Mavzu: lutfiy gʻazaliyoti reja: «ayoqingg'a tushar har lahza gisu » G'azali tuyuqlar «dog'i bor» tajnisli tuyuq
Download 17.02 Kb.
|
LUTFIY GʻAZALIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «AYOQINGGA TUSHAR HAR LAHZA GISU...» GAZALI
- TUYUQLAR «DOGI BOR» TAJNISLI TUYUQ
MAVZU: LUTFIY GʻAZALIYOTI REJA: 1. «AYOQINGG'A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» G'AZALI 2. TUYUQLAR «DOG'I BOR» TAJNISLI TUYUQ G'azal an'anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt-dan iborat. Vazni — ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni foilotun — foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon). G'azal vazni bekorga bu tarzda ikki xil qilib belgilan-madi. Ya'ni oxirgi ruknning «foilun» yoki «foilon» ekani qayd etilishining jiddiy sababi bor. G'azaldagi oltinchi baytning birinchi misrasi «mudom» so'zi bilan tugaydi. Aruz vaznida «-dom» o'ta cho'ziq hijo hisoblanadi va bu g'azalda u bilan tugallangan rukn «foilun»ga emas, aynan «foilon»ga tushadi. Aruzda har qanday she'r, qaysidir mis-raning oxirgi hijosiga ko'ra, xuddi ana shunday bir-biridan ozgina farq qiladigan ikki vaznda bitilishi mumkin. Bu asarida shoir besh so'zdan iborat radif qo'llagan («qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul»). G'azal radi-fidagi barcha so'zlar - turkiy. Qofiyasi - arabiy-forsiy kali-malar («shaydo — rasvo — yo — tamanno — taqozo — savdo — po - daryo»)dan tashkil topgan. Ko'ngul mumtoz she'riyatimizning asosiy tasvir man-basi hisoblanadi. Chunki, tasawuf ta'limotiga ko'ra, Alloh kishining ko'nglidagina aks etadi. Ishq ham — ko'ngil ishi. Lirik qahramon ishq bobida barcha «ayb»ni ko'ngliga qo'ymoqchi: uni shaydo, xor-u rasvo (matla), qora qosh-liklar uchun o'qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan (ikkinchi bayt) ham - shu ko'ngil. «Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham — ko 'ngil» (uchinchi bayt), - deydi lirik qahramon. U mulo-hazalarini davom ettiraveradi: «Eshigiga tez-tez boraver-ma, - deyishadi, - lekin ko'ngil shuni talab qilsa (taqozo etsa), nima qilay» (to'rtinchi bayt)? Bu g'azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuylanadi. Oradan to'rt yuz yil o'tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning shu g'azaliga o'xshatma yozdi. «AYOQINGG'A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» G'AZALI Ayoqingg'a tushar har lahza gisu, Masaldurkim: «Charog' tubi - qorong'u». Tuturmen ko'zki, ko'rsam orazingni, — Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, «Kishining ko'zidur, ore, tarozu». Ko'zing qonimdin iymanmas, ajabtur, — Ki: «Qo'rqar, qaydakim qon ko'rsa, hindu». Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, -Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu». Lutfiy — yozma adabiyot vakili. Biroq so'z san'ati tari-xidan yaxshi bilamizki, dastlab og'zaki adabiyot yuzaga kelgan. Yozma adabiyot ana shu folklor zaminida paydo bo'lgan. Shuning uchun o'zbek mumtoz she'riyati taraq-qiyotini xalq og'zaki ijodi ta'siridan ayri holda tasawur qilish aslo mumkin emas. TUYUQLAR «DOG'I BOR» TAJNISLI TUYUQ Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor, Har necha dardimni desam, dog'i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo'ldi firoqing dog'i bor. Download 17.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling