8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: NAZARlY MA 7.1 M OT TRAGEDIYA (FOJIA) Tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo‘lib, uning lug‘aviy m a’nosi yunoncha tragos - echki, ode - qo‘shiq; tragediya - «echki qo‘shig‘i» m a’nosini anglatadi. Echki qayoqda-yu, fojiali sahna asari qayoqda, deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida, yuqoridagi so‘zlaming zamirida haqiqatga yaqin m a’no bor: qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis sharafiga xalq bayramlari o‘tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so‘yilib dasturxonga tortilgan. Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib, turli sahna tomo- shalarini ko‘rsatishgan. Bunday jaydari qiziqchilami tra- goslar deyishgan. Keyinchalik bu so‘z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo‘llanila boshlagan.Tragik asar, ya’ni tragediyaning boshqa sahna asarlari (komediya, drama, intermediya)dan farqi shundaki, u qahramonlar o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi, qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o‘rtasidagi ziddiyat shiddatli va keskin tus oladi. Bu asar qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki kolliziya (qarama-qarshilik, to‘qnashuv) kuchliligi, personajlar o‘rtasidagi konfliktning o‘ta kuchli ekanligi bilan farqlanadi. Tragediya murosasiz kurash, g‘oyatda keskin ziddiyat zaminiga quriladi. Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli, suronli siyosiy voqealar, turli ijtimoiy, shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko‘rsatiladi.Siz o‘qib-o‘rgangan «Jaloliddin Manguberdi» fojiasida- gi voqealami esga olsak, bunga ishonch hosil qilamiz. Asar buyuk sarkarda o‘limi bilan tugasa-da, undagi optimistik ruh kishiga dalda beradi. Fojia so‘ngida o‘zini jarga tashlayotgan Jaloliddinning kelajakka ishonch, yaxshi kunlar umidi bilan yo‘g‘rilgan xitobi fikrimizning dalilidir. Manguberdi joy olgan — yashar abadiy, Men-ku, Manguberdiman, olam biladi. Ko‘klardanmi, suvdanmi, yo yer tagidan, Balki sahro bag‘ridan, tog‘ etagidan, Bir kun paydo bo‘laman shu yurt, shu yerda, Yurt shaydosi ko‘milmas g‘urbatda - go‘rda. Ulug‘vor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtdan yovni quvsa — mendurman o‘shal. Yevropada tragediya uyg‘onish va undan keyingi davrlarda ham keng rivojlandi. Ispan dramaturglari Lope de Vega, Kalderon, ingliz yozuvehisi V. Shekspir, nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A.S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratdilar. Ular yaratgan «Otello», «Gamlet», «Romeo va Julyetta», «Boris Godunov» kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlari sahnalarida qayta-qayta o‘ynalmoqda.0 ‘zbek adabiyotida tragediyaning go‘zal namunalari sifatida Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» (1911), Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» (1926); Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» (1944), «Mirzo Ulug‘bek» (1961) kabi asarlar yaratildi. Ushbu asarlar 0‘zbek sahna madaniyatining haqiqiy durdonalariga aylandi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling