8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash.a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: ILTIJO Bahor kelsa boshlanar bog‘da bulbul xonishi, Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi. Qirlarda lola sayli, qishlovlarda yilboshi, To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi — Bahor, ketma mening bog‘imdan. Qilmishi qing‘ir zotga davr qayda, davron qayda? Vatangado kimsaga beminnat makon qayda? Yolg‘iz otga olamda nom qayda, nishon qayda? Bahor, sensiz sahro-yu tog‘-u toshga jon qayda? Ketma, bahor, mening bog‘imdan.
Saodatga ishora — zamonga oshiqligim, Teranlikka ishora - ummonga oshiqligim, Go‘zallikka ishora — bo‘stonga oshiqligim — Bahor, ketma mening bog‘imdan.
Qaylarda yoz, qayda kuz, qayda jondan bezgilik, Ko‘klamning har nafasi umrga arzigulik, Bog‘siz, bog‘bonsiz yerda ne ham qilsin ezgulik... Ketma, bahor, mening bog‘imdan.
Maysadagi shudringlar kimlarning ko‘zyoshlari? Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari, Har bahor eslar uni qavmi qarindoshlari — Bahor, ketma mening bog‘imdan.
Chamanda gul bo‘yiga intiqman, intizorman, Kuz kelmay xazon bo‘lgan sevgi, guldan bezorman, Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman – Bahor, ketma mening bog‘imdan.
ARMON Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa, Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa, Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa, El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa, Ko‘nglimda armon yotar Cho‘kib qolgan nor misol.
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam, Qaysi bir begunohni keng yo‘lda adash ko‘rsam, Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam, Ko‘nglimda armon yotar Terskaydagi qor misol. Aro yo‘lda qolguday bo‘lsa biror yo‘ldoshim, Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg‘udoshim, Muhtoj bo‘lsa kimgadir, jon ayamas qurdoshim, Badkor degan nom olsa biror bir vatandoshim, Ko‘nglimda armon yotar Ulab bo‘lmas tor misol. Gulzorni alaf bossa, zog‘ bossa bog‘bon turib, Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib, Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib, Bir yo‘rtoq yo‘l boshlasa, qudratli karvon turib, Ko‘nglimda armon yotar Buzilgan ro‘zg‘or misol.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling