8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
- BANDAMEN” TAJNISLI TUYUQ
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
“DOG’I ВОR” TAJNISLI TUYUQ Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo’ldi firoqing dog‘i bor. Tuyuqni tushunib, undan zavq olish uchun, avvalo, misralar zamiridagi ma’nolami obdon anglab olish lozim. Chunki qofiyalarda kelgan bir shakldagi so‘zlar yoxud so‘zlar turkumi anglatgan ma’nolar bir-biridan farq qilgani sababli tajnis yuzaga kelgan. Agar o ‘quvchi aynan bir xil shakldagi so‘zlar yoxud so‘zlar turkumidagi ma’nolaming nozik farqlarini ajrata ola bilmasa, asar o ‘z vazifasini o‘tamagan, muallifning maqsadi amalga oshmay qolgan bo‘lib chiqadi. Shu jihatdan ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma’nolar yashirin: birinchi misrada kelgan “dog’i bor’ni “dog‘i bor”, ya’ni “yarasi bor” deb tushunish kerak; ikkinchi misrada kelgan “dog’i bor” ni “yana bor” deb talqin qilish lozim, chunki eski o’zbek tilida “dog’I” (yoki “dag’I”) so’zi “tag’in”, ‘yana” ma’nosi- da ishlatilgan; to'rtinchi misradagi “dog”i bor” ni esa “otashi yuk” (to’liqrog’i – “ayrilig’ing otashi yuk bo‘ldi”) deb tushunish lozim. Tuyuqning tajnisli qofiyasi ikki so‘zdan – “dog’i” va “bor” so‘zlaridan tashkil topgan. Albatta, asosiy tajnis “dog’I” so’zida mujassamlashgan. Biroq “bor” so’zida ham tajnis mavjud. Agar birinchi va ikkinchi satrlarda “bor” so’zi “mavjud” ma’nosida kelgan bo‘lsa, uchinchi va to‘tinchi misralarda u “yuk” tushunchasini ifodalagan. Shoir bu tuyug‘ida ikki qavat tajnis qoilash mahoratini namoyish etgan. Shu tariqa tuyuqning mana bunday talqini kelib chiqadi: Ko‘nglimga har tarafdan boqsam, dog‘I bor, har qancha dardimni aytsam, yana bor. Qildekkina tanamga ishqing yuki yor edi, bir tarafdan endi firoqing otashi ham yuk bo‘ldi. Ayrim adabiyotshunoslar – “firoqing dog’i” ni firoqing tog’i deb, talqin etish tarafdori. Biroq “te”ni ba’zi turkiy tillardagidek “de” tarzida yozish Lutfiy ijodiga xos emas.
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men. Bevafolarg‘a meni qilding asir, Sen menga sultonsen, ey dil, banda - men. Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolami anglatadi: - dil, bandamen - yurak, (men) banddaman (bog‘lanib qolganman); - dilbanda men - dilbandga men; - dil, banda - men - yurak, banda (qul) - men. Misralar talqin etilsa, quyidagicha mazmun kelib chiqadi: - Men sening dastingdan, ey dil, banddaman (bog‘lanib qolganman), evoh, men qachon u dilbandga yetgayman? Ey dil, meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, banda (qul) - men.
Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan. Quyidagi adabiy-badiiy talablar tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan: Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak. Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a tarzida ham, d-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya’ni tajnisga ega boTishi mumkin. Navoiyning siz o‘qib, o‘rganadigan tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko‘p uchraydi. Biroq Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda ko‘ramiz: Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r. Bir qadah ul gulni xandon ayladi, Ey ko‘ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r. Tuyuqda qofiyaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar lurkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar janrining ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrining to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlami tajnissiz tasavvur qilib bo‘lmay qolgan. Navoiyning mana bu tuyug‘ida tajnisdagi so‘z (yoki so‘zlar) uch alohida-alohida ma’noda kelgan: Kechti umr-u, tushmadi ul yor ila, Qo‘rqaram ko‘nglum bu g‘amdin yorila. Bu vafosizliqki, sendin ko‘rmisham, E ’tiqodim qolmadi hech yor ila. Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz: - yor ila - yor (sevgili) bilan; - yorila - yoriladi; - yor ila - do‘ st bilan. Tuyuqning yana bir o‘ziga xosligi bor. Bu shundan iboratki, uning ikki, uch yoki to‘rt misrasi oxirida tajnis san’atini hosil qiladigan so‘zlar yoki so‘zlar turkumi qo‘llangani uchun shuning o‘zi qofiya o‘miga o‘tadi. O‘zbek mumtoz she’riyatida Lutfiy va Alisher Navoiy tuyuqning eng go‘zal namunalarini yaratgan. Tuyuqning turkiy she’riyatda aynan shu ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yuzaga kelishi bejiz emas edi. Chunki ramal aruzning turkiy she’riyatda eng ko‘p qo‘llanadigan, xalq tarafidan oson o‘qilib, qiynalmasdan talaffuz qilinadigan vazni hisoblanadi. Bundan tashqari, tuyuq vaznining o ‘zbek xalq og‘zaki she’riyatiga yaqinligi bor. Og‘zaki she’riyatimizda barmoq vaznining 11 bo‘g ‘inli, ya’ni 6 va 5 bo‘g ‘inli turoqlardan iborat she’rlar ko‘p uchraydi.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling