8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: Maqsud Shayxzoda nomi nafaqat o‘zbek kitobxonlari, balki qardosh ozarbayjon o‘quvchisi uchun ham ardoqli nomdir. Chunki iste’dodli shoir Ozarbayjon diyorida tug‘ilib ijodkor sifatida O‘zbekistonda, o‘zbeklar bag‘rida ulg‘aydi, atoqli qalam sohibi sifatida kamol topdi, o‘zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan namoyandasiga aylandi. Ikki xalqning farzandi bo‘lmish Maqsud Ma’sum o‘g‘li Shayxzoda 1908-yilda Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni o‘zi tug‘ilgan shahrida olgach, Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925-yildan boshlab Darbanddagi 1 -bosqich ozarbayjon maktabida, Bo‘ynoqdagi ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot a’zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928-yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach, turli gazeta-jurnallarda adabiy xodim, 1935— 1938-yillarda O‘zbekiston Fanlar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti)ning o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qildi. Shayxzoda o‘zi e’tirof etganidek, hali savodi chiqmasidan she’r mashq qila boshlagan shoir. Biroq u o‘zining dastlabki ijod namunalarini 1929-yildan boshlab e’lon qila boshladi. O‘ttizinchi yillarda shoirning «Loyiq soqchi», «O‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat», «O‘n ikki», «Yangi devon», «Saylov qo‘shiqlari» nomli she’riy to‘plamlari nashr etiladi. Ushbu she’riy majmualar Maqsud Shayxzodani o‘zbek adabiyotida o‘z ovoziga ega bo‘lgan katta iste’dod sifatida elga tanitdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Shayxzoda barcha o‘zbek shoir va yozuvchilari qatori bor ijodiy salohiyatini fashizm ustidan g‘alaba qozonishga qaratdi. Bu davr shoir ijodining yuqori darajaga ko‘tarilgan, uni chinakam vatanparvar ijodkor ekanini namoyon qilingan davr bo‘ldi. Insoniyatga tahdid solayotgan XX asr balosi -fashizmni yo‘q qilish, hayotni, tiriklikni, or-nomusni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga undash shoirning o‘sha yillari chop etilgan «Kurash nechun» (1941), «Jang va qo‘shiq» (1942), «Kapitan Gastello» (1941), «Ko‘ngil deydiki» kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» (1944) dramasini yozdi. Unda o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirladi. Qadrli o‘quvchi! O‘zbekiston tarixi fanidan yaxshi ma’lumki, yurtimizni XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi bo‘lganida, xalqimizning asl mard o‘g‘lonlaridan biri Jaloliddin Manguberdi istilochilarga qarshi qattiq kurashadi. Vatan mustaqilligini saqlash uchun mardonavor turib jang qiladi. Ushbu drama o‘z vaqtida sahnalashtirilgan va jasur vatanparvar Jaloliddin Manguberdi siymosini sahnada buyuk aktyorimiz Shukur Burhonov gavdalantirgan. Maqsud Shayxzoda urushdan so‘nggi tinch qurilish yillari yana qaytadan nohaq qatag‘on qilinganiga qaramay, farovon hayot va bunyodkorlik zavqini tarannum etuvchi she’rlardan iborat «O‘n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu’la», «Chorak asr devoni» kabi to‘plamlarini nashr ettiradi. 1958-yilda shoir qadimiy va navqiron, azim poytaxtimiz Toshkent haqida teran falsafiy va ushbu shaharga nisbatan nihoyatda ehtirosli tuyg‘ularga boy «Toshkentnoma» dostonini yozadi. Shayxzoda adabiyotning liro-epik janrda ham muvaffaqiyat bilan qalam tebratgan ijodkor. U «O‘rtoq mulk», «Tuproq va haq», «Chirog‘», «O‘rtoq», «Meros», «Ovchi qissasi», «Iskandar Zulqarnayn», “O‘n birlar», «Jenya», «Oqsoqol», «Ahmadjonning hikmatlari», «Uchinchi o‘g‘il», «Nurmat otaning tushi» kabi dostonlarning muallifidir. Maqsud Shayxzoda badiiy asarlar yozibgina qolmay, adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasida samarali ijod qilgan. Ayniqsa uning buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlari navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi, desak yanglishmaymiz. Shuningdek, zabardast olimimiz o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, xalq og‘zaki ijodining ajoyib vakili Fozil shoir, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, A. S. Pushkin, N. A. Nekrasov, A. N. Ostrovskiy, T. G. Shevchenko, A. P. Chexov kabi namoyandalariga bag‘ishlangan asarlar yaratgan. Shayxzoda mohir tarjimon sifatida Sh. Rustaveli, V. Shekspir, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling