8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi


Foydalaniladigan adabiyotlar


Download 0.77 Mb.
bet33/239
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#243055
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   239
Bog'liq
8-adabiyot 2019 tayyor

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.

2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:

ARUZ VAZNI

Muayyan tartibga solingan matn “nazm” deyiladi. Shuning uchun nazmning birinchi talabi - vazn.

O’zbek she’riyatining asl vazni (tug'di-bitdi) barmoq sanaladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari, asosan, shu vaznda yaratiladi. Buni Mahmud Koshg‘ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug’ot ut-turk” asarida misol tariqasida keltirilgan she’riy parchalar ham to’la isbotlaydi. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniyning aksar va boshqa shoirlarimizning ayrim she’rlari ham barmoq vaznida yaratilgan.

Biroq XI asrdan yozma she’riyatimiz namunalari aruz vaznida yozila boshladi. Ming yillik aruziy merosga egamiz. Aruzda bitilgan she’ming vaznini yaxshi bilmay turib to’g ‘ri o’qishning hech ham iloji yo’q. Aruzni barmoq vazniga qiyosan tushunish — osonroq.

Aruz vazni arab she’riyatining asosiy vazni hisoblanadi. U bizga arab she’riyatining ta’sirida shakllangan. Bu vazn - barmoq vaznining yuqorida sanalgan ikki jihatiga o ‘xshash xususiyatga ega.

Birinchidan, bu vaznda ham, xuddi barmoq vaznidagi kabi, hamma, xoh u kichik bolsin, xoh katta, she’riy asardagi barcha misralar vaznan teng o’lchovda boladi. Faqat endi bu vaznda toq misralaming toq misralarga, juft misralarning juft misralarga vaznan teng kelishi hodisasi yo‘q. Ya’ni bu vaznda toq misralar bo‘g ‘inlari soni - boshqa, juft misralar bo‘g ‘inlari soni - boshqa bolishi mumkin emas.

Ikkinchidan, xuddi barmoq vaznidagi kabi, misralar muayyan bo‘laklarga bo‘linadi.

Ammo bular shakliy o ‘xshashliklargina, xolos. Sifat jihatidan misralaming o‘zaro vaznan teng kelishi ham, ulaming muayyan vazniy bo‘laklarga bo‘linishi ham o‘zaro jiddiy farq qiladi. Dastlabki tafovut shuki, barmoqda bo‘g ‘inlar sanaladi, aruzda esa — hijolar. Hijo shaklan bo‘g‘inga o‘xshasa-da, hatto, ko‘p hijolar bo‘g ‘in bilan aynan mos kelib qolsa ham, mohiyatan undan keskin farq qiladi. Hijolar uch

xil bo‘ladi. U qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarga bo‘linadi. Ilmda qisqa hijoni “V”, cho‘ziq hijoni “-“ va o’ta cho’ziq hijoni “~” tarzida belgilab ko’rsatish rasm

bo’lgan.


Qisqa hijoga nimalar kiradi? Bunga, asosan, qisqa unlilar (“а”, “е”, “а”, “и”, “o’ “) bilan tugaydigan hijolar kiradi. Kelib chiqishi turkiy boigan so’zlardagi urg’u tushmagan “о” tovushi ham qisqa hijo hisoblanishi mumkin. Shuning uchun Alisher Navoiyning: Boshni fido ay la ato qoshig’a, Jisnmi qil sadqa ano boshig’a, - baytidagi “ato” va “ano” so’zlarini “oto” va “опо” tarzida o’qisak ham, “ota” va “опа” tarzida o’qisak ham, vazn buzilmaydi. Biroq ulami “ato” va “ano” tarzida yozib, shunday o’qisak, bu har taraflama, ya’ni istisnolarsiz holda vaznga mos bo‘ladi. Baytdagi “-ni”, “fi-“, “-1а”, “a-“, “-shi-“, “-m-“, “-ni”, “-qa”, yana “a-“, yana “-shi-“ (jami - 10 ta) hijolari qisqa hijo bo’lib kelgan. Lekin, vazn taqozo qilsa, bir undosh tovushning o‘zi ham bir qisqa hijo vazifasini o'tayveradi. Bu misolimizdagi “-m-“ ana shunday hijo b o iib kelgan. Uni to’g’ri talaffuz qilish uchun undan oldingi chokziq hijoni urg’u berib, ya’ni cho‘zibroq talaffuz qilishga to’g’ri keladi. Shuning uchun bu hijo ishtirok etgan so‘zni “ji-sim-ni” deb emas, “jis-m-ni” deb aytish lozim. Shunda u quloqqa xuddi “jis-m(i)-ni” deganga teng keladigan vaqtda aytilgandek bo‘ladi.

Cho’ziq hijoga nimalar kiradi? Cho’ziq unlilar ishtirokidagi ochiq yoki har qanday yopiq bo’g inlar, shuningdek, ya’ni vazn taqozo etsa, so’z oxirida kelgan qisqa unli bilan tugagan bo’g ‘inlar cho’ziq hijo hisoblanadi. Keltirilgan baytning “bosh-“, “-do”, “ay-“, “-to”, “qo-“, “-g‘a”, “jis-, “qil”, “sad-“, “-no”, “bo-“ va yana “-g’a” (jami - 12 ta) hijolari cho’ziq hijo hisoblanadi. Misra oxirida kelgan har qanday qisqa unlili bo’g’in ham cho’ziq hijo hisoblanadi. Vazn taqozo etsa, misra o‘rtasidagi so’zlar oxirida kelgan qisqa unli bilan tugagan ochiq bo’g ‘inlar ham cho’ziq hijo hisoblanishi mumkin.

O’ta cho’ziq hijoga nimalar kiradi? Kelib chiqishi arabcha yoki forscha-tojikcha bo‘lgan “уог”, “ог”, “хог”, “zor”, “nur” yoki “oshkor” so’zidagi “osh-“, “hush- уог” so’zidagi “hush-“ hijolari, shuningdek, oxiri ikki undosh yonma-yon kelishi bilan tugagan “sabr”, “qabr”,“qand”, “band”, “jism”, “ism” va boshqalar kabi har qanday bo’g ‘in o’ta cho’ziq hijo hisoblanadi. o’ta cho’ziq hijo faqat va faqat misra oxirida keladi. Agar bunday so'zlar misra o’rtasida uchrasa, ular ikkiga boiinadi. Bu bo‘linishda yo keltirilgan misollardagi hijolar bir cho‘ziq va bir qisqa (“o-sh-kor”, “qan-d”, “sab-г” kabi) hijoga ajratiladi, yo undagi qisqa hijo keyingi tovushga bogianib, boshqa hijo hosil qiladi.

Ana endi aruz vaznining eng muhim xususiyatlaridan birini bilib olishimiz mumkin. Bu - rukn masalasi. Rukn, bir jihatdan, barmoq vaznidagi turoqqa o‘xshaydi. Ikkinchi jihatdan aslo o'xshamaydi. O’xshashligi shundaki, xuddi turoqdek, ruknda ham o‘zidan oldingi misradagi parallel kelgan rukn bilan vaznan teng boiishi kerak. Ya”ni barmoqda 11 bo’g ‘inli she’r 4+4+3 tarzida turoqlarga ajratib

yozilishi mumkin bo‘lgani kabi, keltirgan misolimizdagi Navoiy bayti ham 4+4+3 hijoli ruknlarga bolingan. Eng asosiy farq shuki, turoqda so‘z tugashi shart, ruknda esa shart emas. Navoiyning keltirgan baytida turoq bilan rukn aynan mos kelib qolgan:

Boshni fido / ayla ato / qoshig‘a,

Jismni qil / sadqa ano / boshig‘a.

Shuning uchun bu baytni amalda barmoq vazni qoidasiga solib o‘qisa ham bo‘laveradi. Faqat barmoq talabiga binoan “jismni” degan ikki bo’g ‘inli so’zni, shartli ravishda, “ji-sim-ni” deb o’qishga to’g’ri keladi. “Hayrat ul-abror” dagi shu baytdan bitta keyingi baytda ahvol o’zgaradi, uning ikkinchi misrasida rukn bo’linishi ikki so’z (“Оу” va “birisin”) o’rtasiga to’g’ri keladi:

Tun-kununga / aylagali / nur fosh,

Birisin O/y angla, biri/sin — Quyosh.

Shuningdek, vazn taqozosiga ko’ra, ikkinchi misradagi ikki bor kelgan “birisin, so’zini misra boshida “bi(y)-risin” degandek, ya’ni birinchi bo’g’indagi “I”ni cho’zib, ikkinchisini esa “bi-ri(y)-sin” degandek, ya’ni ikkinchi bo’g’indagi “I”ni cho’zib talaffuz qilishga majburmiz. Shundagina she’r ohangiga mos o’qigan bo’lamiz. Ko’rib o’tganimizdek, barmoq vaznida so’z oxiridagi

Bo’g’inning o’zidan keyin keladigan so’z bo’g‘iniga bog’lanib ketishi hodisasi yo’q. Bu misolimizda esa “у+ang” qo’shilib, “yang” degan hijo hosil etgan.

Aruzning yana bir qat’iy qoidasi shuki, birinchi misrada qanday ruknlar ishtirok etgan bo’Isa, she’r oxirigacha barcha misralarda xuddi shunday ruknlar qatnashadi. Boshqacha aytganda, har bir qisqa hijo pastida aynan qisqa hijo, cho’ziq hijo pastida esa aynan cho’ziq hijo keladi.

Aruzda vaznlar – ko’p. Biroq o’zbek she’riyati tarixida ulardan 3 tasi eng ko’p qo’llangan. Bular - ramal, hazaj va mutaqorib.

Ramalning asosiy, ya’ni bosh rukni – “foilotun”. Unda bir cho‘ziq, bir qisqa va yana ikki cho‘ziq hijo ishtirok etadi. Uni “— V — “ tarzida ifodalaymiz.Hazajning asosiy, ya’ni bosh rukni – “mafoiylun”.

Unda bir qisqa va uch cho’ziq hijo ishtirok etadi. Uni “V---“tarzida ifodalaymiz. Mutaqoribning asosiy, ya’ni bosh rukni — “faulun”. Unda bir qisqa va ikki eho’ziq hijo ishtirok etadi. Uni

“V — “ tarzida ifodalaymiz. Agar ruknlar misralarda qisqarmagan tarzda, ya’ni to’liq holda uchrasa, vazn nomi oxiriga “solim so’zi qo’shiladi. Agar rukn misra oxirida qisqargan tarzda (masalan, “foilotun” — “foilun”, “mafoiylun” — “faulun”, “faulun” – “faul” bo’lib) kelsa, vazn nomi oxiriga “mahzuf” so’zi qo’shib aytiladi. Agar bu rukn misra so’ngida qisqargan ruknning oxirgi hijosi o’ta cho’ziq tarzda (masalan, “foilon”, “mafoiyl”, “faol” bo’lib) kelsa, vazn nomi oxiriga “maqsur’ so’zi qo’shib aytiladi.

Baytda nechta rukn ishtirok etayotgani ham vazn nomida aks etib turadi. Masalan, har misrada 3 tadan, ya’ni baytda jami 6 rukn ishtirok etgan bo‘lsa, “musaddas”, agar har misrada 4 tadan, ya’ni baytda jami 8 rukn ishtirok etgan bo’lsa, “musamman’ so’zi qo’llanadi.

Shunday qilib, muayyan bir aruz vaznini uch tarzda ifodalash mumkin:

1) nomi aytiladi (masalan, “ramali musaddasi solim”, “ramali musaddasi mahzuf”, ‘ramali musaddasi maqsur);

2) afoilu tafoili aytiladi (masalan, ≪foilotun foilotun foilotun≫, ≪foilotun foilotun foilun≫, ≪foilotun foilotun foilon”);

3) taqte’si beriladi ( masalan, ≪ - V ---- / — V ------ / - V - - ≫ , ≪ - V - - / - V - - / - V -≫ , ≪ - V - - / - V - - /

- V -≫).

Aruz vaznidagi har qanday she’ming qaysidir misrasi oxirida o‘ta cho‘ziq hijo ishlatilishi mumkin. Shuning uchun bu vaznda har qanday she’r — ikki vaznda bitilish imkoniga ega. U holda bu vazn nomida (masalan, “ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur)”, afoilu tafoilda (masalan, “foilotun foilotun foilun” (“yoki foilon”) va taqte’da (masalan, ≪—V ----/ — V -----/ — V — (yoki — V —≫) aks ettiriladi. Sezgan bo‘lsangiz, biz ushbu darslik-majmuada she’rlar vaznini bildirish uchun aynan shu yo‘lni tutdik.




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling