Dars jihozi: TEST BANKI
Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. Darsning rejasi:
a) Test tarqatish
b) Test mavzulari yuzasidan suhbat
c) Test yozdirish
III. TESTLARDAN NAMUNALAR 8-sinf adabiyoti, 2-bob
1. Alisher Navoiy bolaligida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini sevib o`qir edi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg`ul bo`lib ketganidan qo`rqib, kitobni undan olib, yashirib qo`yishadi.
“Biroq men “Mantiq ut-tayr” matnini to`liq yodlab olgan edim”, deb Navoiy qaysi asarida yozadi?
A) “Mezon ul-avzon” asarida B) “Lison ut-tayr” asarida C) “Badoe ul-bidoya” asarida D) “Majolis un-nafois” asarida
2. Navoiy Husayn Boyqaroga bir masala yuzasidan necha martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi?
A) Sakkiz marta B) To`qqiz marta C) Yetti marta D) Olti marta
Do'stlaringiz bilan baham: |