*880*3*8600 0207 3918 9129 *summa# Bog’lanish uchun


Download 112.5 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1249282
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-sinf-ona-tili-kom-ya-yillik-konspekt (1)

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.


III.Yangi mavzu bayoni:
O'qituvchi so'z, gap tuzish kartoniga ona, Vatanimizni, sevamiz, biz, jondan so'zlarini qo'yadi, bolalar o'qiydilar.
— Siz nimalarni o'qidingiz? (So'zlarni).
— Shu so'zlardan gap tuzing.
O'qituvchi (yoki o'quvchi) so'zlarni gap tartibida qo'yib chiqadi. O'quvchilar o'qiydilar.
— Gap yozilganini ko'rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo'yamiz).
— Gapni yozish uchun har bir harfni to'g'ri yozish, harflarni o'zaro qo'shishni bilish zarur. (O'qituvchi gapni yozadi: Biz ona Vatanimizni jondan sevamiz.)
Bolalar har bir so'zni bo'g'inlab qayta o'qiydilar va bo'g'inlab o'qib yozadilar. Yozib bo'lgach, uni tekshiradilar. O'qituvchi to'g'ri yozgan o'quvchilarni rag'batlantiradi.
O'quvchilar «Gap nimalardan tuziladi?» so'rog'iga javob beradilar: «Gap so'zlardan tuziladi».
IV. Darsni mustahkamlash.
Rasmga qarab hikoya tuzish. I- mashq.
— Mashq topshirig'ini o'qing. Mening savollarimga javob berishga tayyorlaning.
— Rasmda qaysi xona tasvirlangan?
— Sinf xonasi qanday ko'rinishga ega ekan?
— O'quvchilar nima qilyaptilar?
— O'qituvchi nima qilyapti?
— O'quvchilarning kayfiyati qanday?
— Mana shu aytganlarimizning hammasini bir so'z bilan nima deb ataymiz? (Nutq.)
— Nutq necha xil bo'lar edi? (Og'zaki va yozma.)
— Nutq nimalardan tashkil topadi? (Gaplardan.)
— Gaplar-chi? (So'zlardan.)
— Demak, biz fikrimizni aytish uchun gaplardan foydalandik. Agar so'zlarni bir-biriga bog'iamasdan alohida aytsak fikrimizni tushuntira olamizmi? (Yo'q.) (So'z va gap o'rtasidagi farq qisqacha tusluintiriladi.) Gap fikr bildiradi, xabarberadi; so'z esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatini bildiradi.
— Gap qanday harf bilan boshlanadi?
— Oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Demak, fikrimizni bildirish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. Gaplar yig'ilib, nutqni tashkil etar ekan.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling