T/r
|
Gaplar
|
Gaplarda ajratilgan bo‘laklarning qo‘llanishi
|
1
|
O‘ziga yengil hayot axtargan – ... kishi chindan ham ayanchlidir.
|
O‘ziga yengil hayot axtargan – qiyinchilikka chidamchiz, yalqovtabiat kishi chindan ham ayanchlidir.
|
2
|
Har g‘aniy, ...ki, tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bilan yod qilmag‘ay.
|
Har g‘aniy, davlatmandki, tirikligida ehsonidin ko‘ngullarni shod qilmag‘ay, o‘lganidin so‘ng ani kimsa duo bilan yod qilmag‘ay.
|
3
|
Ahmoqona, ..., qanoatsiz yashash chakki yashash emas, asta-sekin o‘lish demakdir.
|
Ahmoqona, bema’ni, qanoatsiz yashash chakki yashash emas, asta-sekin o‘lish demakdir.
|
4
|
O‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga, ..., intil, bizga meros qolgan narsalarni takomillashtirish va ko‘paytirish, tinmay mehnat qilmog‘imiz zarur bo‘lgan soha mana shudir.
|
O‘zingdan keyingilarga avvalgidan ko‘proq bilim va baxt qoldirishga, ya’ni o‘rganganlaringga yangi bilimlar qo‘shishga, intil, bizga meros qolgan narsalarni takomillashtirish va ko‘paytirish, tinmay mehnat qilmog‘imiz zarur bo‘lgan soha mana shudir.
|
5
|
Harakatsizlik, ..., uzoq uyquga chalinish kasalligidir, xolos.
|
Harakatsizlik, ya’ni hayot oqimiga qo‘shilmay, jamiyatdan uzoqlashib, bir joyda muqim bo‘lib qolish, oldiga maqsad qo‘ymay, aniq maqsad sari intilmaslik, uzoq uyquga chalinish kasalligidir, xolos.
|
6
|
Hayot o‘z holicha hech narsani anglatmaydi: hayotning qimmati, ..., unda qanday yashay bilish bilan bog‘liq.
|
Hayot o‘z holicha hech narsani anglatmaydi: hayotning qimmati, ya’ni uning bahosi, qadri, unda qanday yashay bilish bilan bog‘liq.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |