*880*3*8600 0207 3918 9129 *summa# Bog’lanish uchun
Download 305 Kb.
|
4-sinf-matem-kom-ya-yillik-konspekt
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Mustaqillik bayrami haqida suhbat o‘tkazish. II. O‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish: Yangi mavzuni ekran orqali topshiriqlarni bajarish orqali tushuntiriladi. Yuzliklar kvadrat bilan, o‘nliklar uchburchak bilan, birliklar doira bilan beriladi. O‘quvchilardan berilgan shakllarga qarab, sonlarni topish talab etiladi. Topilgan sonlar ajratilgan darchaga klaviatura orqali yoziladi. To‘g‘ri topilsa qarsak ovozi, noto‘g‘ri topilsa maxsus ovoz eshitiladi. 756, 980, 302, 444, 271, 900, 628, 832, 285, 1000 Masalan: 756 sonini olsak, 7 ta kvadrat, 5 ta uchburchak, 6 ta doira rasmi beriladi. + + =756
1-topshiriqda har bir qatordagi cho‘plarning soni so‘raladi. O‘qituvchi o‘quvchilardan cho‘plarning miqdoriga qarab har bir qatordagi cho‘plarning sonini aytishi so‘raladi. 2-topshiriqni guruhlarda bajariladi. Guruhlarga teng miqdorda misollar tarqatiladi. 756, 980, 302, 444, 271, 900, 1000. Bu sonlarda nechta yuzlik, nechta o‘nlik va nechta birlik bor? Bu sonlar ichida nechta qaysi biri katta, qaysi biri kichik? Berilgan sonlarni dastlab o‘sish tartibida so‘ngra kamayish tartibida joylashtiring. Berilgan sonlardagi har bir raqam nimani anglatadi? –kabi savollar beriladi. Savollarga berilgan javoblarni o‘qituvchi tomonidan tekshirib boriladi. 3-topshiriqni guruhlarda yuqoridagi topshiriq kabi bajariladi. 4-masala dastlab qisqa sharti yoziladi so‘ngra yechiladi.
Javob: 9 ta ko‘ylakka 27 m mato sarflandi. Download 305 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling