Nomoddiy aktivlar investitsiya ob’ekti sifatida


Download 59.99 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2021
Hajmi59.99 Kb.
#176088
  1   2   3
Bog'liq
sadsaddsad



13-variant


  1. Nomoddiy aktivlar investitsiya ob’ekti sifatida

  2. Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda infratuzilmaning o’rni va ahamiyati

  3. Kreditni rasmiylashtirish tartibi.



        1. Nomoddiy aktivlar investitsiya ob’ekti sifatida.

rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi.

Birinchidan, qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.

Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.



Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy (potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi. Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar.









Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko’ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflangan: qo’yilma ob’ektlariga ko’ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga qarab; investitsiyalash davri bo’yicha; mulkchilik shakllari bo’yicha; hududiy belgisi bo’yicha.

Real investitsiyalar qo’yidagi elementlardan iborat:



  • asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar;

  • yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar;

  • nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari)ga investitsiyalar;

  • moddiy aylanma mablag’lari zaxiralarini to’ldirish xarajatlari.

To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashda investorlarning bevosita o’zlari investitsiya qo’yilmalarini u yoki bu investitsiya ob’ektlariga kiritadilar. Bu faoliyatni investitsiyalanayotgan ob’ekt haqida chuqur ma’lumotga ega bo’lgan va investitsiyalash mexanizmlarini bilgan ixtisoslashgan investorlar amalga oshiradilar.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiya-larning ahamiyati yuqorligi ularni keng ko’lamda jalb etishga, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad shartnoma ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo’lishga, boshqarish tajribasini egallashga, sotish bozorlarini o’rganishga, tashkiliy bilimlarni egallash va boshqalarni o’zlashtirishga qaratiladi. Bunda eng muhimi jahon bozoriga o’z mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi bo’lishdir.

Tadqiqotlar ko’rsatishicha, milliy iqtisodiyotning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish holati ichki bozor hamda eksportning hajmi, tabiiy va mineral resurslar, malakali ishchi kuchi mavjudligi, bozor islohotlarini amalga oshirish sur’atlari, iqtisodiy barqarorlik omillari bilan bog’likdir.

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar xorij kapitalining uzoq muddatga joylashtirilishini, investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsiyadorlik kapitaliga to’la ega bo’lishi yoki kamida 10 foizi xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlashini anglatadi.



To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar:

  • investorga investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan nazorat qilish huquqini beruvchi ishlab chiqarishga sarflangan uzoq muddatli xorijiy qo’yilmalarni;

  • pirovard maqsadi foyda ko’rinishida daromad olishga qaratilgan tadbirkorlik kapitalining ustuvor shaklini;

  • xususiy kapitalga asoslangan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni;

  • xorijiy investorning investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustidan to’liq egalik qilishini;

  • xorijiy investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan ob’ekt ustav kapitalining 10 %dan kam bo’lmagan qismi ustidan nazorat o’rnatishini;

  • xorijiy investorning investitsiya kiritayotgan ob’ektlarni boshqarishda samarali qatnashishini;

  • mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish hamda korxona ustidan nazorat xuquqini qo’lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakatini qamrab oladi va namoyon etadi.

  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning O’zbekistonga kirib kelishi qisqa vaqt ichida mulkchilikning turli shakllari tashkil topishiga ko’maklashdi, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurish, nufuzli tarmoqlarning barpo etilishini ta’minladi. Eng muhimi, iqtisodiyotning baynalmilallashuvini va xalqaro bozorga o’z mahsulotlarini olib chiqishini va u erda o’z o’rniga ega bo’lishini ta’minladi. Buning oqibatida eksport hajmi va salohiyati o’sishi va respublikamizning to’lov balansining tobora ijobiylashib borishiga erishildi.

  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirishga qulay sharoitlar yaratishda, birinchi navbatda, kapitalning mamlakatlararo ayirboshlanishidan, qo’shimcha aniq va noaniq risklarga duch kelish ehtimollaridan va kapital oqimining vaqtli qiymati kontseptsiyasidan kelib chiqqan holda ish yuritish kerak. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida jami qo’shimcha risklar orasida valyuta riski ajralib turadi. Hukumat kafolati bilan olinadigan kreditlar va qarzlar rolini hisobga olgan holda investitsiya muhitini va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida keskin chora-tadbirlar ko’rilishi talab etiladi, unga mintaqalar iqtisodiyotining ustuvor sohalarida soliq imtiyozlaridan foydalanish bilan erishish mumkin. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni yangi loyihalarga keng jalb etish bilan ekologik toza va ilg’or texnologiyalar, eng yangi texnika va uskuna-jihozlarni joriy qilish, mehnatni oqilona tashkil etish hisobiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirishga erishish mumkin. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ularni jalb qilish va foydalanish bo’yicha tasdiqlangan uzoq muddatli hududiy, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etish zarur. Bunday dasturlarda ustuvor sohalar, ilmtalab va kapitaltalab tarmoqlar belgilanib, ularda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash bilan bog’liq tadbirlar nazarda tutilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi respublikamizda xususiylashtirish jarayonlarini tashkil etish bosqichlari bilan bog’liq bo’ldi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning oqimlari, eng avvalo, O’zbekiston iqtisodiyotida qo’shma korxonalarning barpo etilishiga asos soldi hamda xorijiy va qo’shma korxonalari barpo etilishiga zamin yaratdi.

  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar kapital qabul qiluvchi mintaqa iqtisodiyotida bevosita tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga safarbar etiladi. Ushbu investitsiyalar mavjud bo’lgan korxona yoki boshqa xo’jalik yuritish sub’ektlarining aktsiyalari nazorat paketini xarid etish yoki o’z ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yo’llari bilan safarbar etiladi. O’zga iqtisodiyotga kirib kelish shaklidan qat’iy nazar, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’z egalariga investitsiya ob’ektlarini boshqarishda samarali ishtirok etish, o’z mamlakatlari tashqarisida bo’lgan va kapitallari safarbar etilgan korxona va firmalar ustidan nazorat o’rnatish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi.




  1. Download 59.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling