8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
3- misrada: ≪Yorning hajridan bog‘ ichra yodimga soladi...≫ — degan fikr ifodalangan.
4- misrada shoir endi ≪sarv≫ va ≪gul≫ so‘zlarini o‘zma’nosida ishlatadi: ≪(Bog‘dagi) sarv - yorning qomatini, gul esa uning yuzi (ruxsori)ni (yodga soladi)≫. ≪Sarv≫ so‘zi o ‘zbek mumtoz she’riyatida ko‘p qo‘llanadigan so‘z-timsollardan biri hisoblanadi. Aslida, u ignabarglilar turkumiga kiradigan archasifat daraxt turini anglatadi. U ingichka bo‘lib o‘sadi. Bo‘yi 25 metrgacha yetadi. U, asosan, issiq o‘lkalarda ko‘p uchraydi. Yurtimizda ham bir paytlar bo‘lgan. Masalan, Toshkent shahridagi Shayx Xovand Tahur qabri yonida qurib qolgan sarv daraxtining tanasi saqlangan. Ajdodlarimiz shu daraxt tanasini ichkarida qoldirib, maqbara bunyod etishgan. Hozirgi paytda poytaxtimizning hashamatli ≪ 0 ‘zbekiston≫ xalqaro lantanalar saroyi kiraverish yoTagining ikki yoniga qator qilib sarv daraxtlari ekilgan. Ular tik qomatini namoyon etib, salobatli koshonaga yanada ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Tuyuq turkiy janr boTgani uchun uning aksar namunalarida qofiyaga olingan tajnislar, asosan, turkiy so‘z va qo‘shimchalar vositasida shakllantiriladi. Ammo bu tuyuqda shoir aynan kelib chiqishi forscha-tojikcha boTgan so‘zlar vositasida tajnis yaratadi. Asarda ≪sarv≫, ≪gul≫ va ≪ruxsor≫ so‘zlari shoir sehrli qalamining kuchi bilan ajoyib joziba yuzaga keltirgan. Lirik qahramon bog‘dagi sarv va gulni ko‘rib, yorini ularga o‘xshatadi. Shu tariqa tuyuqda hijron tuyg‘usi aks etgan. Shoir shu mo‘jaz hajmli she’mi o‘qigan kitobxon ko‘z oldida go‘zallik timsolini yarata olgan. Adabiyotda go‘zallik so‘zlar va ularning ajib ifodasi^; orqali yuzaga keladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling