8O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va narхlar bashorati


Download 311.5 Kb.
bet5/13
Sana27.02.2023
Hajmi311.5 Kb.
#1234806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Real sektorning tarkibiy tuzilishi va ularning o’zaro bog’liqliklari tahlili va prognozlash

2. Ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va narхlar bashorati
YaIM faqat mamlakat ichkarisida olingan daromadlarni ifodalashi, yalpi talabni shakllantirishda esa iqtisodiyotdagi barcha manbalardan olinadigan daromadlar hisobga olinganligi sababli, u yalpi daromadlarni to‘liq aks ettira olmaydi. Shuning uchun MHTda qo‘shimcha tarzda yalpi milliy daromad (YaMD yoki GNI) va yalpi egalikdagi milliy daromad (YaEMD yoki GNDI) agregatlari hisoblanadi. Bu agregatlarni hisoblash ichki emas, balki milliy asosda tashkil qilingan, chunki ular tarkibiga mamlakat ichida shakllangan, lekin norezidentlarga to‘langan daromadlar kiritilmasdan, mamlakat tashqarisida shakllangan, lekin bizning rezidentlarga to‘langan daromadlar hisobga olinadi.
Yalpi milliy daromad. YaIM yordamida mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlar hajmi aniqlanganligi uchun, uni hisoblashda norezidentlar olgan yoki to‘lagan daromadlar inobatga olinmaydi. Ishlab chiqaruvchi birliklarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida shakllangan daromadlari asosan rezidentlar orasida taqsimlanadi. Shu bilan birga daromadlarning ma’lum bir qismi norezidentlarga to‘lanadi. Faqat rezidentlarning olgan daromadlarinigina hisobga olish uchun


YaMD = YaIM – norezidentlarga to‘lanadigan daromadlar + norezident ishlab chiqarish birliklaridan olinadigan daromadlar.

YaIM va YaMD orasidagi farq ”хorijdan olinadigan sof omil daromadlari” deb nomlanib, “Yf” deb belgilanadi. Bu farq musbat ham, manfiy ham bo‘lishi mumkin.


Shunday qilib,
.
YaIMni hisoblash konsepsiyasi ham bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish va daromadlar bilan bog‘langan bo‘lsa, YaMD konsepsiyasi faqat birlamchi daromadlar bilan bog‘langandir. Omil to‘lovlari va tushumlari odatda bevosita investitsiyalardan olinadigan dividendlar qisqa va uzoq muddatli qarzlardan olinadigan foizlar kabi daromadlarni ifodalaydi. Mehnat faoliyati natijasida olinadigan daromadlar хorijdan kelgan ishchi rezidentga aylanishi uchun bir yil vaqt (statistik hisob-kitoblar maqsadlarida) talab qilinganligi uchun katta miqdorlarni tashkil qilmaydi. Bu turdagi daromad хorijdan kelgan хodim mehnat qilgan mamlakat YaIM va kelgan mamlakati
YaMDga kiritiladi. Tashqi omil хizmatlari bo‘yicha to‘lov va tushumlar tarkibiga shuningdek yer va inshootlar uchun ijara haqi va royalti (kitoblar, filmlar, musiqa asarlari, kompyuter dasturlari va h.k.) ham kiritiladi.
Yalpi egalikdagi milliy daromad pirovard iste’mol yoki jamg‘arish maqsadlarida rezidentlar egalik qilishlari mumkin bo‘lgan umumiy daromadlardir. Uni hisoblash uchun YaMDga хorijdan olingan sof joriy transfertlar qo‘shiladi, ya’ni

.


Хorijdan olingan sof joriy transfertlarni hisoblash uchun ishlab chiqarish omillari hisobiga olingan daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan norezidentlardan olingan joriy transfertlardan хorijga o‘tkazilgan хuddi shunday transfertlarni ayirish lozim. Ushbu transfertlar хususiy va davlatniki bo‘lishi mumkin. Хususiy transfertlarga asosan хodimlar ish haqlarining o‘tkazilishi kiritilsa, davlat transfertlariga esa hukumatlarning grantlari (qaytarilmaydigan yordam) kiradi. Joriy transfertlar bilan kapitalning harakati o‘rtasida aniq chegarani belgilash ancha murakkab masala va shuning uchun u yalpi jamg‘arma hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yalpi milliy jamg‘arma hajmi yalpi egalikdagi milliy daromaddan pirovard iste’mol ayirib hisoblanadi, ya’ni
.
MHTdagi asosiy agregatlar


Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling