8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
«MEN - SINUQ, KO‘NGLUM - SINUQ, SABRIM
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
«MEN - SINUQ, KO‘NGLUM - SINUQ, SABRIM
UYI XUD-YERGA PAST...» FARDI Men — sinuq, ko‘nglum — sinuq, sabrim uyi xud — yerga past, | Bilmagay holim shikastin ko‘rmagan muncha shikast. Ushbu fardda asli arab tilidan olingan ikkita (≪sabr≫ va fl ≪hoi≫) va fors-tojik zabonidan kirib kelgan uchta (≪xud≫, ≪past≫ va ≪shikast≫) so‘z qo‘llangan. Qolgan kalimalarning hammasi - sof turkiy. Bu ikki arabiy ifodani ham, shuningdek, forsiy ≪past≫ so‘zini ham hozir hamma bemalol tushunaveradi. ≪Xud≫ bu yerda hozirgi ≪ham≫ ma’nosini ifodalab kelgan. ≪Shikast≫ esa — aynan ≪siniq≫ yoki ≪buzuq≫ so‘zining forscha-tojikcha ifodasi. Hozirgi tilimizda ham ≪shikast yetkazmoq≫ qo‘shma fe’li mavjud. Lekin bu ko‘proq ≪zarar yetkazmoq≫ ma’nosida qo‘llanadi. Shu tahlillardan keyin baytda ifodalangan fikrni hozirgi tilimizda bemalol bayon etish mumkin: ≪Men ^ siniq, ko‘nglim - siniq, sabrim uyi ham - yerga past bO‘lgan (ya’ni buzilgan), buncha shikast ko‘rmagan (kishi) holim shikast(zabunlig)ini bilmaydi (tasavvur qilolmaydi)≫. Fardda bevosita shoiming hasbi holi ifodalangan. Yaxshi bilamizki, Navoiyning hayot yo‘li bir tekis kechmagan. Ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar o‘zgarishi, ya’ni hokimiyat almashishlari oqibatida oilaning ona shahrini tark etib, Mashhadga ko‘chishiga to‘g‘ri kelgan. 1466- yili esa ijtimoiy-siyosiy vaziyat 25 yoshli shoimi yana Hirotdan o‘zga shaharga - Samarqandga kelishga majbur qilgan. Bular - ulug‘ zot hayotining ko‘pchilik bilgan mashaqqatlari. Inson sifatida u yana qanday siniqliklar, nohaqliklar, jabr-u zulm ko‘rgan - bu o‘ziga-yu Xudogagina ayon. Ushbu fard shoir ko‘nglida kechgan ana shunday kayfiyat hosilasi sifatida qog‘ozga tushgani - aniq. Asarda har qanday kishi boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan holat va kayfiyat tasvirlangan. Shoir erishgan i|odiy muvaffaqiyatlar esa u bunday qiyinchiliklami sabrmalonat bilan yengib o‘tganini ham xayolidan o ‘tkazadi. I in esa o ‘quvchida: ≪Hayot mushkulotlaridan tushkunlikka lushmaslik kerak≫, - degan dalda paydo qiladi. Yana bir narsani bilib olamiz. Navoiy nega asarlarida luiyotning bori achchiq-chuchugini haddi a’losida aks etlira oldi? Bu fard ana shu savolga javob topishga undaydi: chunki shoir hayotning achchiq-chuchugini ko‘p bor o ‘z boshidan o‘tkazgan-da. Shoir — haq: kimki hayotda u boshidan o‘tkazganchalik sliikast ko‘rmagan bo‘lsa, uning holi shikastini bila olmaydi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling