boshqa predmet yoki tushunchaga o'xshatish.
E) voqealarni o'ta bo'rttirib ko'rsatish.
88. Sharq mumtoz adabiyotida «Nuh umri», «Sulaymon mulki», «lskandar mulki», «No'shiravoni ad», Hotami Toyi kabi nomlarga qaysi she'riy san'at vositasida ishora qilinadi?
A) tanosub C) husni ta'lil B) talmeh D) mubolag'a
89. Noziklik ichra belicha yo'q tori gisuyi
O'z haddini bilib, belidin o'ltirur quyi.(Lutfiy) Baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) husni ta'lil C) ta'did B) tashbeh D) tajohuli orif
90. Ko'ngil shishasida mehring mayidir,
Jafo birla anga tosh urmog'ing ne? Baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) tarse' C) tazod B) ishtiqoq D) tajnis
91. She'riy san'atlarning qaysi biri arabcha «shaxslantirish» degan ma'noni anglatadi?
A) tashxis B) tajnis C)tarse D) tadrij
92. Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur,
Emas anjum, falak ahli ochib ko zlar qaroshibdur. (Ogahiy) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) raddi matla' C) husni matla' B) tazod D) husni ta'lil
93. Raqiblarga qilur la'ling tabassum,
Qonimni g'ussadin toshurmog'ing ne?
Ko'ngul shishasida mehring mayidir Jafo birla
anga tosh urmog'ing ne? Ushbu g'azal parchasida qanday san'at qo'llangan?
A) tasvir B) talmeh C) tajnis D) tasdir
94. Beqiyos husn timsoli sifatida tilga olinadigan «Yusuf» nomi g'azal baytlarida asosan qaysi nom bilan birga uchraydi?
A) Sulaymon C) Ya'qub B) Layli D) Shirin
95. Labing bag'rimni qon qildi, ko'zimdin qon ravon qildi, Nechun holim yomon qildi, men andin bir so'rorim bor. Berilgan baytda qanday badiy san'atlar qo'llanilgan?
A) tarse', tajnis, talmeh
B) irsoli masal, tashbeh, mubolag'a
C) tashxis, tashbeh, ishtiqoq
D) tanosib, iyxom, mubolag'a
96.Xalq dostonlarining nasriy qismida badiiy usullardan qaysisi ko'prog qo'llangan?
A) saj C) tamsil B) irsoli masal D) tazod
97. Berilgan baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
Noziklik ichra belicha yo'q tori gisuyi
O'z haddini bilib, belidin o'ltirur quyi. (Lutfiy)
A) ta'did C) tashbeh B) husni ta'lil D) tajohuli orit
98. Nekxohim deganim barcha bor erkan badxoh,
Onikim anglar edim yaxshi, yomon topdim oni. (Munis) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) tazod C) talmeh B) intoq D) husni ta'lil
99. Yuzing go'zallikda gul kibidur. Ushbu misrada tashbeh unsurlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A) yuz - o'xshatilmish, gul - o'xshamish, go'zallikda - asos, kibi – vosita
B) yuz- o'xshamish, gul - asos, go'zallikda o'xshatilmish, kibi – vosita
C) yuz-o'xshamish, gul- o'xshatilmish, go'zallik- asos, kibi – vosita
D) yuz-asos, gul -o'xshatilmish, go'zallik- o'xshamish, kibi – vosita
100. Ikki zulfingni banogo'shinda tebratmish sabo,
Oylakim, ochib qanotin qor uza o'ynar g'urob. (Amiriy) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) tashbeh C) talmeh B) iyhom D) intoq
101. ) Kinoya tashbeh nima?
A) O'xshamish tushib qolgan, o'xshatilmish o'xshamishga ishora qilgan o'xshatish san'ati.
B) Baytda o'xshatish asosi berilmasa ham, o'xshatuvchi vosita aniq ko'rinib turgan o'xshatish san'ati.
C) Tashbehning 4 unsuri qatnashgan o'xshatish san'ati.
D) Baytda asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat iy nazar o'xshatish va
O’xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati
102. Janobi shahg'a keldim bu jihatdan,
Ko'zim yoshiga toya-toya navro'z. (Ogahiy) Ushbu she'riy baytda qo'llangan badiiyy san'atni toping.
A) mubolag'a C) tazod B) talmeh D) tashbeh
103. Nastarin yuvib yuzni yosumon tuzib o'zni,
Nargis ochibon ko'zni intizori yoronlar. (Furqat) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) tashxis C) tazod B) irsoli masal D) talmeh
104. Sarv qadlar suratin chekkanda naqqoshi azal Bir alif shaklida yozmish qaddi zebo surating. (Furqat) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) tazod C) iyhom B) irsoli masal D) kitobot
105. Mutlaq tashbeh nima?
A) O'xshatish tushib qolgan, o'xshatilmish o'xshatishga ishora qilgan o'xshatish san'ati.
B) Tashbehning 4 unsuri qatnashgan o'xshatishsan'ati
C) Baytda asos va vositaning qo'llanish yoki qo llanmasligidan gatiy nazar o'xshamish va O’xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san atl
D) Baytdao'xshatish asosi berilmasa.ham,
O'xshatuvchi vosita aniq ko'rinib turgan
o'xshatish san'ati.
106. Hajrsahrosin gulgun ayladim-qon yosh ilà,
Men kibi bu nav ko'zi Xunfishonroq yo'q kishi. (Munis) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping
A) iyhom C) talmeh B) intoq D) mubolag'a
107. «Ganja ganjurikim chekib ko'p ranj,.
Qo'ymish erdi jahonda besh ganj.
Alisher Navoiy «Xamsa»sidan olingan ushbu baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
A) tarse' C) tanosib B) ishtiqoq D) iyhom
108. Belining nozikligicha yo' tori gisuyi.
O'z haddini bilib, belidin o'ltirur quyi.
Baytda qanday badiiy san'atlar qo'llangan?
A) talmeh, tarse, ishtiqoq
B) ishtiqoq, tajohuli orifona, tashxis
C) tazod, tashbeh, litota
D) tashxis, husni ta'lil, litota
109. Ey ko'ngul, ul dilraboning o'zga yori bor emish,
Vah, senga dushman bo'lib, ul o'zgalarga yor emish. (Husayniy).
Ushbu baytda qo'llangan she riy san'atni toping.
A) iyhom C) tazod B) kitobot D) irsoli masal
110. La'li shiriningni ta'rif aylab o'lmish shahd kom, Anvariy-u Fazliy-u
Hoqoniyi Masnad mudom. (Feruz)
Ushbu baytda qo'llangan she' riy san'atni toping.
A) iyhom C) tajohuli orif B) talmeh D) intoq
111. Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin
Xatingni ramzidin ogoh emas ta bi xiradmandim. (Amiriy)
Ushbu baytda qo'llangan she' riy san'atni toping.
A) iyhom B) intoq C) tazod D) talmeh
111. Filotun ishq darsida menga shogird erur, lekin
Xatingni ramzidin ogoh emas ta'bi xiradmandim. (Amiriy) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) iyhom B) intoq C) tazod D) talmeh
112. Turfa qishloqi g'azabkarda ki parrandalari,
Tovuqi ignachi-yu, o' rdag-u g'ozi kapalak. (Maxmur) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) mubolag'a C) talmeh B) intoq D) iyhom
113. Ul parivash ishqidinki, telbadurmen, goh sog', Chunki bordur oramizda goh sulh-u gohi jang. (Furqat) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A) takrir C) irsoli masal B) tazod D) talmeh
114. Bulbul o'qig'och yig'lab subhidam xazon faslin,
G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. (Furqat) Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atlarni toping.
1) iyhom; 2) tashxis; 3) takrir;, 4) husni ta'lil;
5) tanosub; 6) talmeh.
A) 2, 4,5 C) 1,2, 5 B) 1, 2, 4 D) 2, 3, 4

116. Quyidagi misralarda Abdulla Oripov qanday she’riy san at qo'llagan?


Holbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q,
Yulduzday kulganim yoq, oy Kabi to'lganim yo'q.
A) tashbeh C) tazod B) ishtiqoq D) talmeh
117.Agar g'azalning birinchi misrasi g'azalning so’nggi misrasi sifatida yana bir bor kelsa, bu badily san'at mumtoz adabiyotda qanday nomlanadi?
A) radd ul-matla' C) tanosub B) husni ta'lil D) ruju'
118. Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
«Na'matak» (Oybek) she'ridan olingan ushbu parchada qanday san'at qo'llangan?
A) tashxis C) iyhom B) tazod D) talmeh
119. Irsoli masal qo'llangan baytn toping.
A) Ul yuzi oykim, jahonning jonidur,
Bu zamona xublarning xonidur.
B) Sabr qilsang g'o'radin halvo bitar,
Besabrlar o'z oyog'idan yitar.
C) Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma'mur-u himmati oliy.
D) Bo'rini dag'i galadin dur qil
Suv beribon bog'ni ma'mur qil.
120. Berilgan misralardagi badiiy san'at turini toping.
Oshar yeldin seni yetganda oting.
Quyosh yanglig' jahonni tutdi oting
A) husni ta'lil C) intoq B) tajnis D) tazod
121. Parchada qo'llangan she'riy san'atni toping.
Yaxshidur achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg'on yomon. (E. Vohidov)
A) tazod C) tajnis B) iyhom D) tashbeh
122. Quyida berilgan misralar muallifi kim va unda qanday she'riy san'at qo'llangan?
Axi erni o'ggil o'gar ersa sen
Baxilga qatig'ya o'qin kizlagil.
A) Abu Mansur as-Saolibiy; tazod
B) Mahmud Koshg'ariy; tashbeh
C) Ahmad Yugnakiy; tazod
D) Yusuf Xos Hojib; mubolag'a
123. Barg ostidan muloyim boqqan iboli g'uncha,
Ne sirni saqlagaysan, bag'ring necha tuguncha? Ushbu baytda qo'llangan badiiy san'at turini aniqlang.
A) tashxis C) tajnis B) talmeh D) tazmin
124. Sipehri husn ichinda moh, sen-sen,
Zamona xo'blarig'a shoh, sen- sen.
Ushbu misralarda qaysi she' riy sa'nat qo'llangan?
A) tazod C) tajnis B) talmeh D) tashbeh
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling