«ULKI, SANGA ELDIN ERUR AYBGO‘...» FARD!
Ulki, sanga eldin erur aybgo‘,
Elga dog‘i sendin o‘lur aybjo‘.
Bu fard mohiyatida ham muhim bir pand yotibdi. Undagi ≪dog‘i≫ so‘zi ≪tag‘in≫, ≪yana≫, ≪ham≫, ≪aybgo‘≫ kalimasi ≪ayb aytuvchi≫, ≪aybjo‘≫ esa ≪ayb qidiruvchi≫, ≪ayb
lopuvchi≫ ma’nosini anglatishini bilsak, satrlardagi asosiy mazmunni to‘la tushunib olgan bo‘lamiz.
≪Kimki senga odamlaming ayb ini aytsa, (esingdan ehiqarmaginki), u sendan ayb topib, boshqalarga ham ayladi≫, — deydi shoir.
Bu bilan, birinchidan, hech kimning aybini aytmaslik g‘oyasi ilgari surilyapti, ikkinchidan, birovlaming aybini aytib kelgan g‘iybatchilaming gapini eshitmaslik, ularga quloq solmaslik ham nasihat qilinyapti.
Bu fikmi oddiy bir o ‘git tarzida qabul qilmaslik kerak. C'hunki asaming vazni yuzaga keltirgan yengil va o‘ynoqi ohang, ikki satmi bir-biriga chambarchas bog‘lab turgan qofiya (≪aybgo‘≫ - ≪aybjo‘≫) badiiy go‘zallik hosil qilgan. She’riy ta’sirchanlikni shu unsurlar ta’minlagan. Bu
kichkinagina asarda ham shoiming yuksak mahorati, qalamining kuchi bilinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |